Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
156
katakda shoh yo‘q. 
— Nima deding? — dedi hayron bo‘lgan Voland va taxtaga tikilib qaradi. Shoh katagida turgan 
ofitser teskari o‘girilib, yuzini qo‘li bilan pana qilib olgan edi. 
— Obbo kasofat-e, — dedi o‘ychanlik bilan Voland. 
— Messir! Men yaia mantiqqa murojaat qilaman, — deb gap boshladi mushuk ikki panjasini 
ko‘ksiga qo‘ygancha, — agar raqib shohga shoh deb e’lon qilsa-yu, aslida shaxmat taxtasida shohning 
soyasi ham bo‘lmasa, bunday shoh — shoh hisoblanmaydi. 
— Taslim bo‘lasanmi yo yo‘qmi? — deb baqirdi Voland dag‘dag‘a qilib. 
— Ruxsat eting, o‘ylab ko‘ray, — yuvoshgina dedi mushuk, tirsaklarini stolga qo‘yib va panjalari 
bilan quloqlarini changallagancha o‘ylay boshaldi. U uzoq vaqt o‘ylab, nihoyat dedi: — Taslimman. 
— Bu o‘jar maxluqni o‘ldirsang ham oz, — dedi Azazello g‘ijinib. 
— Ha, taslim bo‘ldim, — dedi mushuk, — lekin aytib qo‘yay, faqat hasadgo‘ylar ta’qib qilgan 
muhitda o‘ynay olmasligim sababli taslim bo‘lyapman! — U o‘rnidan turdi. Shaxmat donalari o‘zlari 
qutiga borib tushishdi. 
— Gella, vaqt bo‘ldi, — dedi Voland, shunda Gella xonadan chiqib ketdi. — Aksiga yurib, bal 
bo‘ladigan kun oyog‘im og‘rib qolsa-ya, — deb gapida davom etdi Voland. 
— Ruxsat eting, men uqalay, — deb ohista iltimos qildi Margarita. 
Voland Margaritaga qattiq tikilib qaradi, so‘ng tizzasini unga tomon surdi. 
Lavadek qaynoq balchiq Margaritaning qo‘lini kuydirardi, ammo u aftipi burishtirmay, Volandning 
tizzasini og‘ritmaslikka urinib uqalayverdi. 
— Muqarriblarim buni bod deb aytishyapti, — derdi Voland ko‘zini Margaritadan olmay, — lekin 
mei qat’iy ishonch bilan aytamanki, tizzamning og‘rig‘i, bir ming besh yuz yetmish birinchi yilda 
Broken tog‘ida Shayton kafedrasida bitta ketvorgan alvasti xonim bilan yaqin muloqotda bo‘lganim 
asorati bo‘lishi kerak, menimcha. 
— O, aql bovar qilmaydi! — dedi Margarita. 
— Parvo qilmapg! Yana uch yuz yillardan keyin tuzalib ketadi. Menga ko‘p dori-darmon tavsiya 
qilishdi, lekin eski odatim bo‘yicha buvimning davolash vositalariga amal qilaman. Bag‘oyat antiqa 
giyohlarni meros: qilib qoldirib ketgan menga o‘sha kampirsho, ya’ni buvim. Darvoqe, sizning hech 
bir dardingiz yo‘qmi? Balki qalbingizni kemiruvchi biron hasrat, g‘ussa bordir sizda ham? 
— Yo‘q, messir, unday narsalar yo‘q menda, — deb javob berdi oqila Margarita, — endilikda, 
sizning huzuringizda esa o‘zimni judayam yaxshi his qilyapman. 
— Nazarimda, — dedi Voland birdan quvnoq ohangda, — sizni mening globusim qiziqtirayotganga 
o‘xshaydi. 
— O, rost, men hech qachon ko‘rmaganman bunday buyumni. 
— Ajoyib buyum. Ochig‘ini aytganda men so‘nggi axborotni radio orqali eshitishni yoqtirmayman. 
Odatda, axborotni qandaydir qizlar o‘qishadi, ular joylarning nomlarini aniq talaffuz qilishmaydi. 
Bundan tashqari, ularning har uchtadan biri yo duduq, yo tili chuchuk — ataylab shunaqalarni 
tanlashadimi, hayronman. Mening globusim ancha qulayroq, buning ustiga, men yuz berayotgan 
voqealarni aniq bilishim kerak. Mana, masalan, sohilini okean yuvib yotgan mana bu yerni 
ko‘ryapsizmi? Qarang, ana, u o‘t olyapti. U yerda urush boshlandi. Agar ko‘zingizni yaqinroq olib 
borsangiz, tafsilotlarini ham ko‘rasiz. 
Margarita globusga yaqinroq engashgan edi, kvadrat ichidagi yer tasviri kengayib, rapg-barang 
bo‘yoqlarga bo‘yaldi va bo‘rtma xaritaga o‘xshab ketdi. Shunda Margarita lentasimon daryoni ham, 
uning bo‘yiga joylashgan qandaydir bir qishloqni ham ko‘rdi. No‘xatdakkina bir uycha kattalashib 
gugurt qutisidek bo‘ldi. Birdan bu uyning tomi qop-qora tutun bilan birga osmonga ko‘tarildi, uning 
devorlari qulab tushdi, oqibat, ikki qavatli bu qutichadan hsch vaqo qolmadi — 

qora tutun burqsab 
chiqayotgan bir to‘p axlatga aylangan edi. Margarita ko‘zini globusga yana ham yaqinroq olib borib, 
yerda yotgan kichkinagina bir ayolni va uning yonida qo‘llarini yoyib qonga botib yotgan go‘dakni 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin