rivojlantirildi1. Stoiklar falsafa maktabining asoschilari Kitiylik
Zenon (eramizdan awalgi 336—264-y.) va Xrisipp edilar. Ular
ning fikricha inson ezgulik, baxt-saodatga asoslangan farovon
turmushni yaratmog‘i uchun, eng avvalo, tashqi olam, ayniq
sa, siyosat ta’siridan xoli bo‘lmog‘i darkor.
Stoiklarning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini ellinizm
davrining mashhur faylasufi Epikur (eramizdan awalgi 342—
271-y.)2 qarashlarida ham ko‘rish mumkin. U Platonning jon
haqidagi fikrlarini rad etadi. Uning fikricha, jon moddiy tana
bilan bog'liq, tana o'lishi bilan jon ham o‘ladi. Inson jon
tufayli sezadi, his qiladi. His qilish, sezishning manbai ham
jondir. Jonning mohiyati tanadagi atomlarning harakati bilan
bog‘liq. 0 ‘lim tananing yangi, sezgisiz holatidir. Aql ham atom-
lardan tashkil topgan. 0 ‘limdan hech qachon qo‘rqmaslik darkor.
Chunki, biz bor, o‘lim yo‘q, o‘lim kelgan vaqtda esa biz
bo‘lmaymiz. Shuning uchun ham o‘lim tiriklar uchun ham,
o'liklar uchun ham mavjud emasdir3. Epikur insonning indi
vidual xislatlarini o'rganishga e’tiborini qaratadi. Chunki jami-
yatda sodir bo'ladigan barcha ijtimoiy munosabatlar alohida olin-
gan kishining subyektiv xohish-irodasi, foyda ko‘rishi va rat-
sional fikr yurita olish qobiliyati bilan bog‘liq. Uning tushun
tirishicha, insonning yashashdan maqsadi — baxt-saodatga eri-
shish, o‘sha baxt-saodatdan qoniqish hosil qilishdir. Lekin chi-
nakam mamnuniyat chegarasiz, qo‘pol hissiy zavq olish, rohat
qilish degani emas. Oliy darajadagi qoniqish, mamnuniyat —
jonning osoyishtaligini ta’minlashdir. Bunday osoyishtalik, g‘ala-
g'ovursizlikka erishmoq uchun inson o ‘z jahlini jilovlay bilishi,
jahlini yuta bilishi, ko'proq aqlga erk berishi darkor.
Epikur inson farovon yashamog‘i uchun moddiy olam sir-
larini ko‘proq bilishi zarur ekanligini ta’kidlaydi. Chunki inson
moddiy olam sirlarini qancha ko‘proq bilsa,’ shuncha farovon,
to ‘q yashaydi, deb tushuntiradi. Inson doimo huzur-halovatda
yashashi, qiynalmasligi lozim. Buning uchun esa, u hech qa
chon qo'rqmasligi darkor. «Qo‘rqmaslik — baxtlilikdir, baxtlilik
bilimda, ilmdadir»4, degan fikr-mulohazalarni bayon etadi.
Dostları ilə paylaş: