joylashgan, Janubiy Italiyaning Eley shahri nom i bilan ataluv-
chi «Eley falsafa maktabi» (yoki «Eleat falsafa maktabi») nam o
yandalari Ksenofon, Parm enid,
Zenonlar ham munosib hissa
qo‘shdilar.
Eley falsafa m aktabining asoschilaridan biri, shoir Kseno
fon Kolofoniy (taxm inan eram izdan aw algi 565—470-y.) olam
va odamning paydo bo'lishi, rivojlanishi to ‘g‘risidagi G om er
va Gesiodning mifologik, diniy
qarashlarini tanqid qilib, xu-
dolar odamlarni faqat o‘zlariga o ‘xshatib yaratdilar, degan fikrni
bayon qilgan b o ‘lsa, Parm enid (taxm inan eram izdan avalgi
540—470-y.) inson olam ni bilishga
qodir ekanligi haqida
to ‘xtalib, insonning his-tuyg‘ulari olam to ‘g‘risida aniq m a’lumot
bera olmaydi, degan g'oyani olg‘a suradi. U his-tuyg‘ular orqali
olingan bilimlarga ishonmaydi va katta e’tiborni aqlning roliga
qaratadi. Parmenidning shogirdlaridan biri eleylik Zenon ham
(taxminan eramizdan awalgi 460-yilda tug‘ilgan) bilishda aql
ning roliga asosiy e ’tiborni qaratadi.
Shunday qilib, Eley falsafa
maktabining namoyandalari olamni bilishda hissiylik va aqliylik
orasidagi o ‘zaro aloqadorlikni tan olmadilar.
Eley falsafa maktabi ta ’sirida shakllangan sofistlarning (Pro-
tagor, Gorgiy va boshqalar) falsafly qarashlarida ham odam
bilan olam, ayniqsa, inson va uning
ongi orasidagi aloqadorlik
muammolariga bag‘ishlangan fikr-m ulohazalar asosiy o ‘rinni
egalladi1.
Sofistlarning (donishmandlik o ‘qituvchilari) tushuntirishlaricha,
inson o ‘zini o ‘rab turgan olamdagi jamiki hodisalarga, vo
qealarga tanqidiy nigoh bilan boqm og‘i, olam to ‘g‘risidagi fikr-
mulohazalarini takror-takror tekshirib turmog‘i darkor.
Boshqacha
aytganda, tanqidsiz, yuzaki qabul qilingan tasdiq, har qanday
e ’tiqod, har qanday ishonch mustahkamligini
vaqti-vaqti bilan
tekshirib turm oq zarur. Sofistlar inson ongida asossiz, yuzaki
shakllangan tasawurlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar.
Faqat chinakamiga isbotlangan, har tom onlam a
asoslangan dalil-
lar zaminida shakllangan onggina yashashga haqli bo‘lishini qayta-
qayta ta ’kidlaydilar.
Sofistlarning inson to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalarining m ohi-
yatini ilg‘ab olish uchun quyidagi uch holatni: birinchidan,
Dostları ilə paylaş: