Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
Egniga bichimi g‘oyat antiqa va nihoyatda uzun frak kiyib, yuziga faqat ko‘zlarinigina berkituvchi 
qora niqob taqqan mashhur artist hammani hayratda qoldirdi. Lekin bu sehrgarning ikki hamrohi 
yanada alomatroq ko‘rindi. Bular: egniga katak kamzul kiyib, ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne 
taqqan daroz odam bilan xo‘ppasemiz qora mushuk edi — mushuk grimxonaga orqa oyoqlarida yurib 
kirdi, borib bemalol divanga o‘tirdi va ko‘zlarini suzib grim stoli yonidagi yalang‘och chiroqchalarni 
kuzata boshladi. 
Rimskiy o‘zini jilmayishga majbur qilib (ammo u zaharxanda irshaydi), divanda, mushukning 
yonida gung bo‘lib o‘tirgan sehrgar bilan ta’zim qilib salomlashdi. Qo‘l siqib ko‘rishish bo‘lmadi. 
Lekin katak kamzulli naynov: «Kamina u kishining yordamchisiman», deb o‘zini tanitdi moliya 
direktoriga. Bu vaziyatdan moliya direktori yana noxush taajjublandi: axir shartnomada yordamchi 
haqida hech qanday so‘z bo‘lmagan edi-ku. 
Grigoriy Danilovich, xuddi tomdan tarasha tushganday, dabdurustdan paydo bo‘lib qolgan bu katak 
kamzulga majburan yuzlanib, quruqqina so‘radi: 
— Apparatlaringiz qaerda? 
— O samoviy olmosimiz, e’zozli janob direktor, — qaltiroq ovoz bilan javob qildi sehrgar 
yordamchisi, — bizning apparatlarimiz, hamisha o‘zimiz bilan birga. Mana u! Eyn, tsvey, drey! — 
Shunday deb u Rimskiyning ko‘zi oddida g‘adir barmoqlarini aylantirib turdi-da, birdan uning 
tugmalari qadalgan kamzuli ichidagi nimchasining cho‘ntagiga solinib, zanjir bilan tugma teshigiga 
ilingan oltin soatini zanjiri bilan birga mushukning qulog‘i orqasidan oldi. 
Rimskiy beixtiyor qo‘lini qorniga qo‘ydi, bu mo‘‘jizaning shohidi bo‘lganlar hang-mang bo‘lib 
qolishdi, eshik tirqishidan mo‘ralab turgan grimchi esa mamnun bo‘lib tomoq qirib qo‘ydi. 
— Sizning soatingizmi? Marhamat, oling, — surbetlarcha tirajyib dedi yordamchi va esankirab 
qolgan Rimskiyga uning buyumini isqirt kaftida uzatdi. 
— Bunaqa odam bilan tramvayga chiqsang uying kuyadi, — deb quvnoq ohangda pichirladi 
bayonchi grimchining qulog‘iga. 
Lekin mushuk soat voqeasidan ham antiqaroq nayrang ko‘rsatdi. U to‘satdan o‘rnidan turdi, orqa 
oyoqlarida yurib, ustiga ko‘zgu o‘rnatilgan stolcha oddiga bordi, old oyoqlari bilan grafin qopqog‘ini 
olib, stakanga suv quydi, suvni ichib bo‘lib, yana qopqoqni yopdi-da, grim lattasi bilan mo‘ylovini 
artdi. 
Endi odamlar, og‘izlari lang ochilgancha, tillari kalimaga kelmay, serrayib qolishdi, grimchi esa 
zavq bilan pichirladi: 
— O, qoyilman! 
Shu choq qo‘ng‘iroq uchinchi marta vahima bilan chalindi va juda qiziqarli nomerlarni ko‘rish 
niyatida bo‘lgan odamlar grimxonadan nari keta boshlashdi. 
Yana bir daqiqadan keyin tomosha zalidagi sharsimon chiroqlar o‘chdi, sahna oddidagi chiroqlar 
yonib, parda etagiga qizg‘ish shu’la tushdi, shunda egniga eskirgan ko‘ylak, g‘ijimlangan frak kiygan, 
soqol-mo‘ylovi olingan, xuddi go‘dakdek xushchaqchaq, to‘ladan kelgai bir odam parda oldida paydo 
bo‘ldi. Bu butun Moskvaga dovrug‘i ketgan konferanse Jorj Bengalskiy edi. 
— Shunday qilib, grajdanlar, — deb gap boshladi Bengalskiy, go‘daklarga xos jilva bilan, — hozir 
sahnaga chiqish navbati... — shunday deb turib Bengalskiy o‘z nutqini bo‘ldi va boshqacha ohangda 
gapira boshladi: — Bugun, uchinchi bo‘limda tomoshabinlar yanayam ko‘paygan ko‘rinadi zalda. 
Bugun bu yerga shaharning yarmi yig‘ilgan! Yaqinda men bir og‘aynimni uchratib, unga: «Nega 
teatrimizga bormay qo‘yding? Kecha shaharning yarmi yig‘iddi bizda», — degan edim, u: «Men 
shaharning ikkinchi yarmida turaman!» — deb javob qildi. — Bengalskiy gurra kulgi ko‘tarilishini 
kutib bir oz pauza qildi, lekin hech kim kulmagach, gapini davom ettirdi: — ... Shunday qilib, hozir 
mashhur ajnabiy artist mese Voland sehrgarlik seansini sizlarga namoyish qiladi! Lekin siz bilan biz 
yaxshi tushunamizki, — shu yerga kelganda Bengalskiy donishmandona jilmaydi, — sehrgarlik o‘zi 
dunyoda yo‘q narsa, u bid’at, xolos, lekin maestro Voland ko‘zboyloqchilik texnikasini mukammal 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin