Platon inson his-hayajonlari, tuyg‘ularining yirik bilimdoni
edi. Inson ehtiroslari mohiyatini o ‘ta sinchkovlik bilan anglab
oiar edi. Insondagi individual qobiliyat va real imkoniyatlarni
mohirlik bilan fahmlar va uni yuksak qadrlar edi. 0 ‘sha qobili-
yatlarni yuzaga chiqarish yo‘llarini izlardi. Eng muhimi, inson
kelajagi haqida juda ko‘p o ‘ylar edi. Mashhur rus faylasuf!
N.G.Chernishevskiy yozganidek, «ko‘pchilik Platonni qandaydir
yunon xayolparasti deb hisoblashadi. Platon, har qalay, unday
emas edi. U bayramona xayollar kashfiyotchisi emas edi, yulduz-
lar olami to ‘g‘risida o‘ylamasdi, yer haqida, sarob haqida emas,
balki inson haqida o ‘ylar edi. Eng muhimi, Platon inson dav-
latning chinakam fuqarosi bo ‘lishi lozimligi haqida o‘ylardi»1.
Inson va uning mohiyati haqidagi ajoyib fikr-mulohazalarni
Platonning sevimli shogirdi, takrorlanmas, universal aql-zako-
vat egasi Aristotel (Arastu, eram izdan awalgi 384—322-y.)
falsafasida yaqqol ko‘rish mumkin. Inson jismi va ijtimoiy qi-
yofasi orasidagi aloqadorlikni tushuntirib berishda Aristotel o ‘z
o ‘tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketdi.
Aristotelning tushuntirishicha, olamdagi jamiki tirik mavju
dotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi. Jon bir necha «dara-
jalar», «holatlar»da nam oyon bo‘ladi. Aristotel ta ’biri bilan ayt-
ganimizda, tirik mavjudotlardagi jon uch yirik turkumga bo'linadi.
Eng past turkumdagi jon o ‘simliklarda, ikkinchi turkumdagi
jon hayvonlarda, eng oliy uchinchi turkumdagi jon odamlarda
bo‘ladi. Bunday fikr-m ulohazalardan ko'rinib turibdiki, Aristotel
falsafly fikrlar tarixida birinchilardan bo‘lib, tiriklik ramzi bo‘lgan,
jonning topologiyasini ishlab chiqdi. Uning fikriga muvofiq,
o'sim lik joni barcha tirik mavjudotni oziqlantiradi, o‘stiradi,
ko'paytiradi, ham m a narsaga ilhomlantiruvchi kuch-quw at ato
etadi. Hayvon joni yuqoridagi funksiyalarni bajarish bilan birga,
sezish qobiliyatiga ham ega boMadi. Shuningdek, hayvon jonida
yoqimli narsa tom on intilish, yoqimsiz narsadan qochish tuyg‘usi
mavjud bo‘ladi. Odam joni, ya’ni aqlli jonda o ‘simlik, hayvon
joni bajargan funksiyalardan tashqari, eng oliy qobiliyat — fikr
yuritish, tafakkur mavjud bo ‘ladi.
Aristotelning ta ’kidlashicha, tana oliy darajali aql uchun asos
bo'lib xizmat qiladi. Aql esa, tanaga bog'liq bo'lm aydi. Oliy
Dostları ilə paylaş: