Q oraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda 0 ‘zbe-
kiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi” (Konstitutsiyaning
21-moddasi).
Shu moddada fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari
hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, deb ko'rsatilgan. Shunga
asosan, 0 ‘zbekistonda fuqarolik masalalari “O'zbekiston Respub
likasining “ fuqaroligi to ‘g ‘risida”g i l 1992-yil 2-iyul Qonuni bilan
tartibga solinadi. Q o n u n n in g 1-moddasida
fuqarolikning huquqiy
tushunchasi berilgan bo'lib, unga asosan, - O'zbekiston Respub
likasining Fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huqu-
qiy aloqasini belgilaydi, bu aloqalar uiarning o'zaro huquqlari va
burchlarida ifodalanadi. Demak, fuqarolik shaxsning davlatga
huquqiy mansubligi va uning natijasida fuqaro - shaxs bilan
davlat o'rtasida m a ’lum munosabat, o'zaro huquq va burchlar v u
judga keladi.
O 'zbekistonda yakka fuqarolik o'rnatilgan, yakka fuqarolik
ning siyosiy aham iyati ham katta. Fuqarolik
shaxs bilan davlat
o'rtasida siyosiy m unosabatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik nati
jasida shaxs m a ’lum huquq va erkinliklarga ega bo'libgina qolmay,
ma’lum burchlarga ham ega bo'ladi. Natijada shaxsning davlat
oldidagi m a s ’uliyati oshadi.
M a ’lum m am lakatlarda yashovchi hamma kishilar, albatta,
fuqaro deb qaralmasligi kerak, mamlakatda yashovchilar aholi
bo'lishi mumkin. Aholi tarkibiga fuqaroligi bo'lmagan shaxslar
hamda chet el fuqarolari ham kiradi. Uiarning huquqiy holatida
sezilarli tafovutlar mavjud. Shaxsning ma’lum davlatda yashashining
o'zigina uni fuqaro
deb hisoblashga asos bo lmaydi, shaxs fuqaro
bo'lishi uchun shaxs bilan davlat o'rtasida alohida munosabatlar
mavjud bo'lishi kerak. Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabat-
larining alohida tartibda amalga oshishini taminlaydi. Umumiy
asosda davlat qonun yo'li bilan kim shu davlatning fuqarosi hisob-
lanishini, fuqarolikka ega bo'lish, uni yoqotish asoslari va tartibini
belgilab qo'yadi. H ar bir shaxsning fuqaroligi alohida hujjatlar bi
lan rasmiylashtiriladi. O'zbekistonda bunday hujjat shaxslarning
1 O'zbekiston Respublikasi Oliy
Kengasliining Axborotnomasi, 1992-yil, 9-son, 338-modda.
10
1
www.ziyouz.com kutubxonasi
pasportidir. Fuqarolik sh ax s bilan d av latn in g barqaror munosabat-
larini v ujudga keltiradi.
Fuqaro va davlat m u nosabatlarini belgilashda xalqaro huquq
norm alari ham e ’tirof etiladi. O 'zbekistonda fuqarolikni quyidagi-
cha xarak terlash m um kin.
0 ‘zbekistonda yakka fuqarolik e ’tirof etilgan. Konstitutsiya va
q onunda bu m u s ta h k a m la n g a n . O 'zbekiston fuqarolari O'zbekiston
fuqaroligidan ch iq m asdan turib boshqa m a m la k a tla rn in g fuqaro-
ligini qabul qilishi m u m k in em as va aksincha.
O 'z bekistonda fuqarolik tenglikka aso slan g an , y a’ni fuqarolik-
ka eg a bo'lish qanday asoslarda bo'lm asin (tug'ilish bilan bo'ladimi,
keyinchalik fuqarolikka o 'tg an m i) ular h a m m a sohada tengdir.
O'zbekistonda fuqarolikka ega bo'lish
ochiq va erkinlikka asos-
lanadi. Ya’ni, O'zbekiston fuqaroligiga ega bo'lish uchun ortiqcha
cheklovlar o'rnatilmagan. Fuqarolik to'g'risidagi qonun, mamlakatda
yashovchi fuqaroligi bo'lm agan shax slarn in g borgan sari kamayi-
shini nazarda tutadi, ya’ni O'zbekiston hududida yashovchi fuqaroli
gi bo'lm agan shaxslardan tug'ilgan bola O'zbekiston fuqarosi hisob
lanadi. Fuqarolikning ochiqligi, erkinli, har qanday O'zbekiston
Fuqarosi o'z xohishi bilan O'zbekiston fuqaroligidan voz kechishi
mumkinligi qonunlarda m ustah k am lan g an .
Hech kim o'z qarashlariga ko'ra fuqarolikdan majburiy ra-
vishda chiqarilishi m u m k in em aslig inin g o'rgatilishi
fuqarolikning
m uhim prinsiplaridan biridir. Fuqarolikdan qarashlari, fikrlashlari-
ga qarab m ajburiy chiqarish Sovet tu z u m id a tez-tez qo'llaniladigan
hodisa edi. Bu xalqaro hujjatlarga mutlaqo ziddir. Chunki, ularda
fuqarolikdan majburiy chiqarish ko‘zda tu tilm ag an .
O 'zbekiston fuqarolari m a m lakat tashqarisida yashayotgan
vaqtlarda u la rn in g manfaatlari davlat tom onidan himoya qilinadi.
Chet m am lak atlard a ham ular davlat homiyligida bo'ladi.
O'zbekiston fuqarolari kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvo-
li, irqi va millati, siyosiy va boshqa e’tiqodlari, m a s h g ‘ulotlarining
turi va sohasi ham da boshqa holatlardan q a t’i nazar,
qonun oldida
tengdir.
Konstitutsiyaga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqa
rosi ayni vaqtda O'zbekiston fuqarosi hisoblanadi. U lar O'zbekiston
fuqaroligini olish uchun hech qanday h arak a t sodir etmaydi.
132
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bulardan kelib chiqib, O 'zbekistonda fuqarolik quyidagi prin-
siplarga tayanadi, deyish mumkin:
- yagona fuqarolik, y a’ni ikki va ko‘p fuqarolik tan olinmaydi;
- fuqarolikda tenglik prinsipi mavjud;
- fuqarolikka ega bo'lish, fuqarolikdan chiqish ixtiyoriylikka
asoslanadi;
- fuqarolikdan majburiy chiqarishga yo'l qo'yilmaydi;
- 0 ‘zbekiston
fuqarolari huquqlari, erkinliklari, manfaati mam-
lakat tashqarisida ham davlat tomonidan himoya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: