3. QADIMGI YUNON FAYLASUFLARINING
INSON TO‘G‘RISIDAGI QARASHLARI
Qadimgi zamon Yevropa mamlakatining beshigi hisoblangan
Yunon faylasuflarining inson to ‘g‘risidagi qarashlarining shakl
lanishida Eron va Turon xalqlari orasida keng yoyilgan zardush
tiylik diniy falsafiy ta ’limotining ta ’siri sezilarli bo‘ldi.
Bunday holatni Qadimgi Yunonistonning Milet shahri nomi
bilan atalgan «Milet falsafa maktabi» (eramizdan awalgi VI
asr) namOyandalari Fales, Anaksimandr va Anaksimenlaming
inson to ‘g‘risidagi qarashlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Milet markaziy Yunonistonning savdo-sotiq, hunarm andchi-
lik rivojlangan yirik shaharlaridan biri edi. Miletda Eron, Turon
va Yunon xalqlari m a’naviy madaniyatlarining yaqinlashuv jara-
yoni sodir bo‘ldi. Shu tufayli zardushtiylik ta ’limotidagi olam va
odam to ‘g‘risidagi ilg‘or fikr-mulohazalar miletlik faylasuflar
tom onidan katta chanqoqlik bilan o ‘zlashtirildi.
Milet faylasuflari orasida Fales (taxminan eramizdan awalgi
624—547-y.) birinchilardan bo ‘lib, insoniyat tarixida insonning
o ‘zi «o‘zligini anglashi», inson faoliyatida «har narsa m e’yorida
bo‘lishi kerak», olamda, odamda bo‘ladigan o ‘zgarishlarni inson
o ‘zining fahm-farosati, aql-zakovati yordamida bilib olishi m um
kin, olamda biz bila olmaydigan xudolar yoki ruhlarga o ‘rin
yo‘qligi‘ haqidagi g‘oyalarni olg‘a surgan bo‘lsa, uning shogirdi
Anaksimandr (eramizdan avalgi 610—547—46~y.) odam suvda
yashovchi jonivorlardan kelib chiqqan, deb taxm in qildi. Xul-
las, f Milet falsafa maktabining namoyandalari odamning paydo
b o ‘lishi va rivojlanishi o ‘zgarib turuvchi jarayon ekanligi
to ‘g‘risidagi fikrlarni bayon qildilar^ Odamning boshqa jinsdagi
tirik m avjudotlardan paydo b o ‘lganligini isbotlashga urinib
ko‘rdilar.
Zardushtiylik ta ’limotining qadimgi yunon falsafasiga ta ’sirini
(eramizdan aw algi 544—483-yillarda yashab, ijod etgan) efeslik
faylasuf Geraklitning qarashlarida ham ko‘rish mumkin. Uning
tushuntirishicha, inson faoliyati donishm andlik degan ilohiy
qudrat tom onidan kecha-yu kunduz uzluksiz kuzatib turiladi.
Inson faoliyatini doimiy nazorat qilib turgan ilohiy qudrat —
Dostları ilə paylaş: