O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Piko D ella Mirandola 1463-yilning 24-fevralida tavallud topdi. Boloniya



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Piko D ella Mirandola 1463-yilning 24-fevralida tavallud topdi. Boloniya,
Ferraro, Paduya universitetlarida saboq oldi. «Yangi falsafiy din» deb nomlanuv-
chi umum iy din yaratish g ‘oyasini olg‘a suradi. Ana shu g'oyani isbotlash uchun
butun Yevropa faylasuflarining 1486-yil Rimda boMadigan yig‘ilishiga 900 ta tezis
taqdim etadi. Ushbu tezislar yeretik (bid’at) xarakterga ega deb baholanadi va
qamoqqa olinadi. 1495-yilda vafot etadi. Uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari: «Inson-
ning qadr-qimmati to ‘g ‘risida nutq», «Geptapl», «Mavjudlik va birlik», «Astrolo-
giyaga qarshi fikr-mulohazalar* asarlarida bayon etilgan.
2 Соколов В.В. Европейская ф илософия XV—XVII веков. М ., 1996, 33-bet.
80


Paduya universitetida o‘qib yurgan kezlaridayoq o‘rta asr teo- 
logiyasining o ‘ziga xos xususiyatlari, o ‘rta asr falsafasining 
teologik an’analarini, ayniqsa, Yaqin va O 'rta Sharq mam­
lakatlarida keng tarqalgan diniy-falsafiy ta ’limotlarni har to ­
monlama o‘rgandi. Shu jarayonda Paduya averroizmiga ham 
m ehr qo‘ydi, Parij va Oksford nominalizmi bilan ham ta- 
nishdi. Sharq falsafasi, xususan, Ibn Rushd asarlarini sin- 
chiklab tahlil qildi.
Piko o'zining «Insonning qadr-qimmati to ‘g‘risidagi nutq» 
nomli kitobida olam va odam muammolari, insonning olamdagi 
o‘rnini tushuntirib berishga harakat qildi. Uning fikriga ko‘ra, 
inson murakkab mikrokosm bo‘lib, o‘zida yerga xos (to‘rt el­
ement: tuproq, suv, havo va olov), hayvonga xos, Xudoga xos 
elementlarni mujassamlashtiradi. Shuning uchun Xudo tomoni­
dan yaratilgan inson hayvon darajasida tubanlashishi ham, 
xudojo‘ylikning, olijanobjikning eng yuqori pillapoyalariga 
ko‘tarilishi ham mumkin.
Pikoning tushuntirishicha, insonning olamdagi boshqa tirik 
maxluqlardan farqi shundaki, u o‘z taqdirini o‘zi yaratadi. 
0 ‘zining tabiatini istaganicha, ya’ni cheksiz o'zgartirish im- 
koniyatiga ega. Insonning taqdirini allaqanday sirli xususiyatlarga 
ega bo‘lgan yulduzlar belgilamaydi, balki uning erkinligining 
holati, faolligining darajasi hal qiladi. N eoplatonchilar 
ta ’kidlaganlaridek, inson borlig‘ini uch gorizontal olamning 
(farishtalar, samoviy, elementar) birortasiga ham o ‘xshatish 
mumkin emas. Chunki inson olami bu olamlarning har biriga 
vertikal harakat qilish yo‘li bilan kirib oladi. Inson tabiati 
boshqa maxluqotlardan «ilohiy takomillashtirish» tomon borayo- 
tgani bilan tubdan farq qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, Pikoning gumanizmi antropotsentrik xarak- 
terga ega bo‘lib, olamning markaziga insonni joylashtiradi. Inson 
tabiati olamdagi boshqa maxluqotlar tabiatidan keskin farq qi­
ladi. Olamdagi maxluqotlar ichida eng ulug‘i, eng takomillash- 
gani insondir. Inson — bu shunday maxluqotki, u doimo ilohiy 
kamolot tomon intilish qobiliyatiga ega. Lekin bunday imkoni- 
yat unga awaldan berilmaydi, balki asta-sekinlik bilan vujudga 
keladi. Buni insonning o‘zi shakllantiradi.
Piko olam bilan odam orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexa- 
nizmini tushuntirib berishga katta kuch sarflaydi. 0 ‘zining «Gep-
81


tapll» asarida ta’kidlaganidek, inson o‘ziga xos to ‘rtinchi olam 
bo‘lib, quyosh osti, yulduz osti, oy osti olamlar bilan bir 
qatorda turadi. «Insonning qadr-qimmati to‘g‘risidagi nutq» asarida 
etirof etilganidek, inson bir tomondan, hamma mavjudotlar 
orasida, xususan, yer bilan osmon orasida vositachi vazifasini 
bajarsa, ikkinchi tomondan, olamdagi jamiki mavjudotlardan 
yuqorida turadi. Chunki, deb ta’kidlaydi Piko, o'zining «Astro- 
logiyaga qarshi fikr-mulohazalar» asarida, inson ruhi shunday 
mo'jizaki, u hatto osmondan ham balandroqqa ko‘tariladi. Yerda 
undan boshqa buyukroq zot yo‘q. Insonda esa uning aql-zako- 
vatidan va jonidan azizroq, ulug'roq qudrat yo‘q.
Inson ruhi mo‘jizasini uning erkinligi, uning inon-ixtiyori 
o‘z qo‘lida bo'lishi belgilaydi. Pikoning tushuntirishicha, ushbu 
mo'jizaning qudrati Xudoning karomatiga bog'liq. Ammo inson 
erkinligi o'zboshimchalik emas. U Xudoga bo‘ysunmog‘i darkor. 
Chunki Xudo insonni yaratib, unga «hayotning turli-tuman kur- 
taklarini o'rnatdi va urug‘larini sepdi». Xudo tomonidan ato 
qilingan bunday ne’matlami hazm qilish insonning o‘ziga bog'liq. 
Ana shu jarayonda inson yer yuzasidagi pastkashliklarning eng 
oxirgi nuqtasigacha tubanlashishi, hatto hayvon darajasiga tush- 
ishi ham, farishtalar darajasidagi axloqiy yuksalishga ko'tarilishi 
ham mumkin, deydi Piko.
Pikoning olam borlig‘i va birligi, Xudo bilan olam orasi­
dagi o‘zaro aloqadorlik haqidagi qarashlari «Geptapll», «Mavjud- 
lik va birlik», «Astrologiyaga qarshi fikr-mulohazalar» nomli 
asarlarida bayon etilgan. Chunonchi, Xudo bilan olam orasi­
dagi m unosabatlar to ‘g‘risida fikr yuritgan Piko sxolastik 
an’analar doirasidan chiqmagan holda e’tirof etadiki, Xudo 
faqat o ‘zi uchun yashaydi, uning erki o'zining qo‘lida, u 
o ‘ziga o ‘zi hukmron shaxs. 0 ‘z navbatida, Mirandola ba’zi 
panteistik g‘oyalami ham bayon qiladi. Chunonchi, Xudo olamga 
shunday darajada zarurki, odam va olam Xudosiz yashay ol­
maydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki Xudo va olam 
bir butun ajralmas borliqdir. Ta’kidlash joizki, Pikoning panteis­
tik g'oyalari xuddi Fichino g‘oyalaridek naturalistikdir. Fichino 
esa real narsalar orqali tabiat tomon chuqurroq kirib borishni 
afzal ko'rardi.
Pikoning olam to ‘g‘risidagi qarashlarining asosida panteizm 
yotadi. Uning tushuntirishicha, olam turli ierarxik pillapoyalardan
82


iborat. U farishtalar, samoviy va zarrachalar olamidart^flqrat. 
Hissiyot olami o‘z-o‘zidan, «hech nimadan» paydo' bt^f^fcufc- 
yo‘q, balki Xudoning o‘zi tartibga solib, integratsiyalashtirib 
turgan oliy, tanasiz ibtidodan, «xaos»dan vujudga kelgan. Olam 
o ‘zining murakkabligi, ziddiyatlarga to ‘laligi va ularning 
uyg'unlashuvi bilan go‘zaldir. Olamning ziddiyatlarga to ‘laligi 
shundaki, bir tomondan qarasak, u Xudodan tashqarida yashay­
di, boshqa tomondan nazar solsak, u Xudoning karomati bilan 
vujudga kelgan.
Pikoning e’tirof etishicha, Xudo tabiatdan tashqarida mavjud 
bo‘lmaydi, u doimo tabiat bilan birga bo‘ladi. E ’tibor berib 
qarasak, bu yerda gap olamning naturalistik panteizmi haqida 
emas, balki tabiat bilan Xudoning bir-biriga uyqashligi prinsipi 
haqida borayotir. Pikoning tushuntirishicha, Xudo olamning 
oxirgi, yakunlovchi mohiyatidir. Ko‘rinib turibdiki, bunday fikr- 
mulohazalar asosida insonni tabiat sirlarini o‘rganishga da’vat 
etish yotadi.
Shunday qilib, Piko haqiqatni izlashga va aniqlashga intilardi. 
Ana shu haqiqatning kim tomonidan bayon etilganiga e’tibor 
bermasdi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, uning fikr-mulohazalari 
dinning o‘zgarmas aqidalaridan xoli bo‘ldi, insonni ulug'ladi. 
Oqibatda, uning g‘oyalari gumanistik falsafaning muhim man- 
basiga aylandi.
Xullas, italyancha gumanizm Renessans davri Yevropa falsa­
fasida insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda munosib hissa 
qo‘shdi. Aniqroq qilib aytganimizda, gumanistik antropotsentrizm- 
ning asosiy vazifasini bajaradi. Afsuski, Yevropa Renessans davri 
haqida fikr yuritganda ayrim tadqiqotchilar Renessans madani­
yati, xususan, gumanizmining shakllanishida qadimgi zamon 
madaniy merosning o‘rni va ahamiyatini haddan ortiq bo‘rttirib 
ko‘rsatadilar. Ana shunday nuqtayi nazar bilan fikr-mulohaza 
yuritgan o‘sha tadqiqotchilar, gumanizm — bu faqat Rim yoki 
Yunon madaniyati, ma’rifatining shakllanishiga ko'rsatilgan ta’simi 
ifodalovchi tushuncha, deb qaraydilar. Bunday nuqtayi nazarga 
suyanib fikrlaydigan bo‘lsak, unda gumanizm faqat ma’naviy- 
ma’rifiy sohaga taalluqli voqea bo‘lib qoladi, xolos. Gumanizmni 
doimo o'zgarib turuvchi, bunyodkorlikka chorlovchi, umum­
insoniy qadriyatlar tomon chorlovchi amaliy tomonlari e’tibordan 
chetda qoladi.
83


Bunday fikr-mulohazalarning yuzaga kelishi, o‘z navbatida, 
gumanizm-konkret tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga qarab, turli 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishidan dalolat beradi. Turgan gap- 
ki, bunday tendensiya italyancha gumanizmga ham taalluqli bo‘Ub, 
u turli ijtimoiy harakatlarda o‘z ifodasini topdi. Tarixiy jihatdan 
cheklangan bo‘lishiga qaramasdan, u Yevropa tarixida buyuk voqea 
bo‘lib qoldi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin