hodisa va voqealarga diqqat bilan qarash, hayotda to ‘g‘ri yo‘l
tanlash. Ushbu prinsiplarga asoslangan e’tiqod, buddizm ta ’limotiga
k o ‘ra, m ustahkam e ’tiqod b o ‘ladi. 0 ‘z navbatida, bunday
e’tiqodga asoslangan inson faoliyati samarali, xayrli ishlarga
qaratiladi.
Qadimgi H ind falsafasining noortodoksal oqimiga mansub
diniy-falsafiy m aktablardan biri lokayatada ham inson borlig‘i,
moddiylik bilan m a’naviylik orasidagi o'zaro aloqadorlik m uam -
molari haqida ajoyib fikr-m ulohazalar bayon qilingan. Lokayata
maktabiga eramizdan awalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida yasha
gan Brixaspati asos solgan1. Ushbu maktab ijodkorlarining fikriga
ko ‘ra, olamning asosini to ‘rt element: suv, havo, yer va olov
tashkil etadi. O lz navbatida, xuddi shu elem entlar inson tana-
sida ham mavjud bo'ladi. Olam ham, odam ham o ‘sha element-
lam ing kombinatsiyasidan iborat bo‘lib, ilohiy qudrat tom oni-
dan yaratilmagan. Xudo haqidagi gap-so‘zlar shunchaki bir
afsonadir. Xudo, ruh, jam iyat, u dunyoda hayotning mavjudli-
giga ishonish — bu yolg'onchilikdir. H ar qanday organizm
o 'lg an d an so ‘ng yana o ‘z substansiyasiga qaytadi, deyish
bem a’nilikdir. Insonning ongi nom oddiy narsa b o ‘lib, sezish
orqali hosil bo'ladi. Shaxs inson tanasidan tashqarida bo'lishi
mumkin emas, degan fikrlarni bayon qiladilar.
Lokayata ta ’limoti chorvaka maktabi muxlislari tom onidan
har tom onlam a rivojlantirildi. Chorvaka ta ’lim otining asosiy
qoidalari eramizdan aw algi IV—III asrlarda yashagan Kautilya
traktatlarida bayon qilingan. Chorvaka maktabi ijodkorlarining
fikriga ko'ra, inson u dunyoda emas, balki bu dunyoda, yer
yuzida ro‘y beradigan hodisa va voqealarga qarab m o‘ljal olishi
zarur. Inson tanasi huzur-halovat va azob-uqubatlar bilan bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun ham inson kundalik amaliy faoliyatida
huzur-halovat (kama) va foyda olish (artxa) prinsiplariga amal
qilmog‘i darkor. H uzur-halovat, shubhasiz, insonning kundalik
amaliy faoliyati bilan bog'liq. Qilgan m ehnatidan huzur-halovat
olish, undan qoniqish hosil qilish — insonning eng oliy
maqsadidir. Boylik va ezgulik esa unga erishish vositasidir. Yu-
qoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, chorvaka m akta
bining muxlislari hayotdan qoniqish tuyg‘usini insonning eng
m uhim xususiyati, deb qaraydilar. U lam ing fikriga ko‘ra, inson
Dostları ilə paylaş: