Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
154
U to‘shakda yotgan uzun qilichni oldi-da, karavot ostiga tiqib kavlarkan, dedi: 
— Bo‘ldi, chiq! O‘yin bekor qilinadi. Mehmon keldi. 
— Zinhor bekor qilmang, — deb suflyorga o‘xshab pichirladi Korovyov Margaritaning qulog‘iga. 
— Zinhor bekor qilmang... — deb gap boshladi Margarita. 
— Messir... — deb pichirladi yana Korovyov uning qulog‘iga. 
— Zinhor bekor qilmang, messir, — dedi o‘zini tutib olgan Margarita ohista, ammo aniq qilib, 
so‘ng jilmayib turib ilova qildi: — O‘yinni to‘xtatmasligingizni iltijo qilaman. O‘ylaymanki, shaxmat 
jurnallari shu partiyangizni chop qilgudek bo‘lsalar, durustgina gonorar to‘lagan bo‘lardilar sizga. 
Azazello uning gapini ma’qullab, ohista tomoq qirib qo‘ydi, Voland esa Margaritaga diqqat bilan 
tikilib turib, qo‘lini cho‘zdi va uni imlab o‘z yoniga chaqirdi. Margarita yalangoyoqlari ostida polni 
sezmay unga yaqin bordi. Voland o‘zining zidday og‘ir, ayni paytda cho‘g‘dek qaynoq qo‘lini 
Margaritaning yelkasiga qo‘yib, uni o‘ziga tortdi va yoniga, karavotga o‘tqazdi. 
— Baski, bizga bunday kamoli iltifot ko‘rsatayotgan ekansiz, — deb gapira boshladi u, — o‘zim 
ham shunday bo‘ladi deb o‘ylagan edim, unda biz takallufni yig‘ishtirib qo‘yamiz. — U yana karavot 
ostiga engashib qichqirdi: — Tokaygacha davom etadi bu karavot ostidagi maynavozchilik? Qani chiq, 
badbaxt masxaraboz! 
— Aspni topa olmayapman, — deb bo‘g‘iq soxta ovoz bilan javob qildi karavot ostidan mushuk, — 
qayoqqadir qochib ketipti, uning o‘rniga allaqanday qurbaqa qo‘limga ilindi. 
— Bu yer senga bozor emas — bas qil masxarabozlikni! — dedi Voland go‘yo 
achchig‘lanayotganday bo‘lib. — Karavot ostida hech qanaqa qurbaqa yo‘q edi! Bu uch pulga qimmat 
nayrangbozligingni Varete uchun asrab qo‘y. Agar hoziroq chiqmasang, seni yutqazdi deb 
hisoblaymiz, la’nati qochoq. 
— Taslim bo‘lish yo‘q, messir! — deb baqirib yubordi mushuk va shu zahoti panjasida asp 
donasini ushlagancha karavot ostidan chikdi. 
— Marhamat, tanishing... — deb gap boshladi Voland, ammo o‘z so‘zini bo‘lib dedi: — Yo‘q, 
ko‘rgani ko‘zim yo‘q bu taviyani, qarang, ne ko‘yga solib chiqipti o‘zini karavot tagidan. 
Bu asnoda boshdan-oyoq changa belangan mushuk orqa oyoqlarida turib, Margaritaga ta’zim bajo 
qilardi. Endi uning bo‘yniga frak bilan taqiladigan oq galstuk bog‘langan, ko‘kragiga ayollarning sadaf 
durbini osilgan edi. Bundan tashqari, mushukning mo‘ylovi zarrin rangga bo‘yalgan edi. 
— Axir bu nima qilganing? — dedi Voland, — nega endi mo‘ylavingni zarhallading? Keyin, 
galstukka balo bormi, egningda ishtoning bo‘lmagandan keyin? 
— Mushuk ishton kiymaydi, messir, — viqor bilan javob qildi mushuk, — hali yana menga etik 
kiygin deb ham aytarsiz? Etik kiygan mushuk faqat ertaklarda bo‘ladi, messir. Lekin biron-bir 
jonzodning balga galstuk taqmay kelganini ko‘rganmisiz? Men jamoa oldida sharmanda bo‘lishni ham, 
gardanimga mushtlab baldan quvib chiqarishlarini ham istamayman! Har kim baholi qudrat yasanadi. 
Bu gapimni durbinga ham daxldor deb hisoblayvering, messir! 
— Axir mo‘yloving-chi?... 
— Hayronman, — deb quruqqina e’tiroz bildirdi mushuk, — nega endi Azazello bilan Korovyov 
soqol-mo‘ylovlarini olishganidan keyin oq upa se-pishlari mumkin-u, xmen mo‘ylovimga oltin upa 
sepishim mumkin emas, bundan oq upaning nimasi afzal? Agarda men mo‘ylovimni ustarada qirsam 
edi, unda gap qilishinglar mumkin edi! Chunki mo‘ylovi qirilgan mushuk — chindanam g‘irt 
bema’nilik, buni ming karra e’tirof etishga ham tayyorman. Lekii, umuman olganda, — shu yerga 
kelganda mushukning xo‘rligi kelib, ovozi qaltirab ketdi, — ko‘rib turibman, menga tirg‘iladigan 
bo‘lib qolishdi, binobarin, oldimda, umuman men balda bo‘lishim kerakmi o‘zi, degan jiddiy masala 
turipti. Xo‘sh, siz bunga nima deysiz, messir? 
Shunday deb mushuk sal bo‘lmasa yorilib ketgudek shisha boshladi. 
— Voy, qallob-e, voy firibgar-e, — derdi Voland boshini sarak-sarak qilib, — har safar shu — 
yutqazayotganini sezsa, eng razil aldoqchiga o‘xshab, gapni chalg‘itishga tushadi. Qani, tez o‘tir-u, bas 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin