zid o'laroq axloqni hamma fanlardan, hatto teologiyadan,
metafizikadan ham ustun qo‘yadi.
Dante o‘zining «Bazm» asarida insonning insoniyligini aniq-
lovchi mezonlami yaratishga urinadi. Uning fikriga ko‘ra, inson
ning insoniyligini ifodalovchi eng muhim xususiyat sahiylik,
olijanoblikdir. Shoirning tushuntirishicha, inson umri to ‘rt asosiy
faslni bosib o‘tadi: birinchisi — yoshlik, u i'ssiqlik va namlikka
monand; ikkinchisi — balog‘at, unga issiqlik va quruqlik xos;
uchinchisi — keksalik, unda sovuq va quruqlik mavjud; to‘rtinchisi
— qartayish, unda sovuqlik va namlik bor.1 «Bazm»da e’tirof
etilishicha, inson tabiat sirlarini bilishga qodir. Xuddi shuning
uchun ham inson doimo bilimga intiladi, unga ehtiyoj sezadi.
Bilim ruhimizning oliy xususiyatidir va inson uchun bilim olish
eng yuksak lazzatdir, deydi Dante.
Dante «Monarxiya» (1312—1313-y.) nomli asarida o'zining
siyosiy va g‘ayridiniy qarashlarini bayon qiladi. Cherkov va Rim
papasini davlatni idora qilish ishlariga aralashmasligi zarur, deb
hisoblaydi. Sharqning mashhur mutafakkiri Ibn Rushd izidan
borib, ruhoniylarning saltanatni boshqarishlarini inkor etadi.
Adolatli hukmdor boshchiligida yagona davlat qurish g‘oyasini
ilgari suradi. Siyosiy tarqoqlik tufayli jabr-zulm ko‘rgan Italiya
xalqlarini birlashtirib, urushlarni yo‘q qiluvchi tuzum — jahon
imperiyasi o‘rnatish haqidagi g‘oyalarni targ‘ib qiladi. Turli
hududlarda yashovchi, turli diniy maslakdagi kishilar orasida
ham q&ndaydir bir yaqinlik, o‘xshashlik, umumiy tomonlar,
bir ibora bilan aytganda, umuminsoniy fazilatlar bor, degan
xulosaga keladi. Yevropa tarixida birinchilardan bo‘lib «umuminsoni-
yat» tushunchasini badiiy-falsafiy adabiyotga kiritadi. Xuddi shu
ning uchun ham xristian dini ulamolari Dantening «Monar
xiya» asarini kuydirish, asar muallifining xokini qabrdan chiqarib
tashlashni* Italiya hukmdorlaridan talab qila boshlaydilar. Ammo
Ravenna hokimi Danteni himoya qiladi.
Dantega dunyoviy shon-shuhrat keltirgan buyuk asari «Ilohiy
komediya»dir. Asar nafaqat uning g‘oyaviy-siyosiy qarashlari-
ning yakuni, badiiy tafakkurining toji bo‘lib qolmasdan, balki
umuman o‘rta asr madaniyatining yakuni edi. Ayni paytda Yevropa
badiiy adabiyotining kelajakdagi yo‘lini aniqlab beruvchi yirik
ahamiyatga molik ijtimoiy voqea edi.
Dostları ilə paylaş: