333
bulgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab - birgina
bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi.
Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy
va gibrid texnologiyalarga ajratiladi.
Xususiy bulut
(
private cloud
)
– korxonaning ichki bulutli infratuzilishi va
xizmatidir. Odatda bunday bulutli informatsion tuzilma shaxsiy yoki korporativ
tarmoq doirasida joylashgan bo’ladi. Tashkilot unga tegishli bo’lgan bulutni
mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin.
Infratuzilma buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda, yoki qisman
buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi xam mumkin.
Ommaviy bulut
(
public cloud
)
- bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash
xizmatlaridan keng xalq ommasi foydalanishi mumkin, bunda kerakli boshlangich
ma’lumotlar uni yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ
tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Bunday bulut foydalanuvchilari informatsion
bulutdagi bazaviy ma’lumotlarni boshqarish yoki unga xizmat ko‘rsatish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, informatsion xizmatlarning sifati bo’yicha barcha
mas’uliyat bulut egasiga yuklatiladi. Mijoz esa foydalanayotgan dasturiy-texnik va
informatsion resurslar uchun ulardan foydalanishiga bogliq ravishda qandaydir
miqdorda haq to‘laydi. Foydalanuvchilarga boshqa bu xildagi elektron platformali
yechimlarda erishish mumkin bo‘lmagan va katta ko‘lamli kengayuvchanlik
imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-saytdan foydalanish imkoniyatlari
tushunarli tarzda va imkon qadar qoniqarli narxlarda taklif etiladi. Bunday bulutli
platformalarda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchilarga
Dostları ilə paylaş: