166
minorali pechlarda eritish xususiyatiga ko‗ra tiklovchi jarayon hisoblanadi. Bunda
koksning sarfi shixta massasini 10-15 foizini tashkil qiladi.
Minorali pechni - uzunasi bo‗yicha, o‗zini fizika-kimyoviy
jarayonlari bilan
xarakterlanadigan beshta shartli zonaga bo‗linadi.
6.10-rasm. Minorali pech
Ajralgan issiqlik miqdori shixtani eritishga ham,
eritish mahsulotlarini
qizdirishga ham, bundan tashqari ruh, qo‗rg‗oshin va boshqa rangli metallarni yoki
ularni birikmalarini gaz holatiga haydashga ham etadi. Pechda kuchli tiklovchi
atmosfera
hosil qilish talab qilinmaydi, chunki shixtaning tarkibidagi mis va
boshqa metallarni ko‗p qismi erkin holida yoki qotishma holda bo‗ladi.
Shixta
tarkibidagi oksidlarning ko‗p qismi tez tiklanuvchi bo‗ladi.
Pechga solinadigan flyus,
xom ashyo, yoqilg‗ilarni umumiy massasi 20-25
tonnani tashkil qiladi. Odatda dastlab koks, flyuslar, aylanma
va mis-ruh shlaklari,
latun temir-tersaklari va qirindilari, jarayonning oxirida bimetall (qo‗sh metall) va
167
shixtani qolgan komponentlari yuklanadi. Bir tonna eritmani tayyorlash uchun 30-
50 kVt
soat elektr
energiya, 3-4 kg grafit elektrodlar sarf bo‗ladi.
Minorali pechlarda ikkilamchi xom ashyoni eritish natijasida qora mis,
shlak
va chang hosil bo‗ladi. Bu mahsulotlarni kimyoviy tarkibi 6.4-jadvalda
ko‗rsatilgan. Minorali pechda eritishda hosil bo‗lgan mahsulotlar 6.5-jadval
keltirilgan ko‗rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Pechga solingan shixtani 30-33 foizi
qora mis, 53-57 foizi shlak, 3-4 foizi dag‗al chang, 5-10
foizi mayin chang
tarkibiga o‗tadi. Eritish natijasida pechga solingan misni umumiy miqdorini 98
foizi xomaki misga ajratiladi, shlakka 1,5-2 foiz, 0,2-0,4 foiz mis changga o‗tadi.
Ruhni 45-55 foizi gaz holida haydaladi va ruh oksidi holatida ajratib olinadi. 12-15
foiz ruh qora mis tarkibida 30 foizdan ko‗prog‗i shlakka o‗tadi. Ruhni jarayonda
isrof bo‗lishi 15 foizgacha etadi. Qora mis tarkibiga o‗tgan ruhning 85 foiz
konverterlash jarayonida vazgon holida namoyon bo‗ladi. Qo‗rg‗oshinni 60-65 foiz
qora misga, qolgan qismi teng miqdorda shlak va changga o‗tadi.
Dostları ilə paylaş: