Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
161
— Gertsog, bir qadah shampan vinosiga marhamat qilsinlar! Kamina mamnunman! Ha, qisqasi, 
Tofana xonim o‘sha sho‘rlik ayollarning hojatini chiqarib, ularga kichkina shishachalarda qandaydir 
suv sotardi. Xotin o‘sha suvni erining ovqatiga solar, er esa ovqatni yeb, mehribon xotiniga 
minnatdorlik izhor etar va o‘zini g‘oyat yaxshi his qilardi. To‘g‘ri, bir necha soatdan keyin u erning 
tomog‘i qaqrab, suv ichgisi kela boshlar, so‘ng to‘shagiga yotardi-yu... Xullas, yana bir kundan keyin 
erini totli ovqat bilan boqqan o‘sha neapollik sohibjamol misoli ko‘klam shamolidek erkin bo‘lardi-
qolardi. 
Margarita: 
— Uning oyog‘idagi nima? — deb so‘rarkan, ayni paytda kalovlanib chiqib kelayotgan Tofana 
xonimdan o‘zib, o‘z qoshiga yetib kelgan mehmonlarga qo‘l cho‘zishdan to‘xtamasdi, — undan keyin, 
nega bo‘yniga yashil lenta bog‘lab olgan? Pesi bormi? 
— Kamina behad mamnunman, knyaz! — deb qichqirardi Korovyov va shu paytning o‘zida 
Margaritaning qulog‘iga pichirlardi: — Bo‘yni juda ham go‘zal, lekin u qamoqda yotganida bir 
ko‘ngilsizlik sodir bo‘lgan. Oyog‘idagi narsa esa, qirolicham, ispan etigi, endi lenta masalasiga kelsak, 
bunga sabab shuki, o‘z xotinlariga yoqmagan besh yuztacha erkakning Neapol va Palermodan mangu 
rihlat etganini eshitgan turma xizmatchilari Tofana xonimni qiziq ustida bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ishgan edi. 
— Siz bilan, qora qirolicha, ko‘rishishga musharraf bo‘lganimdan behad baxtiyorman, — deb 
Tofana rohibalar singari qimtinibgina pichirlarkan, tiz cho‘kishga urinardi. Ammo ispan etigi bunga 
yo‘l bermasdi. Korovyov bilan Begemot Tofanani turg‘azib qo‘yishdi. 
— Xursandman, — deb javob qildi unga Margarita qo‘lini boshqa mehmonlarga cho‘zarkan. 
Endi yuqoriga ko‘tarilayotgan odamlar oqimi zinani tamoman ko‘mib yuborgan edi. Shu bois 
Margarita pastda, darbonxonada nimalar bo‘layotganini endi ko‘rmas edi. U bir taxlitda qo‘lini 
ko‘tarib tushirar va mudom birday tishining oqini ko‘rsatgancha mehmonlarga jilmayardi. Bu yerda, 
zina maydonchasida qattiq g‘ovur ko‘tarildi, bal bo‘ladigan zallardan eshitilayotgan muzika xuddi 
dengiz shovqiniga o‘xshab yangrardi. 
— Mana bu juda dilgir ayol, — derdi Korovyov endi baralla ovoz bilan, chunki bu yerdagi shov-
shuvda unipg ovozini mehmonlar eshitmasligini bilardi, — joni-dili — bal, doim o‘z ro‘molchasi 
ustidan shikoyat qilish orzusida yuradi. 
Margarita Korovyov ko‘rsatgan ayolni zinadan chiqib kelayotganlar orasidan ko‘zi bilan qidirib 
topdi. Bu yigirma yoshlardagi bo‘y-basti nihoyatda kelishgan juvon bo‘lsa ham, ko‘zlari negadir bejo, 
sullohona boqardi... 
— Qanaqa ro‘molcha? — pichirlab so‘radi Margarita har bir mehmonga qo‘lini uzatishda davom 
etarkan. 
— Ko‘k hoshiyali ro‘molcha. Gap shundaki, u qahvaxonada xizmat qilib yurganida, kunlarning 
birida xo‘jayini uni omborxonaga chaqirib olgan-u, keyin, oradan to‘qqiz oy o‘tgach, u o‘g‘il tuqqan. 
So‘ng u o‘g‘ilchasini o‘rmonga olib borib, og‘ziga ro‘molcha tiqib, yerga ko‘mgan. Sudda, bolani 
boqishga qurbim yetmasdi, deb aytgan. 
— O‘sha qahvaxona xo‘jayini-chi, u qayokda qoldi? — deb so‘radi Margarita. 
— Qirolicha, — dedi birdan g‘ijirlovchi ovoz bilan mushuk, — ijozatingiz bilan sizga bir savol 
bersam: xo‘jayinning bunga nima daxli bor? Axir u chaqaloqni o‘rmonga olib borib bo‘g‘ib 
o‘ldirmagan-ku! 
Margarita mehmonlarga jilmayishda va o‘ng qo‘lini ularga uzatishda davom etarkan, chap qo‘lining 
tirnoqlarini Begemotning qulog‘iga botirdi va pichirlab dedi: 
— Agar sen, maraz, yana bir marta gapga aralashadigan bo‘lsang... 
Begemon jon holatda chinqirib yubordi va xirillab dedi: 
— Qirolicha... qulog‘im shishib ketadi-ku... Axir nima hojati bor shishgan quloq bilan bal 
tantanasini buzishni?.. Men yuridik jihatdan... yuridik nuqtai nazardan gapirgandim... Bo‘ldi, tavba 
qildim... Meni mushuk emas, gung baliq deb hisoblang, faqat qulog‘imni qo‘yvorsangiz bo‘lgani. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin