oliy ta’lim tizimining vazifasi hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- davlat ta’lim standartlariga muvofiq zamonaviy ta’lim-kasb dasturlari asosida
sifatli o‘qituvni ta’minlash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
- yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni, jumladan xorijiy ilmiy markazlarda,
tayyorlash;
- mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqboli, jamiyat ehtiyoji, fan,
texnika, texnologiya, iqtisod va madaniyat zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib
kadrlar tayyorlashning tashkil etilishi va usulini muntazam takomillashtirish;
- ta’limni individuallashtirish, masofadan o‘qitishning yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalari, vositalarini joriy etish;
- mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, Vatanga, oilaga va atrof muhitga muhabbat
ruhida, milliy uyg‘onish mafkurasi hamda umuminsoniy qadriyatlarni chuqur his
etish asosida oliy ta’limnnig gumanitar yo‘nalishini, yoshlar tarbiyasini ta’minlash;
- ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali uyg‘unlanuvchi usullarini
amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorida, raqobat muhitini yuzaga keltirish;
- oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish va mustaqilligini
kengaytirish.
Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
- davlatga qarashli va davlatga aloqadorsiz oliy ta’lim muassasalari, bular davlat
ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi;
- ilmiy-pedagogik muassasalar, bular oliy ta’limni rivojlantirish uchun zarur
bo‘lgan tadqiqot ishlarini olib boradi;
- ta’limni boshqaruvchi davlat idoralari, shuningdek, ular tasarrufidagi korxona,
muassasa va tashkilotlar.
121
1993 yildan respublikaning barcha oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari orqali
abiturientlar qabul etilmoqda. Talabalar oliy o‘quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim
asosida bakalavr va magistr darajalarini egallashlari mumkin.