Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


- bob. Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qo‘llanilishi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/36
tarix20.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#166009
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
O

4-
bob. Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qo‘llanilishi 


18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan shaxslarni ushlab turish 
asoslari va tartibi 
Ichki ishlar organlari: 
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda; 
o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarni; 
qidiruvdagi shaxslarni; 
o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov kelib tushgan shaxslarni; 
ma’muriy qamoq jazosini o‘tashdan, ma’muriy tarzda chiqarib yuborilishdan 
bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek o‘ziga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda; 
jinoiy jazoni o‘tashdan, shuningdek o‘ziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 
tibbiy va boshqa yo‘sindagi majburlov choralarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan 
shaxslarni; 
aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash 
joyiga ega bo‘lmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan 
joylashtirgan holda; 
favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni; 
um
umiy harbiy majburiyatni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni; 
qo‘riqlanadigan obyektlarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan 
shaxslarni; 
o‘zini o‘zi o‘ldirishga uringan yoxud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi 
belgilariga eg
a bo‘lgan hamda o‘z harakatlari bilan o‘zi va atrofdagilar uchun xavf 
tug‘dirayotgan shaxslarni ushlab turish huquqiga ega. 
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ularning shaxsi 
hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat 
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi. 
Ushlab turilgan shaxsga telefon orqali so‘zlashish yoki advokatiga yoxud yaqin 
qarindoshiga o‘zining ushlab turilganligi va turgan joyi haqida xabar berish, ushlab 
turilgan paytidan e’tiboran himoyachiga (advokatga) ega bo‘lish huquqi, shuningdek 
qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonidagi ashyolar va hujjatlar, shuningdek 
ularning transport vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilishi 
mumkin. 
(18-
moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgan har bir holat 
to‘g‘risida uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy vakillariga darhol xabar 
beradi. 
Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ushlab turilganligi to‘g‘risida u harbiy 
xizmatni o‘tayotgan harbiy qism qo‘mondonligiga xabar beradi. 
Ichki ishlar organlari chet el fuqarosi ushlab turilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin