O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Tomizmning asoschisi, ortodoksal sxolastika sistemasining bunyodkori, o'rta



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Tomizmning asoschisi, ortodoksal sxolastika sistemasining bunyodkori, o'rta
asrning mashhur faylasuf!, ilohiyotchisi Foma Akvinskiy 1225 yoki 1226-yilda
Janubiy Italiyaning Akuino qishlog‘i yaqinida tavallud topdi. Dominikanchi Albert
Buyukdan saboq oldi. 1567-yilda katolik cherkovining «beshinchi o ‘qituvchisi» deb
tan olindi. 1224-yilning 7-martida Janubiy Italiyadagi Fossanuva monastirida vafot
etdi. Uning diniy, falsafly qarashlari «Teologiya to‘plami», «Majusiylarga qarshi
to ‘plam» asarlarida bayon etilgan.
63


Inson qalbi tanasiz, materiyasiz mavjud bo'ladigan sof, ma’naviy 
shakl, materiyaga bog‘liq bo‘lmagan substansiyadir. Uning 
o‘lmasligi va yo‘q bo‘lib ketmasligi, shu bilan izohlanadi. Chunki 
qalb substansiya bo‘lgani uchun yo‘qolmas, sof shakl bo‘lgani 
uchun buzilmasdir.
Inson axloqiy fazilatlari haqida fikr yuritgan Foma Akvinskiy 
har bir kishi axloqiy faoliyatining asosini xohish-istak, erk 
tashkil etmog‘i darkor, deb hisoblaydi. Bu yerda Foma Akvin­
skiy Avgustin qarashlariga zid fikr yuritadi. Ezgulikka qaratilgan 
inson faoliyatini qattiq hurmat qiladi. Uning fikriga ko‘ra, ezgulik 
to ‘rt ko‘rinishda, chunonchi: donishmandlikda, jasurlikda, 
mo‘tadillikda va adolatparvarlikda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, 
unga yana uchta xristianlikka xos fazilatlarni: ishonch, umid va 
muhabbatni qo'shib qo‘yadi.
Foma Akvinskiyning ezgulik to‘g‘risidagi ta’limoti o‘ta mu- 
rakkab bo‘lishi bilan birga, markaziy g‘oyasi juda soddadir. Uning 
e’tirof etishicha, insonda aqlning boMishi tabiiy bir hoi, shun­
day ekan, kimki aqlga qarshi chiqsa, o‘sha kishi insonga ham 
qarshi bo‘ladi. Chunki aql erkdan ustun turadi, uni ulug‘laydi 
va boshqaradi. Xullas, Foma Akvinskiy erkka nisbatan aqlni 
qadrlaydi, yuksaklikka ko‘taradi.
Foma Akvinskiy jamiyat a’zolarining ma’naviy va ijtimoiy 
muammolari haqida bosh qotiradi. Ushbu muammolarni Yunon 
faylasuflariga o‘xshab jamiyat va davlat doirasida o'rganadi. 
Uning fikriga muvofiq, davlat barchaning farovonligi haqida 
qayg‘urishi uchun yashamog‘i darkor. Lekin u jamiyatda mavjud 
bo'lgan turli tabaqaga mansub kishilarning teng bo‘lishiga mut- 
laqo qarshi edi. Hamma Xudoga bo'ysunishi, barcha xristianlar 
orzu qilgan ezgulikning asosini tashkil etmog'i lozim, degan 
fikrni olg‘a surar edi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin