Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
75
esa erkaklar ham ularga jo‘r bo‘lib baravar qichqira boshlashdi. 
Sizning fikringiz, messir? — so‘radi Fagot niqob taqqan sehrgardan. 
— Xay, nima ham deymiz, — o‘ychanlik bilan dedi u, — bular — odamzod axir. Pulni yaxshi 
ko‘rishadi, lekin o‘zi hammavaqt shunday bo‘lgan-ku... Butun insoniyat pulni yaxshi ko‘radi, u 
nimadan yasalgan bo‘lmasin — teridanmi, qog‘ozdanmi, bronzadanmi, oltindanmi — bari bir. Chunki 
ular yengiltak xilqatlardir... Xay, nachora... ularning qalblarida ba’zan shafqat tuyg‘ulari ham uyg‘onib 
qoladi... oddiy bandalar... umuman, qadimgi odamlarga o‘xshab ketishadi bular ham... faqat uy-joy 
masalasi odamgarchilikdan chiqaribdi! — So‘ng baland ovoz bilan buyurdi: — Boshini o‘rniga 
joylashtiring. 
Mushuk yaxshilab mo‘ljallab turib boshni bo‘yinga qo‘ndirdi, oqibat, kalla hech qachon tanasidan 
ajralmaganday, o‘z o‘rniga puxta joylashdi. Eng muhimi, bo‘yinning uzilgan yerida hech qanday 
chandiq izi qolmadi. Mushuk Bengalskiyning fraki va manishkasini panjasi bilan yelpigan edi, ulardagi 
qon dog‘idan asar ham qolmadi, Fagot yerda o‘tirgan Bengalskiyni oyoqqa turg‘azdi, frakining 
kissasiga bir dasta pul solib qo‘yib, uni sahnadan chiqarib yuborarkan, dedi: 
— Qani, tuyog‘ingizni shiqillating! Qaytaga sizsiz yaxshiroq vaqtichog‘lik qilamiz. 
Konferanse atrofga bezrayib qarab, gandiraklagancha bir amallab o‘t o‘chiruvchi postiga yetib 
bordi, lekin shu yerga yetganda ahvoli og‘irlashdi. U ayanchli chinqirdi: 
— Voy boshim, boshim! 
Uning oldiga boshqalar qatori Rimskiy ham yugurib bordi. Konferanse yig‘lar, qo‘llari bilan 
havoda bir nimani ushlamoqchi bo‘lar va g‘o‘ldirardi: 
— Boshimni beringlar! Boshimni qaytarib beringlar! Mayli, kvartiramni, suratlarimni olinglar, 
faqat boshimni qaytarib bersanglar bo‘lgani! 
Kurer vrach chaqirgani yugurdi. Bengalskiyni grimxonadagi divanga yotqizmoqchi bo‘lishuvdi, u 
odamlarni siltab, tepib to‘polon qila boshladi. Izvosh chaqirishga to‘g‘ri keldi. Baxtiqaro konferanseni 
olib ketishgandan keyin Rimskiy yana sahna tomon yugurib, u yerda yangi mo‘‘jizalar sodir 
bo‘layotganini ko‘rdi. Ha, aytganday, shu mahalmi yo bundan sal oldinroqmi, harholda sehrgar o‘zi 
o‘tirgan eski kreslo bilan birga sahnadan g‘oyib bo‘lgan, ammo shuni aytish kerakki, Fagot sahnada 
namoyish qilayotgan g‘ayrioddiy narsalarga mahliyo xalq Volandning g‘oyib bo‘lganini mutlaqo 
payqamagan edi. 
Fagot esa jabrlangan konferanseni chiqarib yuborgach xalqqa shunday degan edi: 
— Mana endi, anavi xira pashshadan qutulganimizdan keyin, kelinglar, ayollar magazinini 
ochamiz! 
Shu zahotiyoq sahna sahniga eroniy gilamlar yoyildi, ikki biqinidan trubkasimon och-yashil 
chiroqlar bilan yoritilgan katta-katta toshoynalar va ular oralig‘ida vitrinalar paydo bo‘ldi, shodiyona 
hayratga kelgan tomoshabinlar va vitrinalarda Parijda tikilgan turli rang va bichikdagi ayollar 
ko‘ylaklarini ko‘rishdi. Bu ko‘ylaklar bitta vitrinaga joylashgan bo‘lsa, boshqalarida ayollarning har 
xil: pat qadalgan va patsiz, to‘qali va to‘qasiz yuzlab shlyapalari, shuningdek, qora, oq, sariq rangdagi, 
charmdan, atlasdan, mayin charmdan tikilgan, tasmali va tugmali behisob tuflilar paydo bo‘ldi. Shu 
tuflilar orasida qutichalarda chiroq shu’lasida tovlanuvchi billur atir shishachalar. Kiyik terisidan
duxoba charmdan, shohidan tikilgan tog‘-tog‘ sumkachalar, ular orasida zarb qilingan, cho‘zinchoq 
oltin g‘ilofchalarda lab bo‘yoqlari. 
Shu payt qay go‘rdandir paydo bo‘lgan, egniga anjumanbop qora libos kiygan, bo‘ynidagi g‘oyat 
alomat chandig‘i bo‘lmasa, chinakam sohibjamol ko‘rinuvchi mallasoch qiz vitrinalar oldida turib, shu 
yerning bekasi sifatida tabassum qildi. 
Fagot shiringina jilmayib, parijcha fasondagi bu ko‘ylaklaru poyabzalni firma, siz — ayollarning 
kiyilgan, eski ko‘ylaklaringiz, poyabzallaringizga ayirboshlaydi, deb e’lon qildi. Sumkachalar, atir va 
boshqa buyumlar to‘g‘risida ham shunday ayirboshlash bo‘lishini ilova qildi.. 
Shu payt mushuk orqa oyoqlarini bir-biriga urib, ayni chog‘da oldingi oyoqlari bilan eshikog‘asiga 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin