ga
maydonni egallagan vohaning
ma’m uriy m arkaziga aylangan. T o ‘g ‘ri burchakli burj, shinaklarga ega
boMgan m ustahkam mudofaa devoriga ega boMgan. Hozirgi paytda
mudofaa devorining bir qismi saqlanib qolgan. Mudofaa devorining
qalinligi 1,85 m etr boMib, pastki qismi guvaladan, yuqori qismi esa
paxsa va xom gMshtdan qurilgan.
Y odgorlik 1981 yilda ToshDU 0 ‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi
xodimlari tom onidan o ‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida topilgan sopol
idishlar, bronza va temirdan yasalgan mehnat va harbiy qurollar
shaharda hunarm andchilik taraqqiy etganligi aniqladi. Shuningdek.
dehqonchilik va bog‘dorchilik ham rivojlanganligini isbotladi. M il.aw .
VII-VI asrlarda N avtaka deb atalgan viloyat markazi Uzunqir boMgan.
Mil.avv. III-II asrlarda viloyat m arkazi yangi shaharga, y a’ni hozirgi
Kitob shahri o ‘miga ko‘chadi.
U zunqir 0 ‘zbekiston hududidagi ilk
shahar namunasi hisoblanadi.
Sug‘diyonaliklar sug'orma dehqonchilik va chorvachilik bilan
shug‘ullanganlar. Dehqonlar bug‘doy, аф а , javdar ekkanlar.
Qashqadaryo vohasida topilgan kulolchilik buyumlari ikki guruhga
boMinadi. 1. Kulolchilik charxida ishlangan naqshsiz idishlar-kosa,
tovoq, xumchalar. 2. Q o‘lda yasalgan va geometrik naqshlar bilan
bezatilgan idishlar. Ular asosan to g 'o ld i hududlaridan topilgan.
S an girtepa yodgorliklari Q ashqadaryo o‘rta oqimidagi S ho‘rob
daryosi bo‘yida joylashgan. Sangirtepaning umumiy maydoni 3
gektardan iborat bo‘lib, uning jan u b iy va g‘arbiy tom onlarida mudofaa
devorlari boMgan. Yodgorlikning ko‘p qismi keyingi davrlarda
dehqonchilik qilish uchun tekislanib yuborilgan. Tadqiqotlar natijasida u
erdan 6,85 metrga teng madaniy qatlam ochilib, 4 ta qurilish davri
aniqlangan. Sangirtepaning ilk shakllangan davri mil.avv.IX-VITI asrlar
hisoblanadi.
Baqtriya va Sug‘diyona iqtisodiy va madaniy hayotining shaklla-
nishida qadimgi sharq sivilizatsiyasining ta’siri kuchli boMgan. Shuning
uchun ham
bu oMkalarda so ‘nggi bronza va ilk tem ir davridanoq
qadimgi shaharlar shakllanib, ilk davlatchilik vujudga kelgan.
Qadimgi Xorazmda esa, uning tabiiy geografik sharoitidan kelib
chiqib, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik m adaniyatini
yaratadilar. Bu fanda Amirobod madaniyati deb nomlanadi. Keyinchalik
mil.avv. 1 ming yillikning oMtalarida dehqonchilik vohalarining qal’a -
shaharlari tarkib topadi (Ko‘zaliqir, QaFaliqir, Dingilji).
A m irobod m adaniyati so 'n g g i bronza davriga, mil.avv. X -V III
asrlarga oid yodgorlik boMib, u 1940 yilda Am udaryoning quyi
xavzasidagi Amirobod kanali havzasidan topilgan. 1950 yillarga kelib,
Amirobod madaniyatiga doir bir necha yodgorliklar topildi. Ularning
orasida eng yaxshi saqlangan va boy arxeologik tnateriallar bergan
yodgorlik Yakka -Parson 2 makoni hisoblanadi. Makonni qazish vaqtida
20 yaqin ertoMa tipidagi kulbalar topildi. Kulbalar maydoni va atrofidan
g ‘alla o ‘ralari, omborlar, o'choq, gulxan qoldiqlari, sopol parchalari,
tosh yorg‘uchoqlar, bronzadan ishlangan birtigMi pichoqlar, o'roq , bigiz
va ko‘plab hayvon suyaklari topildi. Har bir kulbaning o ‘rtasida o'ch oq
bor. Ular bir juft oilaga tegishli ekanligidan dalolat beradi.
Sopol idishlari charxsiz, qoMda yasalgan. Ularning shakli, turlari
kamchilikni tashkil etadi. Xurmacha, kosa, bankasimon idish va sopol
qozonlardan iborat boMgan. Idish sirti qizgMsh qoramtir rangda
pardozlangan, yuqori qismi esa geometrik naqshlar bilan bezatilgan.
A m irobod madaniyati ichida bronzadan ishlangan quloqli ignalar, ikki
parrakli bronza paykonlari va bronza mehnat qurollari yasaydigan tosh
qoliplar, tosh yorg‘uchoq, bronzadan ishlangan o ‘roqlar ko‘plab
uchraydi.
A m irobod yodgorliklari atrofida shu davrlarga oid irrigatsiya izlari va
qadim gi ekinzor maydonlari ham ko'plab uchraydi.
Bu esa ularning
hayotida chorvachilik bilan birga qoMtiq dehqonchiligi rivojlanganligini
ko'rsatadi.
S o'n ggi bronza va ilk tem ir davrida Choch (qadimgi Toshkent
vohasi) o ‘ziga xos rivojlanish yoMidan bordi. Bu erlarda dehqonchilik
kichik-kichik soy etaklarida yoki buloq suv yoqalarida vujudga kelib,
ibtidoiy usul asosida olib borilgan. Zaminning tabiiy geografik
sharoitidan kelib chiqib, sug‘orm a dehqonchilik xo'jaligi rivojlangan.
Chirchiq, Ohangaron va ularning irmoqlari Toshkent vohasining eng
qadim gi dehqonchilik m arkazlariga aylangan. Masalan, Ohangaron
daryosining o ‘rta oqimida joylashgan Burg'uluksoy havzasida ilk
dehqonchilik madaniyati tarkib topgan. Uni birinchi bor 1940 yilda
A .I.T erenojkin aniqladi va unga Burg‘uluk madaniyati nomini berdi, u
burganlisoy madaniyati nomi bilan ham ataladi.
B u rg ‘u lu k m adaniyati ikki bosqichda rivojlangan: 1 bosqich mil
avv. IX -V II asrlarga oid boMib, bunda aholi yarim ertoMa, chaylalarda
yashab dehqonchilik qilganlar. 2 bosqich m il.aw .
V I-IV asrlarga
tegishli boMib, bunda aholining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida
tub o ‘zgarishlar sodir boMadi. Endilikda aholi guvala va xom gMshtdan
kulbalar qurganlar, ular oval, aylana, to‘g ‘ri to‘rt burchak va kvadrat
shaklida boMib, ularning o ‘rtacha maydoni 12-15 kv.m. boMgan.
K ulbalar asosan bir xonali boMib, 2 xonali kulbalar kam uchraydi.
Q ishloqlam ing atrofini m udofaa devorlari bilan o ‘rab olganlar va
dehqonchilikda sun’iy sug‘orishdan foydalanganlar.
Keyingi davrlarda X .Duke va M.Filonovichlar tomonidan olib
borilgan tadqiqotlar natijasida uning davrlari aniqlandi. 1972 yilda
X .D uke Tuyabo‘gMz suv om borining qurilishi munosabati bilan
O hangaron daryosining chap sohilida taqiqot ishlari olib bordi va shu
m adaniyatga tegishli 14 ta qishloq va 60ga yaqin yarim ertoMa va chayla
tipidagi kulbalarning qoldiqlarini topib o‘rgandi. Olimning tadqiqotlari
natijasida B urg‘uluk m adaniyatining birinchi bosqichini aniqlandi.
M azkur madaniyatning ikkinchi bosqichi esa, 1978-1982 yillarda
Shoshtepada olib borilgan keng stratigrafik qazishmalar natijasida
M.Filonovich tomonidan aniqlandi. 1981 yilda shu madaniyatga tegishli
bir qabr Shoshtepadan topildi. U nda marxum oyoq-qoMlari buklagan
holda chap yoni bilan boshi shim olga qaratib yotqizilgan. M ozordan
bitta sopol idish chiqqan. Skelet ustida bir qator xom g‘ishtlar q o ‘yilgan.
Burg‘uluk madaniyati qishloqlarini qazish vaqtida behisob sopol
parchalari, qumtoshdan yasalgan o ‘roqsimon pichoqlar, bronzadan
yasalgan o‘roq va pichoqlar, bigiz, oyna, ignalar topilgan. Tosh qurollari
nihoyatda ko‘plab topilgan, ular orasida yorg'uchoqlar, tosh o ‘g ‘ir va
o ‘g‘ii; soplar ko‘plab uchraydi.
Sopol idishlar ko‘pol va m o‘rt boMgan, chunki ular qoMda yasalib,
ochiq gulxanlarda pishirilgan. Ularning turi ko‘p boMmagan. U lar osti
yassi qilib ishlangan kosalar, tuvakcha va xurmachalardan, quloqli sopol
qozonlardan iborat boMgan. Sopol idishlaming sirtiga och qizil angob
berilib, so‘ng pardozlangan. Uning ustidan idishlaming gardishi b o ‘ylab
och qora yoki och qizil rangda oddiy chiziqlardan iborat gullar solingan.
Burg‘uluq 2 bosqichida qadim gi Toshkent vohasi dehqon jam oalari
olovga e ’tiqod qilishgan. B urg‘uluk madaniyati Toshkent vohasining
eng qadimgi dehqon jam oalarining madaniyati boMib, ana shu
madaniyat asosida keyingi asrlarda Toshkent vohasida urbanizatsiya
jarayoni rivojlandi. Sirdaryoning o ‘rta xavzasida so‘nggi bronza va ilk
tem ir davrida burg‘uluk madaniyati shakllanib, uning asosida antik
davrga kelib qadimgi Choch dehqonchilik vohasi vujudga keldi.
C h u st m adaniyati qadimgi Farg‘onadagi ilk dehqonchilik m ada
niyati yodgorligi hisoblanadi. Bu madaniyatni yaratgan aholi dastlab
chorvachilik bilan shug‘ullangan, keyinchalik esa o ‘troq hayot tarziga
o ‘tishgan. Ularning ilk qishlogM 1951 yilda M.E.Voronec tom onidan
Chust shahri yaqinidagi B uvanam ozor
deb atalgan buloq yonidan
topilgan. Arxeologlar bu yodgorlikka shartli ravishda C hust madaniyati
nomini berganlar, chunki u yodgorlikka yaqin yirik aholi punki Chust
shahri boMgan.
Chust madaniyati so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid boMib, u
m il.aw . II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi choragida
shakllangan. Olimlar olib borilgan tadqiqotlar natijasida uning rivoj-
lanish davrini 2 davrga boMib ko'rsatadilar.
1. So‘nggi bronza davri boMib, m il.aw . II ming yillikning oxiri va
I ming yillikning birinchi choragidan to m il.aw . VIII asrgacha davom
qilgan.
2. Ilk tem ir davri bo‘lib, m il.avv. VIII—VII asrlami o ‘z ichiga oladi.
B ugungi kungacha F arg‘ona vodiysidan Chust madaniyatga oid 80
dan ortiq yodgorlik topilgan. Shuningdek, uning izlari Namangan,
A ndijon, Samarqand va Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan.
H ozirgacha ularning lOdan ortiq yodgorliklarida arxeologik qazishmalar
o ‘tkazilgan.
C hust madaniyatiga oid yodgorliklar tog* oldi soy etaklarida,
ularning o ‘rta oqimida, vohaning tekis tumanlarida uchraydi. Qoradaryo
havzasi va uning irmoqlari bo'ylab esa, Chust madaniyatiga oid
qishloqlar uchraydi.
C hustda M.E.Voronecdan keyin V.I.Sprishevskiy, B.Matboboev,
Y u.A .Zadneprovskiylar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Qazishmalar
D alvarzintepa, Qoraqo‘rg ‘on, T o‘raqo‘rg‘on, Tergovchi, Yaztepa,
G o‘rm iron, G ‘ayrattepa, Chimboy, Ashkaltepa kabi yodgorliklarda olib
borildi. Ularda madaniy qatlam 1,5— 3 metrgacha qalinlikda saqlanib
qolgan, bu ham chust m adaniyati axolisining o‘troq hayot kechirgan-
ligidan dalolat beradi.
C hust madaniyatining ikkinchi davrida ilk shaharlar vujudga kela
boshlagan. So‘nggi bronza davri shakllangan yirik qishloqlarida
m udofaa devorlari barpo etiladi. Shaharlar ikki qismdan iborat bo‘lib,
ark va shaxriston ham m udoffa devori bilan o‘ralgan. M udofaa devori
qoldiqlari Chust qishlog‘ida va Ashkaltepadan topilgan. Chustda xom
g ‘ishtdan ishlangan devom ing qalinligi 3 metr, uning balandligi 3,5
m etrga teng.
C hust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi
qatlam idan doira shaklida qurilgan ko‘plab o'ralar topilgan. Masalan.
C hust m akonida 60 ta, C him boyda esa 16ta shunday o 'ralar ochilgan.
Bu o ‘ralarning qanday m aqsadda qurilganligi to‘g‘risida har xil fikrlar
m avjud. B a’zilari kulba desa, b a’zilari uni g‘alla o ‘ralari deb talqin
qiladi. Akademik A.Asqarov ham uni g‘alla o ‘rasi deb hisoblab,
ularning maydoni kulba uchun ju d a noqulay ekanligini ta’kidlaydi.
C hust madaniyati
oid
qabriston hali topilgani y o ‘q.
Lekin
m akonlardagi uylarni qazish vaqtida bir necha tartibsiz qo‘milgan
m ozorlar topilgan. Ularda odam lar yoni bilan g ‘ujanak holatida
q o ‘yilgan. Mozorlarda sklet atrofida sopol buyumlar yoki taqinchoqlar
uchram aydi. Faqat Chust m akonida bir mozordagina skelet bosh suyagi
yonidan bitta gulli sopol kosa topilgan. Ba’zi yodgorliklarda yosh
bolalar sopol idishlarga solib k o ‘milgan. Lekin chust madaniyati
yodgorliklarida dafn marosimi bilan bogMiq boMgan aniq bir tartib
kuzatilmaydi. Chunki ba’zi hollarda odam suyaklari xo'jalik o 'ra la rid a
va ko‘p xollarda esa, bir chuqurchada o ‘ntalab odam boshi suyaklari
topilgan. Bu masala hozirgacha o ‘z echim ini topgan emas.
Chust madaniyatida metall hunarmandchilikgi yaxshi rivojlangan.
Masalan, Chust makonidan 80dan ortiq, Dalvarzintepadan 60dan o rtiq
metall predmetlar topilgan. Shuningdek, u erlardan tosh qoliplar ham
topilgan bo‘lib, ularda oyna, o‘roq, pichoq va bigizlar quyilgan. C h u st
madaniyati yodgorliklarining yuqori qatlam idan bronza buyumlar bilan
birga temirdan ishlangan pichoq ham topilgan. Yodgorliklarda te m ir
shlaklari ko‘plab uchraydi.
Chust madaniyati yodgorliklarida tosh va suyakdan yasalgan m eh n at
qurollari topilgan. Masalan, D alvarzintepadan 1500 ga yaqin tosh
quroliari topilgan. Ular orasida qum -toshdan yasalgan o ‘roqsim on
pichoqlar alohida diqqatga sazovordir. Ularning 400ga yaqini topilgan.
Suyakdan taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ishlangan.
Urchuq toshlari, moki va suyak taroqlam ing topilishi aholining
to‘qimachilik bilan ham shug‘ullanganligidan darak beradi. Suyakdan
yasalgan buyumlar orasida qo‘y va echki oshiqlari nihoyatda k o ‘p.
Ularga tegishli chuqurchalar yasab, chuqurchalarga bronza quyilgan.
Oshiqlam ing deyarli ko‘pchiligi juda silliq, ustki qismi to‘q qizil tusd a
va ularga pardoz berilganligini tufayli tovlanib turibdi. Tadqiqotchilar
fikricha, bular bilan chust aholisi qim or o ‘yinini o ‘ynagan.
Chust aholisi kulolchilik idishlarini qo‘lda yasaganlar, ular hali
charxni bilishmagan. Ularning xo'jaliginin g asosini sun’iy sug‘orish g a
asoslangan dehqonchilik tashkil qilgan. Dehqonlar bug'doy, tariq, arpa
ekkanlar. Ikkinchi o'rinda xonaki chorvachilik turgan. Xo‘jalik d a ot,
qoramol boqqanlar. Dehqonlar g ‘allalarini o ‘ralarda saqlaganlar. H ar bir
o'rada 200 kgdan to 2 tonnagacha g ‘alla saqlash mumkin boMgan. E m i
haydashda va ekinlami yanchishda hayvon kuchidan foydalanishgan.
Bu haqda QirgMziston hududida joylashgan Soymalitosh qoya toshlari
darak beradi. Uning suratlari Chust madaniyatiga oid bo‘lib, unda
qo‘shga qo'shilgan ho‘qizlaming tasviri bor.
Chust madaniyatiga oid sopol parchalari Samarqand hududida
joylashgan Afrosiyob yodgorligining quyi qatlamidan, janubiy S u g ‘di-
yonaning bosh shahri boMgan Erqo‘rg ‘on shahri harobasining pastki
qatlamidan, Shahrisabz hududida joylashgan ilk o‘rta asrlar davriga oid
boMgan T o‘rtkultepa yodgorligining quyi qatlamidan va qadim gi
Baqtriya hududidagi Kuchuktepa, B o'yrachi, Qizilcha, M aydatepa kabi
yodgorliklardan topilgan. Lekin Chust madaniyati qadimgi B aqtriyada
keng rivojlana olmadi, chunki bu erda sharq civilizaciyasi ta’sirida
rivojlangan dehqonchilik madaniyati ulami o ‘ziga singdirib yubordi.
Shuningdek, bu erdagi C hust madaniyati izlari Farg‘ona va Sug‘diyo-
nadagi madaniyatdan tubdan farq qilar edi. Bu erdagilar kulbalarda
iste’kom at qilib, kulolchilik charxini o‘zlashtirgan.
Chust madaniyati m il.a w . II ming yillikning oxiri va I ming
yillikning birinchi choragida Farg'ona vodiysida qadimgi dehqonchilik
madaniyati tarkib topganligini ko‘rsatadi. Bu madaniyat aholisi 0 ‘rta
Osiyoning tub erli axolisi boMib, ular jismoniy tuzilishi va antropologik
tip jihatdan Evropa tipiga m ansub boMgan.
Chust madaniyatidan s o ‘ng qadimgi Farg‘onada ularning vorislari
sifatida Elatan madaniyati shakllandi.
E la ta n m ad an iy a ti ilk tem ir davriga oid boMib, u m il.aw .V II-V
asrlarga oiddir. Elatan madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‘ona
vodiysining deyarli barcha hududlaridan topilgan. Ulardan Elatan
m anzilgohida keng koMamli qazish ishlari olib borilgan. Bu manzilgoh
uchburchak shaklda boMib, mudofaa devori bilan o‘ralgan (eni 4m).
M udofaa devorlarining bir necha joyida va darvoza burchagida burjlar
aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom g'isht va guvaladan foydalanganlar.
Dehqonchilikda asosan b u g ‘doy, arpa, sholi ekishgan. Chorvachilik ham
taraqqiy qilgan boMib, asosan m ayda tuyoqli chorva mollari boqilgan.
Sopol idishlar qoMda v a kulolchilik charxida ishlangan. Bu davrdan
tem irdan buyumlar yasash keng tarqala boshlagan. T o‘qimachilik ham
rivojlangan.
Qadimgi
shaharlar
tarkib
topishi,
albatta,
aholining
o ‘troq
dehqonchilik madaniyati bilan bogMiq boMib, dehqonchilik vohalarining
markazlari sifatida shaharlar qad ko‘targan.
M av zu n i m ustahkam lovchi savollar:
1. Nim a sababdan tem irni ilohiylashtirganlar?
2. X o‘jalikda temir buyum larining asosiy o ‘rin egallashi sabablarini
aniqlang?
3. Ikkinchi mehnat taqsim oti jam iyatda qanday o‘zgarishlarga olib
keldi?
4. So'nggi bronza davri yodgorliklarini sanang?
5. Kuchuktepa yodgorligi necha bosqichda rivojlangan?
6. Sangirtepa yodgorligi qaerda joylangan?
7. Amirobod aholisi nim a bilan shug'ullangan?
8. B urg‘uluk m adaniyatini kim lar o‘rgangan?
9. Chust madaniyati izlari qaerlardan topilgan?
10.
Elatan madaniyati qaysi madaniyat asosida shakllangan?
Dostları ilə paylaş: |