O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


IX bob. IQTISODIY O„SISH VA RIVOJLANISHNI TAHLIL QILISH



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

IX bob. IQTISODIY O„SISH VA RIVOJLANISHNI TAHLIL QILISH 
USULLARI VA MODELLARI
9.1. Bir o„lchamli va ko„p o„lchamli o„sishning qiyosiy tahlili. 
9.2. Bir o„lchamli va ko„p o„lchamli rivojlanishning qiyosiy tahlili. 
9.3. Iqtisodiy o„sish va rivojlanish tahlilining ekonometrik modellari. 
9.4. Iqtisodiy o„sish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq etish. 
9.5. Ishlab chiqarish funksiyalari asosida iqtisodiy o„sish ko„rsatkichlarini 
hisoblash. 
9.6. Iqtisodiy o„sish jarayonlarini prognozlash. 
9.7. Iqtisodiy o„sish jarayonlarini prognozlashda qo„llaniladigan usullar tasnifi. 
9.1. Bir o„lchamli va ko„p o„lchamli o„sishning qiyosiy tahlili
Ma‘lumki, pirovard mahsulot o‗zida ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdagi 
kapital qo‗yilmalarni, har xil turdagi ishlab chiqarish zaxiralarining o‗zgarishlarini, 
ijtimoiy va shaxsiy iste‘mol kabi sarf-xarajatlarni o‗zida mujassamlaydi. Shuning 
uchun ham pirovard mahsulot hajmiga asoslangan bir o‗lchamli iqtisodiy o‗sish 
tahlilida asosiy e‘tiborni pirovard mahsulotlarga taalluqli bo‗lgan milliy hisoblar 
tizimiga o‗tkazilishi zarur. Chunki, har qanday ijtimoiy foydali faoliyat unumli 
mehnat hisoblanadi va demak, uning qiymati pirovard mahsulotlar ko‗rsatkichlarida 
qayd etiladi. 
Har xil moddiy boyliklar va ko‗rsatiladigan xizmatlar mavjud narxlar pirovard 
mahsulotlar yoki milliy daromad hajmiga katta ta‘sir ko‗rsatib, iqtisodiy o‗sish 
tezligini va erishilgan darajasini belgilaydi. 
Milliy daromad yoki pirovard mahsulot hajmiga asoslangan bir o‗lchamli 
iqtisodiy o‗sish tushunchasining o‗ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu 
tushuncha o‗zida faqat mehnat sarfini ifodalagan bo‗lib, ishlab chiqarishda 
bo‗layotgan o‗zgarishlarni va talablarni qondirish darajalarni aks ettirmaydi. 
Ko‗p o‗lchamli, murakkab iqtisodiy o‗sish tushunchasining negizini insonning 
iqtisodiy faoliyati tashkil qiladi. Har qanday iqtisodiy o‗sish inson faoliyatining 


172 
natijasidir. Faqat insongina mavjud tabiiy resurslarni o‗z talablarini qondirishga 
moslab o‗zgartira olishi mumkin. Iqtisodiy o‗sish insonlar mehnati natijasidir. 
Demak, iqtisodiy o‗sishning bir yoki ko‗p o‗lchamligini uning sifat belgisi bo‗lsa, 
iqtisodiy ko‗rsatkichlar ularning miqdor ko‗rsatkichlaridir. 
Iqtisodiy holat yoki iqtisodiy faoliyatni xarakterlashda to‗plangan mehnatning 
ham sifat va ham miqdor ko‗rsatkichlaridan foydalanish uchun katta hajmdagi 
iqtisodiy ko‗rsatkichlarni to‗plash va ularni amalda qo‗llash zarur. 
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish va u bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy 
faoliyatlar shakllari umuman olganda bir o‗lchamli bo‗lib, ularni tushunish uchun 
katta miqdordagi ko‗rsatkichlardan foydalanishni talab qiladi. 
Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillaridan biri - tabiiy resurslar hisoblanadi. 
Albatta mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifati insonning iqtisodiy faoliyatiga 
ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, tabiiy resurslar insonning iqtisodiy faoliyatida passiv o‗rin 
tutadi.
Iqtisodiy o‗sish inson talablarini qondirish darajasini ikki taraflama izohlaydi. 
Birinchidan, yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar qanday talablar yuzaga 
kelishlarini belgilaydi va ulardan ozgina ilgarida bo‗lishlari lozim. Ikkinchidan, 
yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar va ularning taqsimlanish usullari, 
jamiyatning va uning har bir a‘zosining talablarining qondirilish darajalarini 
aniqlaydi. Ko‗p o‗lchamli iqtisodiy o‗sishni amalda keng qo‗llaniladigan bitta 
ko‗rsatkich - milliy boylik bilan xarakterlash mumkin. Chunki, milliy boylik 
tarkibiga tabiiy resurslar, ishchi kuchlari, ishlab chiqarish fondlari, ilm-fan va boshqa 
iqtisodiy ko‗rsatkichlar kiradi. 
Iqtisodiy o‗sishning faqat ikkitagina turini ko‗rib chiqdik. Iqtisodiy o‗sishning 
bu tushunchalarni taqqoslab iqtisodiy o‗sishning bir ko‗rsatkichlisining qanday 
kamchiliklari mavjud va ularni iqtisodiy o‗sishning ko‗p ko‗rsatkichlisi yordamida 
qanday tuzatish mumkinligini aniqlaymiz. 
Bir va ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishning qiyosiy tahlilida ularning har 
birining o‗ziga xos jihatlari ajratib olinadi, keyin ularning miqdoriy baholanish 
muammosi ko‗rib chiqiladi, oxirida kerakli statistik axborotlarni to‗plash va qayta 


173 
ishlash hal qilinadi. Bir ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda moddiy boylik kancha ko‗p 
ishlab chiqilsa, iqtisodiyot shuncha rivojlangandir degan tushuncha mavjuddir. Ko‗p 
ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda esa iqtisodiy boylik va xizmatlar hajmi shu jumladan, 
har xil shakldagi ishlab chiqarish va iste‘moldagi jamlangan mehnat miqdori ham 
belgilaydi. Umuman olganda bir ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish vaqtning ma‘lum bir 
intervalidagi iqtisodiy holatni ko‗rsatsa, ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish 
iqtisodiyotning ma‘lum bir paytdagi holatni belgilaydi. Bir ko‗rsatkichli iqtisodiy 
o‗sish iqtisodiy faoliyatning faqat ko‗rib chiqilayotgan vaqt intervalini oxirida 
erishilgan natijalarni e‘tiborga olib, ungacha erishilgan natijalarni e‘tiborga olmaydi. 
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish, aksincha avvali erishilgan iqtisodiy natijalarning 
barchasini e‘tiborga oladi va amalda qo‗llaydi. iqtisodiy o‗sishning bu ikkala turlari 
bir-biridan miqdoriy ifodalanishlari va statistik bazislari bilan ham farq qiladi. 
Yaratilgan moddiy boyliklarni bir o‗lchamga keltirish ham nazariy, ham amaliy 
jihatdan mumkin. Faqat xo‗jalik faoliyatini ayrim sohalarini yoki ayrim 
mahsulotlarning natural miqdoriy o‗zgarishini sifat jihatidan baholash murakkab 
jarayondir. Chunki, mahsulotlarning sifat o‗zgarishi uning barcha o‗ziga xos 
xususiyatlarining ham o‗zgarishiga olib keladi. Sifat o‗zgarishlarning barchasini 
(kompleksini) bir qancha sifat o‗zgarishlarni, bir yo‗la e‘tiborga oluvchi 
o‗zgaruvchilar to‗plami yordamida ko‗rsatishimiz mumkin. Ko‗p ko‗rsatkichli 
iqtisodiy o‗sishning tahlilida iqtisodiy faoliyatning ayrim yo‗nalishlarini va 
mahsulotlarining ayrim xususiyatlarini miqdoriy aniqlash qo‗shimcha murakkabliklar 
bilan bog‗liq. 
Iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari bir-biridan ham shaklan, ham 
mazmunan farq qiladi. Bu elementlarning natural ko‗rinishlari ham, ko‗rinishlari ham 
bir xil bo‗lmaydi. Har xil sifat xususiyatlarni agregirlashni ham turli sifatlarini bir 
vaqt o‗lchaydigan va baholaydigan yagona, umumiy shart mavjud bo‗lgandagina 
amalga oshirilishi mumkin. 
Bir ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish uchun bunday umumlashgan mezon baho, 
narx hisoblanadi. Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sish uchun baho kabi umumlashgan 
mezon mavjud emas. Shuning uchun ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda har xil 


174 
xususiyatlar agregirlanmaydi. Statistik axborotlar bilan ta‘minlanishda bir 
ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda imkoniyatlar ko‗proq. Chunki, aksariyat davlatlarda 
yaratilgan moddiy boyliklar va xizmatlar bo‗yicha ayrim hollarda bir necha natural 
birliklarda har xil ko‗rsatkichlarni hisobga olish, foydalarni taqsimlash va qayta 
taqsimlashlar bo‗yicha oddiy va agregirlashgan statistik ma‘lumotlar mavjud. 
Ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishda statistik ma‘lumotlar bilan ta‘minlash 
muammolari yuzaga keladi. Ayrim hollarda iqtisodiy o‗sishning elementlarini va 
qoidalarini kisman baholashgagina imkon beradigan statistik ma‘lumotlar mavjud.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin