Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
67
Baqaloq odamning zarbasidan butun hojatxona pirillab yongan chirokdan bir zumga yorishib ketdi 
va momaqaldiroq gumburlab unga jo‘r bo‘ldi. Keyin yana bir bor chaqmoq chakdi va 
administratorning ro‘parasida sochlari naq olovdek malla, bir ko‘ziga oq tushgan, og‘zidan so‘yloq 
tishi chiqib turgan, yelkalari pahlavonona, ammo o‘zi kichkinagina yana bir jonzod paydo bo‘ldi. 
Mana shu ikkinchi jonzod, chamasi, chapaqay bo‘lsa kerak, administratorning ikkinchi chakkasida 
«shavla» qaynatdi. Bu zarbaga jo‘r bo‘lib yana osmonda momaqaldiroq gumburladi, hojatxonaning 
taxta tomiga shatir-shutir jala quya boshladi. 
— Nima qilyapsizlar, o‘rtoql... — deya pichirladi esi og‘ib qolgan administrator, lekin shu zahoti, 
jamoatchilik hojatxonasida begunoh odamga hujum qilgan bezorilarni «o‘rtoqlar» deb atash to‘g‘ri 
kelmasligini tushunib xirilladi: — grajda... — lekin ularning bu nomga ham munosib emasliklarini 
fahmladi, ayni shu payt ikki bezoridan birining uchinchi dahshatli zarbasiga duch keldiyu burnidan 
laxta-laxta bo‘lib oqayotgan qon ko‘ylagini bo‘yadi. 
— Portfelingda nima bor, yaramas? — deb chiyilladi mushuknamo odam. — Telegrammalarmi? 
Ularni hech qayoqqa olib borma deb telefonda seni ogohlanti-rishmabmidi? Ogohlantirishuvdimi deb 
so‘rayapman sendan! 
— Ogoh... ogohlash... lantirishuvdi... — deb entika-entika javob qildi administrator. 
— Shunga qaramay yugurib qopsan-da? Ber buyoqqa portfelni, gazanda! — boya telefonda 
eshitilgan manqa ovoz bilan baqirdi ikkinchi maxluq va Varenuxaning titroq qo‘llaridan portfelni tortib 
oldi. 
Keyin ikkovlari administratorni ikki tomondan qo‘ltiqlab olib, uni bog‘dan sudrab chiqishdi-yu, 
Sadovaya ko‘chasi bo‘ylab g‘izillatib olib ketishdi. Momaqaldiroq tobora kuchliroq gumburlab, daryo 
bo‘lib oqayotgan yomg‘ir suvi kanalizatsiya o‘pqonlariga guvillab, shovullab tushar, hammayoqda suv 
sathida «chuchvara kaynar», to‘lqinlar paydo bo‘lar, tomga yoqqan yomg‘ir suvi tarnovlarga sig‘may, 
ular yonidan sharillab oqib tushar, darvozalar ostidan ko‘piklangan yomg‘ir suvi seldek oqib chiqardi. 
Sadovaya ko‘chasida bironta ham girik jon qolmagan edi, binobarin, Ivan Savelenichni hech kim xalos 
eta olmasdi. Chaqmoq chaqqandagina lip-lip ko‘zga tashlangan bezorilar loyqa suv oqimlaridan hatlab, 
chalajon administratorni bir zumda 302-bis uyiga yetqizib kelishdi-yu, lip etib bostirmaga kirishdi. Bu 
yerda ikkita yalangoyoq ayol, tufli va paypoqlarini qo‘llariga yechib olgancha devorga suqilib 
turishardi. Keyin, bezorilar oltinchi pod’ezd eshigi tomon yugurishdi. Hushidan deyarli ketib bo‘lgan 
Varenuxa beshinchi qavatga olib chiqilib, Styopa Lixodeevning unga yaxshi tanish bo‘lgan 
kvartirasining nimqorong‘i dahliziga uloqtirildi. 
Bu yerda ikki bosqinchi g‘oyib bo‘lib, ular o‘rnida mallasoch, ko‘zlari fosfordek yaraqlovchi qip-
yalang‘och bir qiz paydo bo‘ldi. 
Varenuxa boshiga tushgan falokatlar ichida eng dahshatlisi shu ekanligini fahmladi, qattiq 
ingradiyu devor tomon tisarildi. Qiz esa administrator oldiga yuzma-yuz kelib, ikkala qo‘lini uning 
yelkasiga tashladi. Varenuxaning sochlari dahshatdan tikka turdi, chunki u shalabbo bo‘lgan sovuq 
ko‘ylagi orqali ham qizning muz singari sovuq kaftlarini his etgan edi. — Kel, seni bir o‘pay, — 
muloyim ovoz bilan dedi qiz va uning pirpiragan ko‘zlari Varenuxaning ko‘zlariga yaqinlashdi. 
Shunda Varenuxa hushidan ketdiyu qiz bo‘sasini his etmadi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin