1902 yili rus muxandis olimi A.G.Loran olovni
ko‘pik bilan o‘chirish taklifi bilan chiqib, ko‘pik hosil
qiluvchi modda sifatida natriy
bikarbonat aralashgan
ekstraktdan
foydalandi.
Uning
ixtiro
qilgan
qorishmalari yong‘inni o‘chirishda ishlatiladigan
ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni asosini tashkil etadi.
1925 yilda ko‘pik generatori yaratilgandan keyin,
kimyoviy ko‘piklarni
tayyorlashda quruq holdagi
kukunlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
40-chi yillarni boshida PGP-1, PGP-2 va PGP-3
rusumli ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar ishlab chiqarila
boshlandi. Uning tarkibini alyuminosulfat javhari 45-
60%, natriy bikarbonat 22-46% va ekstrakt 1-8%
tashkil etadi.
1985 yilgacha PO-1 rusumli ko‘pik hosil
qiluvchi suyuq holdagi aralashmadan o‘t o‘chirishda
keng foydalanib kelindi. U to‘q jigarrang tusda bo‘lib,
tarkibida 84% kerosin, 4-5% suyak elimi, 10-12% etil
spirti mavjud bo‘ladi.
Bugungi kunda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan
havoli mexanik ko‘piklarni hosil qilish uchun PO-1
rusumli
quruq kukundan tashqari, PO-2A, PO-1D,
PO-1S, PO-3A, PO-6K, PO-3AI, «IVA», «Morozka»,
«TEAS», «Polyus», «Sampo» va «Morpen» rusumli
ko‘pik hosil qiluvchi suyuq moddalar,
amaliyotda
keng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan bulardan, PO-2A
rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq modda (sanoatda
nomi «Progress»), tarkibida 30±1% li faol moddalar
bo‘lgan suv qorishmasi va natriyli sulfat va 8-18
atomli karbon birikmalaridan iborat. O‘t o‘chirishda
bir qism PO-2A ga ikki qism suv qo‘shilgan holda
ishlatiladi.
PO-3A rusumli ko‘pik
hosil qiluvchi suyuq
modda («Pinal») 26±1% li faol moddaning suvdagi
eritmasidan iborat bo‘lib, tarkibida ikkilangan natriy
alkilsulfati 8-10 va 13-18
atomli karbon alkil
moddalari mavjud. PO-3A moddasi amaliyotda suv
bilan 1:1 nisbatda qorishma holiga keltirib ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: