121
Umumiy, mavxum belgi va xususiyatlarni yakka, yolgiz obyektlarga tadbiq
qilish konkretlashtirish deyiladi.
Bundan tashqari, mavxum tushunchalarni
konkret predmetlarga bog’lash ham konkretlashtirish bo’lib hisoblanadi.
Fanda narsa va xodisalarning tabiatini ifodalovchi
muayyan belgi asosida
qilingan fikr yuritishni
klassifikasiya
deb atash qabul qilingan.
Klassifikasiya qilishning yakuni sistemalashtirish bo’lib hisoblanadi.
Sistemalashtirishga kutubxonadagi kitoblarning joylanishi misol bo’la oladi.
Masalan, kutubxonada pedagogikaga oid adabiyotlar bir tomonda,
psixologiyaga oidlari yana bir tomonda joylashgan bo’ladi.
Sistemalashtirish
inson ishini osonlashtiradi. Natijada kishi nimani qayerdan izlashni biladi.
Turmushda har qadamda sistemalashtirishni ko’rishimiz mumkin.
Tafakkur shakllari.
Tafakkur shakllariga hukm, tushuncha va xulosa
chiqarish kiradi. Narsa va xodisalarning belgi va xususiyatlari xaqida tasdiqlab
yoki inkor qilib aytilgan fikr
hukm
deb aytiladi. Masalan,
bahorda daraxtlar
barg yozadi.
Borlikdagi narsalar, xodisalar
va voqyelikning miqdoriga, ularning biror
hukmda aks etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga
bo’linadi:
1.
Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm.
2.
Yakka, jo’z’iy va umumiy hukm.
3.
Shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm.
4.
Taxminiy hukm.
Narsa bilan belgining
aloqasi aks etgan hukm
Dostları ilə paylaş: