0 ‘zingni ayon qilki, kimsan, ravon,
Ki shavqing sening bizdin oldi tavon?»
Shunda haligi jangchi boshidan niqobni oldi. Bu
o‘sha sho'xi chiniynajod o‘sha chobuki hurzod edi.
Uni shohga tortiq etgan Xoqon maqtovini keltirib:
Ki: Husn ichra xurshidi tobon erur,
Yana Zuhra yanglige xushilhon erur.
Bu gaplarni qo“ya turaylig-u, u jang maydonida
shijoatli sipoh hamdir», - degan edi.
O'shanda maqtalgan bu qizning xuddi shu sifati
Iskandarga yoqmagan edi. Uni husni behad-u po-
yon edi, lekin jangovar fazilati pinhon edi. Bugun
o‘z ko‘zi bilan ko‘rdiki: go'zal jangga kirib, dush-
manini asir etdi. Tangri qudratiga yuz ofarinki,
uning lutfi g'alabani bizga tuhfa qildi.
Dedikim:«Jamoliga yopsun niqob,
Chunki tun oqshomda ko‘rinmas oftob.
Qorong'uda turmay, иуда j o ‘nasin,
Shoh uyqusin anda xarob aylasin!»
Qiz shu zahoti sham kabi shabistonga kirdi,
go Vo sarv bo's tonga kirdi!
Shoh majlis tuzdirib, jom kotardi, keyin tutqun-
ni majlisga olib kirishni, u bilan suhbatlashmo-
qchi ekanini aytdi. Ko‘p o'tmay, qollari bogliq
devkashni majlisga olib kirishdi. Shoh buyrug'i
bilan, awalo, ko‘p taom keltirishdi, yigit toVib yeb
oldi. Keyin bir necha jom qizil may bilan mehmon
qilishdi. U bir jomni, yana birini esa mezbon ich-
di. Bu shohning lutfidan xursandlik ifodasi edi.
Yana Kayoniy shoh katta qadahlarda jom tutdi va
bu bilan devkashni rosa xursand qildi. Shoh har
bir in’om qilganda, asir har lahza bosh qoVardi.
Uni may beixtiyor qilgach, yer o‘pib, so‘z bosh
ladi: «Men vahshiymen biyobonixod, atodin ato
vahshiy-u vahshzod.
Yo‘q andoq tilimkim, sanong aytsam,
Sen etgonga loyiq duong aytsam.
Lekin pinhoni yaxshi so‘zlar dilimda yuribdiki,
deyin gar desangkim, «De oni manga».
Shoh dediki: «Наг ne kalomingni ayt, kaloming-
ni, nomingni ayt».
Davangir asir dediki: «Sendan shuncha lutf-mar-
hamat ko'rdimki, uni evazlashga ojizman. Lekin
qolimdan shugina ish keladiki, oldingda olguncha
ish qila bilaman. Endiyoningdan ayrilmayman, ziyo-
ningga ish qilmag'ayman, lekin bilki, men bu ulus
xoniman, tun-u kun ularning nigohboniman. Chu-
molilardek behisob sipohingni ko'rgach, aholimga,
fuqarolarimga qarshi zo‘r dushman kelayotganini
anglab, ularning jafosini o'zimga olib, maydonga
o‘zim kirdim. Bolib o'tgan hamma ishlaming to-
moshasini о‘zing ko‘rding.
Senga asir bolib tushganim ham mening baxtim
boldi. Menga siyosat qilichini surib oldirmading.
Yana menga shuncha inoyatlar qilib, benihoyat
yaxshiliklar qilding. Endi ijozat bersang, boray,
biror ishing chiqib qolsa, bir ishingga yaray. Meni
soginib qavm-u elim motamdadur. Bolgan so'zlar-
ni aytib, barini g4issadan ozod qilay», - deb ruxsat
so'radi. Bukilib yer o‘pdi, xuddi mast fillardek
zo‘rg‘a o'rnidan turib oldi. Shohning bu qilgan
ishiga har kim har narsa deb ajablanar, har kim
o‘z ko'nglida bir so'zni aytardi. Hikmat ahli ham
shohning bu ishidan hayron edi, chunki bu ish
haqiqatan ham ajoyib ish bolgan edi. Lekin shoh
xandon-u xushhol edi.
Bir necha
zaxaon
o ‘tgach, eshik ochilib, ul
vahshiy kirib keldi va o‘zi tutib asir qilgan pahla-
vonlarning barchasini olib kelib shohga tutdi.
Yerga yuzini qo'ydi. Shoh uning bu ishidan xur
sand bolib, yana oshkora ko‘p iltifotlar ko'rsatdi.
Asirlar qutulib, yana shoh bazmiga xos boldilar.
Shoh asirlarga qarab turib, bir mahal Boriqi Bar-
bariyga ko‘zi tushdi. Mehribon shoh ban asirlami,
jumladan, Boriqni ham quchoqladi. O'sha tun
barchalari mast boldilar.
Iskandar magtib mulkini batamom egallaganidan
so‘ng, har xil rangdagi bu nodir ellar asir hisoblan-
dilar. Shohga boysunib, qul yo cho‘ri maqomida
shoh xizmatini bajara boshladilar.
Shoh o‘zi ko'rgan chumolisimonlarni halok
qilish uchun dedi: «Otlanib xalq bevahm-u bok
tuzub charga solsunlar ul nav’ mo‘r, ki ul dasht
aro qolmasun mo‘r».
U to‘daning vahshiylari iltimos qilib dedilarki:
«Ey shahi gardunasos! Ey ulug‘ shahanshoh! Agar
ular tirik qolmasalar, biz qo'riqchilarsiz qolamiz.
Bizning uyqumiz og‘ir, oti kecha-kunduz hushyor
bolsak, yana oti kecha-kunduz uyqudamiz. Chu
uyquga borsak, ular bizga qo‘rg‘ondirlar».
Shoh bu so‘zlami eshitib, barmog'ini tishlab
qoldi. Chumolisimonlarni qirib tashlash haqidagi
farmonini bekor qildi. Yana yurib, oltin va ku-
mushdan bolgan ikki tog'ni ko'rgisi keldi. Haligi
qavm ahli duo qilib dedilar: «Bu muddao ham
esdan chiqarilsa yaxshiroq. U tegraga bormoq
mumkin emas, oson emasgina emas, balki imkon
emas. U ikki tog'ga o‘n kunchalik yolni bosib
boriladi. Sen so‘rayapsan-u, u joy bizga yaqinroq
bolsa ham, lekin ko‘rganimiz yo‘q. Biz ham uni
ко‘rib, murod topganimiz yo‘q, bizdan uluglar
ham undan yod qoldirishmagan, ya’ni ularning
ham ko'zlari tushmagan. Nedinkim, yolida xatar
ko'pdurur,
Dostları ilə paylaş: |