O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Qarang: История эстетики. Памятники мировой эстетической мысли



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Qarang: История эстетики. Памятники мировой эстетической мысли.
Том 1. М., 1962, 507-bet.
70


may qoldi. Endilikda inson o‘z taqdirini o‘zi yarata olishiga, 
tabiatning chinakam egasi bo‘lishiga ishonch hosil qila boshladi. 
Xuddi shuning uchun ham Yevropada Renessans davrining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan biri insonning olamdagi jamiki mavjudot, 
hatto o‘zining ustidan ham hukmdorligining orta borganligi bilan 
izohlanadi. Bunday holat Yevropada qadimgi zamonda h^m, o‘rta 
asrlarda ham vujudga kelmagan edi. Yuqorida ta ’kidlab 
o'tganimizdek, endilikda yevropalik inson o'zining gunohlarini 
yuvish, johilliklarini kamaytirish, o‘z tabiatida mavjud bo‘lgan 
turli qusurlarni, qing‘ir-qiyshiqliklarni bartaraf etish uchun 
Xudoning mehribonligiga ehtiyoj sezmay qoldi. Insonning o‘zi 
yaratuvchi bunyodkor bo‘ldi. Shuning uchun ham rassom uchun 
yaratuvchi-bunyodkorning jismi Yevropa Renessansi ramzi, bel- 
gisi darajasiga ko‘tarildi.
Renessans davrida yevropalik insonning barcha jabhaiardagi 
faoliyati qadimgi zamon yoki o‘rta asrlarga nisbatan o'zgacha 
talqin etildi. M a’lumki, qadimgi yunonlarda mushohada qilish, 
fikr yuritish barcha faoliyat turlaridan ustun qo‘yilar edi. Chunki 
fikrlash, mushohada qilish (yunoncha «teoriya»), bir tomon- 
dan, insonni tabiat sirlari bilan oshno qilsa, ikkinchi tomon- 
dan, uni mustaqil fikrlash dunyosiga olib kiradi va u bilan 
qurollantiradi. Renessans davrida inson faoliyatiga baho berish 
ham o ‘zgacha bo‘ldi. Chunonchi, mehnat (hatto qulning jis- 
moniy mehnati ham) har qanday gunohlarni yuvish vositasi, 
deb hisoblandi. Ayniqsa, inson qalbini poklovchi mehnat faoli- 
yatning eng oliy shakli deb hisoblandi. Qalbni poklovchi mehnat, 
ya’ni Muqaddas kitoblarni o‘qish yaratuvchanlik imkoniyatlarini 
vujudga keltiradi, deb tushuntirildi. Inson ijodiy mehnatining 
qadr-qiymati kundan-kunga ortib boraverdi. Boshqacha qilib 
aytganimizda, insonning faoliyati Renessans davrida eskilikka zarba 
berish, eskilikni yakson qilish xarakteriga ega bo‘ldi. Uning 
yordamida inson nafaqat yer ishlariga oid ehtiyojini, balki o‘z- 
o‘zini ham o‘zgartirdi.
Ilm-fanga e’tibor kuchaydi. Amaliyot bilan fan orasidagi che- 
gara ham o‘zgara boshladi. 0 ‘rta asr sharoitida amaliy-texnik faoliyat 
bilan fan orasida ma’lum bir chegara bo‘lib, ular «san’at» va 
«badiiy fantaziya», deb nomlanardi. Renessans davrida, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, xuddi o‘sha chegara yo‘qoldi. Injener va rassom 
nafaqat qadimgi zamon va o‘rta asrga xos san’atkor, texnik,
71


balki chinakam ijodkor-yaratuvchi darajasiga ko‘tarildi. Ijodkor 
tadqiqotchilar Xudo tomonidan sodir etilgan tabiat hodisala- 
rining ichki tuzilishidagi o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlarini bi- 
lishga intildilar. Fanda bunday holatni Kepler, Galiley, Kavaleri 
ijodida uchratamiz.
Inson shaxsi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar Renessans davrida 
yanada yuksaklikka ko‘tarila boshladi. Endilikda inson shaxsining 
qadr-qiymati har tomonlama osha boshladi. 0 ‘rta asrda mavjud 
bo‘lgan inson bilan Xudo orasidagi ittifoqqa darz ketdi. Inson 
Xudodan ajralib, mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. U 
o‘zining transsendental ildizlaridan asta-sekin uzila boshladi. 
Buning uchun faqat Koinotdan emas, balki o‘zidan najot izla- 
di. 0 ‘zining teranlashib borayotgan aql-farosatidan, go‘zallashib 
borayotgan tanasining imkoniyatlaridan madad qidirdi. Xuddi 
shuning uchun ham, Yevropada Renessans davrining antropot- 
sentrizmi go'zallikni ulug‘lashi bilan ajralib turadi. Badiiy tas- 
virlarda go‘zal inson qiyofasini tasvirlash, ayniqsa, uning tashqi 
qiyofasining latofatini tavsiflash o‘sha davr san’atining bosh 
mavzui edi. Bunday holatni Yevropa Renessans davrining mash­
hur naqqosh-u musawirlari — Bottichelli, Leonardo da Vinchi, 
Rafael asarlarida ko‘rish mumkin.
Renessans davri Yevropa adabiyoti va san’atida har qachongi- 
dan ko‘ra yakka kishi shaxsiga e’tibor kuchaydi. Qadimgi za- 
monda ham, o‘rta asrlarda ham inson deb nomlanuvchi tirik 
mavjudotga bu qadar e’tibor bo‘lmagan edi. Bu davrga kelib 
har bir kishining o‘ziga xos qobiliyatlari, malakalari hamma 
narsadan ustun qo‘yildi. Buyuk shaxslardagi takrorlanmas iste’dodga 
e ’tibor kuchaydi. Bunday holat Renessans davrida shaxs degan 
tushunchaning rasman shakllanishiga turtki bo‘ldi. Shaxs tushun- 
chasi individ tushunchasi bilan bab-barobar ishlatila boshlandi. 
Lekin shaxs deganda, eng awalo, yaxshilik bilan yomonlikning 
farqiga borish malakasi tushunildi. Shuningdek, Renessans davri 
Yevropa adabiyotida shaxs deganda kishining xatti-harakatlari, 
xulq-atvoridagi mas’uliyatni sezish qobiliyati tushunildi. Ushbu 
davr mutaffakkirlarining tushuntirishlaricha, individuallikning har 
tomonlama ulug‘lanishi, uning ortib borishi hamisha ham inson 
shaxsining rivojlanishiga mos bo‘lib tushavermaydi. Shaxsning 
estetik didi, axloq-odobiga xos qirralarining rivojlanishi ham 
bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Chunonchi, XV—XVI asrlarda
72


Yevropada individuallikning har tomonlama rivojlanishi ayrim 
hollarda xudbinlikning ortib borishiga olib keldi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, Renes­
sans davri Yevropa falsafasida o‘rta asrning teotsentrik tasawur- 
lariga zid bo'lgan yangi gumanistik yo‘nalishlar vujudga keldi. 
Insonshunos olimlar, shoir-u yozuvchilar asarlarida inson bilan 
tabiat, shaxs bilan jamiyat orasidagi aloqadorlik muammolarini 
o'rganish birinchi o‘ringa chiqib oldi. Gumanistik falsafa vakillari 
har tomonlama rivojlangan shaxs g‘oyasini olg‘a sura boshladilar.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin