II. 0 ‘RTA ASR FALSAFASIDA INSON
MUAMMOSI
0 ‘rta asr insoniyat bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot jarayo-
nining eng uzoq davom etgan bosqichidir. 0 ‘rta asrlarni ilmiy-
falsafiy adabiyotda Rim imperiyasining halokatidan (476-yil)
boshlash urf bo‘ldi‘. Tabiiyki, bunday chegara shartli edi. Chun
ki o‘rta asr falsafasi haqida fikr yuritganimizda, eramizning
I—IV asrlaridan boshlab XIV—XV asrlargacha bo‘lgan fikrlash
madaniyati tarixi bosib o ‘tgan yo‘l haqida gapirish o‘rinli
bo‘lardi,2 deb hisoblaymiz.
0 ‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Yevropada xris-
tian dinining vujudga kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq
bo‘lsa, Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan, 0 ‘rta Osiyoda
islom dinining paydo boiishi va uning rivojlanishi bilan bevosita
bog‘liqdir. Chunonchi, xristian dini eramizning I—II asrlarida
Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida vujudga kelib, 0 ‘rta
dengiz atrofi mamlakatlariga keng tarqala boshlagan bo‘lsa, is
lom dini eramizning VI—VII asrlarida Shimoliy Afrikada paydo
bo‘ldi va tez orada nafaqat Osiyo, balki Yevropa mamlakatlariga
ham keng tarqaldi3.
Qadimgi zamon falsafasi ko‘p xudolik (politeizm) bilan bir
xudolik (monoteizm) orasida tebranib, qalqib turgan bo‘lsa,
o‘rta asr falsafasi bir xudolikka asoslanganligi bilan tubdan farq
qiladi Shuning uchun ham o‘rta asr falsafasining ildizlari
iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib'taqaladi.
‘
O'rta asr falsafasining eng muhim xususiyatlaridan biri, uning
teotsentrik xususiyatga ega ekanligidir. Teotsentrik fikr yuritish
madaniyatiga asosan, olamdagi butun mavjudotning yaratuvchisi
— Xudodir. Teotsentrik xususiyatga ega bo‘lgan o‘rta asr falsafa
sining asosida yaratish va kashf etish g‘oyasi inson to ‘g‘risidagi
fikr-mulohazalarning negizini tashkil etadi.
M a’lumki, qadimgi zamon, xususan, Eron, Turon va Yu
non faylasuflari inson jamiki tirik mavjudotlaming toji ekan-
Dostları ilə paylaş: