Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Yong‘in darakchilari va aloqa tizimi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207
5c78e023dfdea (1)

 
Yong‘in darakchilari va aloqa tizimi 
Yong‘inni oldini olish va uning dahshatli 
asoratini kamaytirishda bosh omil sifatida darakchi 
uskunalar va tezkor aloqa vositalari xizmat qiladi. 
Yong‘inni oldini olish maqsadida, uning kelib 
chiqish jarayonlarini nazorat qilishni passiv va aktiv 
usullarga bo‘lish mumkin. 
Passiv nazorat usuli, inson tafakkuri va uning 
intizomiga bog‘liq bo‘lib, yong‘in o‘choqlarini 


aniqlash va o‘t o‘chiruvchilarni 01 raqamli telefon 
orqali (shahar sharoitida) va uzluksiz zang urish yo‘li 
bilan (dala, qishloq sharoitida) yordamga chaqirishdan 
iborat bo‘ladi. Afsuski bu usul yong‘inni dastlabki 0-5 
daqiqa ichida emas, balki o‘chirishni boshlanish vaqti 
ancha kechikib qolishiga, ba’zan ochiq havodagi 
ab’ektlarni butunlay yonib, katta moddiy zarar 
keltirish bilan tugashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aktiv nazorat usuli esa yuqori aniqlik bilan 
ishlaydigan 
texnik 
vositalarni 
qo‘llashga 
asoslangandir. Bunda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va 
o‘t o‘chiruvchi xizmat yordamini chaqirish, odam 
omiliga bog‘liq bo‘lmasdan, avtomatik tezkor tarzda 
bajariladi. Shu maqsadda, xalq xo‘jaligining muhim 
ob’ektlarida qo‘llaniladigan, avtomatik va yarim 
avtomatik 
tartibda 
ishlaydigan 
o‘t 
o‘chirish 
tizimlarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda 
yong‘inni dastlabki belgilarini aniqlab markaziy 
boshqaruv pultiga belgilangan xabarni etkazib 
beradigan 
darakchilar 
o‘rnatiladi. 
Darakchilar 


qo‘riqlanayotgan xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi va 
qorovulxonada o‘rnatilgan qabul punkti bilan aloqa 
tarmog‘i orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday 
tizimlarni ishlash qobiliyati doimiy nazorat ostida 
bo‘lib, yong‘inni «kutish» tartibida kechadi va shu 
sababdan 
bu 
tizimlar 
o‘rnatilgan ob’ektlarda 
yong‘inni kelib chiqish sabab va oqibatlari tezda 
bartaraf etilib, bino va inshootlar saqlab qolinadi. 
Yong‘in 
darakchilari 
yong‘in 
o‘chog‘ini 
boshlanish jarayonida aniqlash, uning sodir bo‘lgan 
vaqti va joyini xabar qilish uchun hamda zarur 
bo‘lganda tutun so‘rg‘ich yoki o‘tni o‘chiruvchi 
uskunalarni ishlashini avtomatik tarzda boshqarish 
uchun xizmat qiladi. Yong‘in darakchilari tizimi 
asosan yong‘inni dastlabki belgilari bo‘lmish tutun, 
Yorug’lik yoki u erdagi haroratni elektr xabarlariga 
aylantira oladigan xabarchi moslamalardan iborat 
bo‘ladi. Bu xabarchi moslamalar aloqa tarmog‘iga 
ulangan bo‘lib, qabul punktiga o‘ziga xos tovush yoki 
Yorug’lik signallari orqali darak beradi hamda 


avtomatik o‘t o‘chirish va tutun haydash uskunalarini 
zudlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi. 
Yong‘in darakchilari o‘zlarining ishlash uslubiga 
binoan shartli ravishda 4-ta guruhga, ya’ni issiqlik, 
Yorug’lik, gaz va tutundan ishlaydigan turlarga 
bo‘linadi.
O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni 
ta’siridan engil erib ketuvchi «Vuda» qorishmasi 
asosida 
ishlaydigan, 
DTL 
rusumli 
yong‘in 
daraklagichlari ishlab chiqarila boshlangan edi (5.18-
rasm). 
5.18-rasm. DTL rusumli yong‘in darakchisi 


DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, 
xonaning harorati 72
o
C dan oshgandan keyin, uning 
markazida joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa 
zanjiriga bog‘lab turuvchi, haroratga o‘ta sezgir 
bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida,
zanjir uziladi va nazorat pultiga yong‘in xavfi paydo 
bo‘lganligi 
haqida xabar beradi. Bitta DTL 
daraklagichi 15m
2
gacha
yuzani qo‘riqlashga qodir. 
5.5-jadval 
Elektr zanjirini uzuvchi ishchi harorati, 
o

72±2 
Ishchi haroratdan keyin ishga tushish vaqti, soniya 
125 
Zanjir qarshiligi, Om 
0,1 
Zanjir kuchlanishi, V gacha 
110 
Ruxsatli tok kuchi, A gacha 
0,1 
O‘lchamlari 
Diametri, mm 
Balandligi, mm 
Og‘irligi, kg: 
Xizmat muddati, yil 
60 
40 
0,02 
10 


5.19 – rasm. Harorat yong‘in darakchisi 
5.20 – rasm. Turli rusumdagi harorat yong‘in 
darakchisi 


DTL 
darakchilari 
atroflicha 
o‘rganilib, 
kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984 yildan 
boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida 
ishlaydigan IP-101, IP-102, IP-103, IP-104 va IP-105 
rusumli yong‘in darakchilari ishlab chiqarila 
boshlandi. 
Bularning 
barchasi 
qo‘riqlanayotgan 
muhitning harorati 70-72
o
C dan ko‘tarilgan zahoti 
yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida markaziy 
pultga 
avtomatik 
tarzda 
xabar 
berish 
uchun 
mo‘ljallangan. 
Shulardan 
biri 
IP-104 
rusumli 
yong‘in 
darakchisining texnik tavsiflari qo‘yidagi 5.5-jadvalda 
keltirilgan. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin