zamon ijtimoiy ongidan o‘rta asr ijtimoiy ongi o‘zining tarixiy
taraqqiyot muammolariga intilishning ortib borganligi bilan tub-
dan farq qiladi. Qadimgi zamonda, masalan, qadimgi Yuno-
nistonda Gerodot, Fukodid kabi mashhur tarixchilar tarixiy
taraqqiyot jarayonini o‘rganishga e’tiborni qaratishgan bo‘lsa-da,
lekin tarix hali ontologik reallik deb qaralmas edi. Chunki qadimgi
Afinada, Rimda borliq deganda koinot, tabiat tushunilar edi.
Tarix, tarixiy taraqqiyot jarayoni esa borliq deb hisoblanmas
edi. 0 ‘rta asr xristian falsafasida qadimgi zamonning «Muqaddas
koinoti» o‘rniga «Muqaddas tarix» vujudga keldi.
0 ‘rta asr xristian falsafasida «Muqaddas tarix»ning vujudga
kelishi, Xudoning inson qiyofasida (ya’ni, lusis qiyofasida)
namoyon bo‘lishi — buyuk tarixiy voqea edi. Shuningdek, xris
tian diniga e’tiqod qilgan bandalarni, har qanday balo-qa-
zolardan ozod qiladigan zamonlarning kelishi haqidagi orzu-
istaklari ham buyuk tarixiy voqea edi. Tarixiy taraqqiyotning
oxirini kutish, jannat — behisht, bog‘i-Eramdagi farovon tur-
mush haqidagi orzular, boshqacha qilib aytganimizda, o'rta asr
tafakkuridagi esxatalogik1 yo‘l-yo‘riqlar, o‘rta asr Yevropa fay-
lasuflarini tarixiy taraqqiyot haqida fikr yuritishga majbur qildi.
Natijada, tarixiy taraqqiyot haqiqiy borliqqa aylandi. Lekin o'sha
borliq baribir «Muqaddas tarix» chig‘irig‘idan o‘tkazib o‘rganildi.
Ming yillar davomida yaratilgan muqaddas tarixiy yozuvlarni
o‘rganish, ulami turlicha tavsiflash, ta ’riflash, sharhlash, tarixiy
taraqqiyot jarayonini o‘rganishning yangi uslubini vujudga kel-
tirdi. Ushbu uslub keyinchalik germenevtika deb ataldi. Bu us-
lubdan o‘rta asrda xristian dini qoidalarini sharhlashda keng
foydalanildi. Bu uslub tarixiy voqealami chuqurroq, har to
monlama o ‘rganishga asos bo‘ldi.
»
Tarixiy voqelikni bilishga bo'lgan intilish inson qalbini, in
sonning ichki olamini o‘rganishga bo'lgan ehtiyoj bilan qo‘shilib,
inson xotirasi qobiliyatini bilishga turtki bo'ldi. Inson xotirasi
qobiliyatini o‘rganish esa, tarixiy bilimlaming antropologik asosini
tashkil etadi. Xuddi shu holatni, ya’ni inson xotirasini Avgustin
birinchilardan bo‘lib yangi tushuncha — zamon tushunchasi
yordamida o‘rganishni tashkil etdi.
Tarixiy taraqqiyot jarayonini, xususan, inson bosib o‘tgan
Dostları ilə paylaş: