donishmandlik zardushtiylik ta ’limotidagi mangu avliyolar (Ame-
sha-Spenta)ning o ‘zi edi. Geraklitning fikriga ko‘ra, yaxshilik,
haqqoniylik, diyonat kabi fazilatlar inson o ‘lgandan so‘ng ham
osmonda mangu yashayveradi. Olijanob, botir odamlarning ruhi
osm on-u falakning eng baland cho‘qqisiga ko‘tariladi.
Geraklit zardushtiylik ta ’limoti ta ’sirida insonning vafotidan
keyingi taqdiri haqidagi nazariyani ishlab chiqdi. Bunday nazari-
yaning yaratilishi qadimgi yunon falsafasi uchun mutlaqo yangi
kashfiyot edi2.
Milet falsafa maktabi namoyandalari Fales, Anaksimandr,
Anaksimen va Geraklit Efesskiylaming olamning tuzilishi, odam
ning vujudga kelishi to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini har to
monlama rivojlantirgan abderlik faylasuf Demokritning (eramizdan
aw algi 460—370-y.) fikriga muvofiq, jon inson tanasini ha-
rakatga keltiruvchi manba bo‘lib, u atom lardan tashkil topgan.
Tana o ‘lishi bilan jon ham o ‘ladi. Chunki olamda tanadan
tashqarida yashaydigan jo n yo‘q. 0 ‘lim esa atomlarning o ‘zaro
to ‘qnashuvlari oqibatida sodir b o ig an parchalanishning oqiba-
tidir. Uning tushuntirishicha, odam deb ataluvchi jonli mavju
dot hamisha tabiatga taqlid qilib yashaydi. Tabiatdagi go‘zallik
ta ’sirida rassomlik vujudga keldi. 0 ‘rgimchak to ‘qigan to ‘rdan
to ‘qimachilikni, asalaridan imorat qurishni, bulbuldan musiqa-
ni o ‘rgandi. Inson moddiy olamning ta ’sirida o ‘zining sezgilari
yordamida his qiladi. U olamdagi turli hodisalarni, voqealarni
bilishda hissiyot bilan tafakkur, aql-farosatning o ‘zaro aloqador-
likda faoliyat ko‘rsatishi lozimligini dalillashga urindi.
Demokritning fikriga asosan, odamning boshqa tirik mavju-
dotlardan farq qiladigan eng muhim xususiyati nutqidir. Nutq
esa odamga ko‘rsatilgan xudoning karomati emas, balki o ‘sha
tirik mavjudotlarning olam bilan bo'lgan o‘zaro aloqalari, amaliy
faoliyatlari tufayli vujudga kelgan. Odamlar o ‘zlarining yashash
sharoitini o ‘zgartirib turishlari, ularning sovuqdan saqlanish,
oziq-ovqat qidirib topishning yangi uslublarini izlab topishga
majbur qildi. Ana shunday munosabatlar doirasida odam asta-
sekin inson sifatida shakllanib bordi.
Inson to ‘g ‘risidagi dastlabki fikrlar taraqqiyotiga eramizdan
awalgi VI—V asrlarda «Buyuk Yunoniston»ning g‘arbiy hududida
Dostları ilə paylaş: