Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66
U pastki qavatga tushib, kassa oldida turnaqator tizilishib navbatda turgan odamlarni ko‘rdi, kassir 
ayoldan, yaqin bir soat ichida bittayam bilet qolmas-ligini, chunki qo‘shimcha afishani o‘qigan 
odamlar gala-gala bo‘lib kslayotganini eshitdida, kassir ayolga loja va parterdan o‘ttizta eng yaxshi 
joyni sotmay, chegirib olib qo‘yishni buyurdi, so‘ng g‘izillab chiqib, kontramarka so‘rab xiralik 
qiluvchilarning ko‘zini shamg‘alat qilib, shu zahoti kepkasini olgani o‘z kabi-netiga sho‘ng‘idi. Lekin 
u kabinetga kirishi bilan telefon jiringlab qoldi. 
— Eshitaman! — dedi baqirib Varenuxa. 
— Ivan Savelevichmi? — deb so‘radi telefonda nihoyatda yoqimsiz ping‘illagan ovoz. 
— Hozir u teatrda yo‘q! — deb Varenuxa chinqirgan ediyamki, telefondagi ovoz uning so‘zini 
bo‘ldi: 
— Maynavozchilikni qo‘ying, Ivan Savelevich, gapimni eshiting. Qo‘lingizdagi telegrammalarni 
hech qayoqqa olib ham bormang, hech kimga ko‘rsatmang ham. 
— Kim o‘zi bu gapiryapkan? — deb baqirdi Varenuxa. — Hazilni bas qiling, grajdanin! Hozirning 
o‘zida kimligingizni aniqlaymiz! Nomeringiz? 
— Varenuxa, — dedi yana o‘sha xunuk ovoz, — sen o‘zi rus tilini tushunasanmi? Telegrammalarni 
hech qayoqqa olib borma. 
— Ie, hali shunaqa shilqimmisiz? — baqirdi administrator g‘azablanib. — Shoshmay turing hali! 
Bu qilmishingiz uchun adabingizni berishadi, — u yana bir nimalar deb dag‘dag‘a qildi-da, birdan jim 
bo‘lib qoldi, chunki trubkada uni endi hech kim eshitmayotgan edi. 
Shu choq, mo‘‘jaz kabinetga birdan qorong‘i tusha boshladi. Varenuxa kabinetdan o‘kday otilib 
chiqib, eshikni «qars» etib yopdi-da, yon tomondagi yo‘lakdan yozlik bog‘ tomon yugurdi. 
Administrator asabiylashgan va qattiq hayajonda edi. Chunki u, boyagi sullohona qo‘ng‘iroq qilgan 
bezorilar albatta biron nojo‘ya nayrang ko‘rsatishadi-yu, o‘sha nayranglari Lixodeevning g‘oyib 
bo‘lishiga aloqador bo‘ladi, deb o‘ylagan edi. Shu bois, o‘sha yovuz piyatli odamlarni fosh qilish istagi 
administratorni tinch qo‘ymas, eng qiziq tomoni shundaki, qandaydir ko‘ngilli bir voqea sodir 
bo‘lishini oldindan his qila boshlagan edi u. Odatda, biron yerga juda muhim xabar yetkazib, butun 
jamiyatning diqqat-e’tiboriga musharraf bo‘lishga intilgan odamda tug‘iladi bunday hissiyot. 
Bog‘da birdan qattiq shamol turib, administratorning yo‘lini to‘smoqchi, uni ogohlantirmoqchi 
bo‘lganday, ko‘zlariga qum purkadi. Ikkinchi qavatda bir deraza oynasi singudek bo‘lib qarsillab 
yopildi, jo‘ka daraxtlarining qir uchlari bezovta pguvilladi. Qosh qorayib, sal salqin tushdi. 
Administrator ko‘zlarini ishqalab momaqaldiroqdan da-rak beruvchi osti zarrang bulut Moskva uzra 
pastlab suzayotganini ko‘rdi. Olisdan dag‘al qaldiragan ovoz eshitildi. 
Varenuxa qanchalik shoshayotgan bo‘lmasin, yozlik hojatxonaga birrov kirib, montyorning elektr 
lampasiga sim to‘r kiydirgan yo kiydirmaganini tekshirish istagidan voz kecha olmadi. 
U tir yonidan yugurib o‘tib, quyuq o‘sgan siren butalari orasiga kirdi, havorang bo‘yoq bilan 
bo‘yalgan hojatxona shu yerda joylashgan edi. Montyor sarishta odam ekan, erkaklar bo‘limida, shiftga 
o‘rnatilgan lampa sim to‘r bilan to‘silgan edi, lekin administratorni bu yerda boshqa narsa ranjitgan 
edi: momaqal-diroq oldidan kun xiyla qorong‘ilashgan bo‘lishiga qaramay, hojatxona devorlariga 
ko‘mir va qalam bilan yozib tashlangan har xil bema’ni gaplarni bemalol o‘qisa bo‘lardi. 
— Obbo, axir bu qanaqa... — deb administrator endi gap boshlagan edi hamki, birdan orqasidan 
kimningdir xurillagan ovozi eshitildi: 
— Sizmisiz bu, Ivan Savelevich? 
Varenuxa seskanib ketdi, orqasiga o‘girilib, afti mushuknikiga o‘xshab ketuvchi bir baqaloq 
odamni ko‘rdi. 
— Ha, men, nimaydi? — g‘ijinib javob qildi Varenuxa. 
— G‘oyat, bag‘oyat xursandman, — dedi mushuksimon baqaloq odam miyovlaganday bo‘lib, 
so‘ng birdan qulochkashlab turib uning quloq-chakkasiga shunday tarsaki tushirdiki, administratorning 
boshidan kepkasi uchib ketib, o‘tirg‘ich kavagiga tushib g‘oyib bo‘ldi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin