O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Аристотель. Политика. М ., 1911, 71-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Аристотель. Политика. М ., 1911, 71-bet.
2 Аристотель. Сочинения. В четырех томах. Том 4. М ., 1983, 462-bet.
3 Аристотель. Политика. М ., 1911, 8-bet.
52


bilan teng bo‘lmasliklari darkor, deb tushuntiradi. 0 ‘z ustozi 
Platon qarashlarini quwatlab, odamlar o‘z tabiatlariga ko‘ra 
bir-birlariga teng emas ekanlar, xuddi shu holat ularning ijti­
moiy hayotda ham notengligiga olib keladi, shuning uchun ham 
birovlar hukmdorlik qilish uchun tug‘ilsa, boshqa birovlar 
bo‘ysunib yashash, tobe bo‘lish uchun dunyoga keladilar, deydi. 
Ko'rinib turibdiki, Aristotel jamiyatda ijtimoiy tengsizlik vujudga 
kelishining haqiqiy sababini tushuntirib bera olmaydi.
Aristotel insonni o‘ziga xos estetik voqea deb qarar, lekin o‘sha 
estetik voqeani naturfalsafiy prinsiplarga asoslanib tushuntirar edi. 
U inson go‘zalligi haqida so‘z ketsa, birinchi galda, uning tabiiy 
chiroyi, jismonan sog‘lomligi, qaddi-qomati, kuch-quwati, xatti- 
harakatini tushunar edi. Shunday bo‘lishi bilan birga, Aristotel 
insondagi go‘zallik, uning zeb-u ziynati, faqat jismoniy kamoloti 
bilan emas, balki uning amaliy faoliyati, aktivligi, ijodiyligi bilan 
ham aloqador ekanligini takrorlashdan charchamas edi. Shuning 
uchun ham u, inson ham jismonan, ham axloqan kamolotga 
erishishi darkor, deb bilardi. «Inson aqliy qatlamsiz, o‘zining 
hissiy va jinsiy instinktlariga sodiq qoluvchi eng порок va yowoyi 
mavjudotga aylanadi»1, deb yozgan edi.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, Aristotel qadimgi za­
mon sivilizatsiyasi sharoitidayoq insonning har tomonlama kamo­
loti haqida fikr yuritganiga guvoh bo‘lamiz. Inson barkamolligini 
ifodalovchi yuksak axloqiy poklik, tashqi va ichki go‘zallik, 
ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni Aristotel bir ibora bilan 
«kalagakatiya», deb atagan.
Inson o‘zining barcha ichki imkoniyatlarini rivojlantirib, olam­
dagi eng xayrixoh, odil mavjudotga aylangandagina «kalagakatiya»ga 
ega bo‘ladi. Insonda bunday holat barcha xayrixohliklar (ezgulik- 
lar) sintez bo‘lib jamlangandagina vujudga keladi. Xuddi shuning 
uchun ham Aristotel har bir jamiyat a’zosida bunday qobiliyat 
va malakalami shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini izlab 
topish o‘ta muhim ahamiyatga egadir, deb ta’kidlaydi.
Qadimgi zamon, xususan, elinistik davr inson falsafasi, 
eramizdan oldingi IV—III asrlarda Yunonistonda, keyinroq, ya’ni 
eramizning boshlarida Rimda keng tarqalgan. Stoiklar falsafa 
maktabi namoyandalarining qarashlarida ham har tomonlama

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin