insonning insoniyligini ifodalovchi eng m uhim xususiyatlar —
yaxshilik, xayrixohlik, adolatpeshalik va hokazolar relyativizm va
subyektivizm mavqeidan turib baholanganligini; ikkinchidan,
inson borliqning har qanday shakliga ta ’sir o ‘tkarishga qodir,
deb qaralganligini; uchinchidan, inson borlig‘ining o ‘ziga xos
xususiyatlarining mavjudligining e’tiro f etilganligini hamisha ino-
batga olish zarur.
M a’lumki, eramizdan awalgi V asrda Yunonistonning ko‘pgina
shaharlarida demokratik tuzum qaror topgan edi. Insonning davlat
yumushlarida ishtiroki orta borishi, undan chiroyli nutq irod
qilish mahoratini uzluksiz takomillashtirishni, odamlarni ishon-
tirish san’atini mustahkamlashni taqozo etar ed i1. Ana shunday
sharoitda natur-falsafly muammolar o ‘rnini asta-sekin inson va
uning m a’naviyati, xususan, ishontira bilish san’ati muam m o-
lari egallay boshladi. Ishontirish m ahoratini shakllantirish, tabi-
iyki, ko‘proq bilimga ega bo‘lishni, insondan o‘zini chuqurroq
bilishni talab etardi. Inson hayotini boshqarib turgan ongning
o ‘zini bilish kun tartibiga qo‘yildi. Boshqacha aytganimizda, inson
o ‘zini-o‘zi bilishi dolzarbligi bilan birinchi o ‘ringa chiqib oldi.
Sofistlarning ko'zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Pro-
tagor (eramizdan awalgi 481—411-y.) falsafly tafakkur tarixida
birinchilardan bo ‘lib, inson olamdagi jamiki mavjudotlaming
asosiy m ezonidir, degan fikrni bayon qildi. Uning e’tiro f
etishicha, «inson hamma narsalarning o ‘lchovidir: mavjud bo‘lib
turganlar uchun mavjuddir, mavjud em aslar uchun mavjud
emasdir»2. Inson uchun yoqimli bo‘lgan narsalarning hammasi
yaxshi, nimaki unga azob-uqubat olib kelsa yomondir. Yaxshilik
va yomonlikni baholovchi mezon alohida olingan individdir. Xuddi
shuning uchun ham sofistlar bilish to ‘g‘risidagi fikr-muloha-
zalarining asosiga yakka kishini (individni) qo‘yishadi. Yakka. kishi-
ning (individning) o ‘ziga xos fazilatlari, xislatlarini o‘rganishni
— bilishning subyekti, deb e’lon qilishadi.
Qadimgi Yunon falsafasida inson borlig‘i haqidagi fikr-mu-
lohazalar ummonida Sokrat (Suqrot)ning (eramizdan awalgi
469—399-y.) ulushi beqiyosdir. Sokrat inson m uam m osini
o ‘rganish falsafaning asosiy masalasi ekanligini e ’tiro f etishi
bilan o ‘z zamondoshlarining falsafly qarashlaridan ancha ilgari-
Dostları ilə paylaş: