111
Tarmoq sathi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP-
tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX-
tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.
Transport sathi (Transport layer)
–
bu sath ilovalarga yoki
stekning yuqori sathlariga ma‟lumotlarni kerakli darajada ishonchlilik
bilan uzatishni ta‟minlab beradi. Transport sathi tomonidan xizmat
ko„rsatishning besh xil sinfi mavjud:
1.Tezkorlik.
2.Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
3.Bir-nechta har-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli
orqali bog„lab, ularni ishlashini ta‟minlab berish vositalari. Bu xuddi
temir yo„l transportida har-xil yuklar ortilgan vagonlarni bir poezdga
birlashtirib manzilga etkazib berishga o„xshaydi.
4.Ma‟lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni
ta‟minlash.
5.Ma‟lumotlarni uzatishda yuzaga keladigan holatlar – ma‟lumotlarni
yo„l davomida o„chib ketishi, yo„qolib qolishi va bir xil paketlarni bir
necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta‟minlash.
Transport sathi va undan yuqorida joylashgan sathlar protokollari
kompyuterlarning (stansiyalar, serverlar va bog„lamlarning) dasturiy
vositalari, ya‟ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi dasturlar tomonidan
amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP
stekining TCP va UDP, hamda Novell stekining SPX protokolini
keltirish mumkin.
Seanslar sathi (Sesions layer)
–
bu sath dialogni boshqarishni
ta‟minlaydi, tomonlardan qaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab
borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish
(sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
Taqdimlash
sathi
(Presentation
layer)
Dostları ilə paylaş: