Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
162
Margarita mushukning qulog‘ini qo‘yib yubordi, xuddi shu payt ko‘zlari xomush va sullohona 
boquvchi juvon uning ro‘parasida to‘xtadi. 
— O qirolicha-sohiba, buyuk to‘linoy baliga taklif etilganimdan behad baxtiyorman. 
— Men ham, — dedi unga Margarita, — xursandman sizni bu yerda ko‘rganimdan. G‘oyat 
xursandman. Shampan vinosini yoqtirasizmi? 
— Voy, nima qilyapsiz, qirolicham?! — jig‘ibiyron bo‘lib tovushsiz chinqirdi Korovyov 
Margaritaning qulog‘iga, — tirband bo‘lib ketadi bu yer! 
— Yoqtiraman, — dedi juvon yolboruvchi ohangda va birdan ma’nisiz tarzda takrorlay boshladi: 
— Frida! Frida, Frida! Mening ismim Frida, o qirolicha. 
— Unday bo‘lsa, Frida, siz bugun to mast bo‘lguningizcha rosa miriqib ichingu hech nimani 
o‘ylamang, — dedi Margarita. 
Mamnun Frida Margaritaga ikkala qo‘lini uzatgan edi, lekin Korovyov bilan Begemot epchillik 
qilishib uning ikki qo‘ltig‘idan olishdiyu — keyin u bir zumda olomon orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Endi olomon, go‘yo Margarita turgan maydonchani zabt etishga ahd qilgandek, zinadan zich saf 
bo‘lib chiqib kelardi. Yalang‘och ayollar frak kiygan erkaklar bilan aralashib ketgan edi. Margaritaning 
istiqboliga bug‘doy rang, oq, jigar rang va tamoman qop-qora badanlar yaqinlashib kelardi. Ularning 
malla, qora, qizg‘ish, kul rang sochlariga qadalgan qimmatbaho toshlar behisob chiroqlar shu’lasida 
tovlanar, yaraqlar, uchqunlar sochardi. Hujumkor erkaklarning ko‘kraklariga taqilgan gavhar 
to‘g‘nog‘ichlardan o‘t chaqnar — go‘yo bu olomon ustidan kimdir shu’la sochayotgandek. Endi 
Margarita, tizzasini dam-badam o‘pishayotganini his qilar, dam-badam qo‘lini o‘pishga uzatar, 
jilmaygan chehrasi niqob kabi qotib qolgan edi. 
— Kamina mamnunman, — deb kuylardi Korovyov bir me’yorda, — biz mamnunmiz, qirolicha 
mamnunlar. 
— Qirolicha mamnunlar, — derdi manqalanib orqada turgan Azazello. 
— Men xursandman, — deb chinqirardi mushuk. 
— Bu markiza, — deb g‘o‘ldirardi Korovyov, — meros deb otasini, ikki akasini va ikki singlisini 
zaharlab o‘ldirgan! Qirolicha mamnunlar! Minkina xonim, qarang, qanday dilbar ayol! Faqat salgina 
tajang demasak! Nima hojati bor edi oqsoch qizning yuzini sochni gajak qiluvchi qaychi bilan 
kuydirishning! To‘g‘ri, bunday sharoitda, odatda, so‘yib tashlashadi! Qirolicha mamnunlar! 
Qirolicham, bir zum e’tibor bering: imperator Rudolf, sehrgar va kimyogar. Mana, yana kimyogar — 
dorga osilgan. O, xonim ham keldilar! O, qanday ajoyib fohishaxonasi bor edi uning Strasburgda! Biz 
mamnunmiz. Bu xonim — moskvalik chevar, bitmas-tuganmas fantaziya sohibasi bo‘lgani uchun biz 
hammamiz uni sevamiz. U o‘z qaramog‘idagi ateleda juda ham kulgili bir narsa ixtiro qilgan edi: 
devorda bir juft doira teshik ochib qo‘ygan edi... 
— Nima, xonimlar bilishmasmidi? — deb so‘radi Margarita. 
— Hammalari bilishardi, qirolicha, — deb javob qildi Korovyov, — men mamnunman. Manavi 
yigirma yoshli nihoyatda xayolparast va tentak bola go‘daklik paytidan o‘zining antiqa fantaziyalari 
bilan dovruq taratgan. Uni bir qiz sevib qolgan edi, u esa o‘sha qizni olib borib fohishaxonaga sotgan. 
Pastdan chiqib kelayotgan olomon oqimining keti ko‘rinmasdi. Bu oqim manbai mahobatli kamin 
edi. Shu alpozda oradan bir soat o‘tdi, ikkinchi soat ham boshlandi. Endi Margarita bo‘yniga osilgan 
zanjirning yanada og‘irlashganini his qildi. Uning qo‘liga ham bir nima bo‘lgan edi. Endi Margarita 
har gal qo‘lini ko‘tarayotganda og‘rikdan aftini burishtirardi. Korovyovning qiziqarli izohlari uni endi 
qiziqtirmay qo‘ydi. Qiyiq ko‘zli yalpoq yuzlar ham, oq, qora chehralar ham uni qiziqtirmay qo‘ygan 
edi, ba’zida bu yuzlar bir-birlariga chaplashib ketganday ko‘rinar, ular oralig‘idagi havo esa negadir 
jimirlay boshlardi. Birdan Margaritaning o‘ng qo‘li xuddi igna sanchgandek zirqirab og‘riy boshladi, 
shunda u og‘riqdan tishlarini gijir qilib, tirsagini kursiga qo‘ydi, endi uning orqasidagi zaldan xuddi 
qush qanotlari patillab devorga urilayotganini eslatuvchi sharpalar eshitilardi: ma’lumki, u yerda 
tumonat mehmonlar raqs tushishardi. Margaritaning nazarida, bu g‘aroyib zalning mustahkam marmar, 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin