www.ziyouz.com kutubxonasi
165
ko‘zlariga tik qaragancha, — kallangizni ayol kishi uzdi, majlis bo‘lmadi, men sizning kvartirangizda
yashayapman. Bu — fakt. Faktdan hech qayoqqa qochib qutulib bo‘lmaydi. Lekin endi bizni sodir
bo‘lgan shu fakt emas, kelgusida bo‘ladigan voqealar qiziqtiradi. Siz hamisha, odamning kallasi
tanasidan judo qilingach, yashashdan to‘xtaydi, xokirobga aylanib yo‘q bo‘lib ketadi, degan
nazariyaning qizg‘in targ‘ibotchisi bo‘lgan edingiz. Men sizga o‘z mehmonlarim huzurida, garchi ular
mutlaqo o‘zga nazariyani isbotlashga xizmat qilsalar ham, sizning nazariyangiz ham ulug‘vor, ham
oqilona ekanligini sizga e’tirof etishdan behad xushbaxtman. Holbuki, hamma nazariyalar ham bir-
biridan qolishmaydi. Ular orasida shunday nazariya ham borki, unga ko‘ra har kimning qismati o‘z
e’tiqodiga qarab belgilanadi. Hozir ham shunday bo‘la qolsin! Siz yo‘qlik sari mangu rihlat etyapsiz,
men esam sizning bosh chanog‘ingizdan yasalgan qadahni borliq uchun ko‘tarishdan o‘zimni baxtiyor
hisoblayman. — Voland shamshirini ko‘tardi. Shu zahoti boshning terisi qorayib, burusha boshladi,
keyin parcha-parcha bo‘lib to‘kildi, ko‘zlar ham g‘oyib bo‘ldi, bir zum o‘tmay Margarita laganda oltin
tirgaklarga urnatilgan zumrad kuzli, inju gishli sarg‘ishrang boshchanoqni ko‘rdi. Boshchanoqning
oshiq-moshiqli qopqog‘i o‘z-o‘zidan ochildi.
— Mana, hozir messir, — dedi Korovyov Volandning savol ma’nosida tikilganini ko‘rib, — hozir
quzuringizda bo‘ladi u. Men ushbu teran sukunatda uning loklangan tuflisi g‘archini eshityapman, ana
u hayotida oxirgi marta shampan vinosi ichib, qadahni stolga «do‘q» etib qo‘ydi. Mana, o‘ziyam keldi.
Zalga yangi bir mehmon kirib, to‘g‘ri Voland tomon yura boshladi. Uning tashqi ko‘rinishi
ko‘pchilik erkak mehmonlardan hech farq qilmas edi. Farq faqat bitta edi: mehmon hayajonlanganidan
kalovlanib kelardiki, bu uzokdan ham yaqqol ko‘rinib turardi. Uning yonoqlarida qizil dog‘lar lov-lov
yonar, ko‘zlari hayajondan olazarak edi. Mehmon esankirab qolgan, bu tabiiy hol edi albatta: bu
yerdagi hamma narsa, asosan, Volandning libosi uni hayratga solib qo‘ygan edi.
Biroq mehmon g‘oyat zo‘r iltifot bilan kutib olindi.
— O, azizim baron Maygel, — deb Voland mehmonga ochiq yuz bilan jilmaydi, mehmonning esa
qayratdan ko‘zlari kosasidan chiqib ketayozdi. — Men sizlarni, — deb mehmonlarga yuzlandi shunda
Voland, — tomoshaxonalar komissiyasida ajnabiylarga poytaxtning diqqatga manzur yerlarini
namoyish qiluvchi bo‘lib xizmat qiladigan muhtaram baron Maygel bilan tanishtirish baxtiga
musharrafman.
Margarita dong qotib qoldi, chunki Maygelni tanir, Moskva teatrlarida va restoranlarda uni bir
pecha marta uchratgan edi. «Ie... — deb o‘yladi Margarita, — demak, Maygel ham o‘lgan ekan-da?»
Lekin masala shu zahotiyoq oydinlashdi.
— Qadrli baron, — davom etdi Voland shodiyona tabassum bilan, — benihoya dilbar odamda,
qarangki, mening Moskvaga kelganimni eshitib, darhol qo‘ng‘iroq qildi va kaminani diqqatga sazovor
yerlar bilan tanishtirishga tayyor ekanligini izhor etdi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, men ham uni o‘z
huzurimga taklif qilishdan g‘oyat baxtiyorman.
Shu mahal Azazello boshchanoq qo‘yilgan laganni Korovyovga uzatdi.
— Darvoqe, baron, — deb Voland birdan xuddi sir aytayotgandek ovozini pasaytirdi, — sizni
o‘taketgan darajada sinchkov deb aytishyapti. Mish-mishlarga qaraganda, shu xislatingiz, undan aslo
qolishmaydigan ikkinchi «fazilatingiz», ya’ni ezmaligingiz bilan qo‘shilib hammaning diqqatini o‘ziga
torta boshlaganmish. Bu hali yetmagandek, badkirdor odamlar siz haqingizda, g‘iybatchi, ayg‘oqchi,
deb gap tarqatishipti. Ustiga-ustak yana, mana shu sassiq gaplar juda nari borsa bir oy ichida sizni
falokatga mubtalo qiladi, degan taxmin bor. Shunga ko‘ra, sizni o‘sha mash’um kunni kutish azobidan
xalos etish niyatida, huzurimga imkoni boricha ko‘proq narsalarni kuzatib, ko‘proq gaplarni eshitish
maqsadida mehmon bo‘lib kelgan paytingizdan foydalanib, sizga hoziroq yordam qo‘lini cho‘zishga
qaror qildik.
Baronning rangi Abadonnanikidan ham oqarib ketdi (Abadonna esa tabiatan dokadek oq edi), keyin
alomat bir hodisa yuz berdi. Abadonna baronning ro‘parasida paydo bo‘lib, bir zumgagina
ko‘zoynagini yechdi. Ayni shu lahzada Azazelloning qo‘lida bir nima yaraqlab ketdi, xuddi kimdir