O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


N ik o la y Kuzanskiy 1401-yilda Janubiy G erm aniyaning M ozel daryosi



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 N ik o la y Kuzanskiy 1401-yilda Janubiy G erm aniyaning M ozel daryosi
qirg'oqlarida joylashgan kichik Kuza qishlog'ida tavallud topgan. Geydelburg, Paduya
va Kyoln universitetlarida o ‘qigan. O'qishni tugatgach, a w a l dindor, keyinroq
Rim katolik cherkovining kardinali lavozimlarida ishlagan. 1438-yilda teologiyadan
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U ning diniy, falsafiy qarashlari: «Asoslar
haqida», «Yashiringan Xudo haqida», «Soddadil aql haqida» kabi asarlarida
bayon etilgan.
85


narsalarning mohiyati ham Xudoga borib taqaladi, ya’ni olam­
dagi barcha narsalar, hodisalar, voqealar Xudo bilan bog‘liq. 
Bunday holat olamning birligidan dalolat beradi. Xudoni faqat 
qarama-qarshiliklar birligidan iborat deb qarash, uning shaxs 
sifatidagi bunyodkorlik, yaratuvchilik funksiyalarining ahamiya- 
tini pasaytiradi. Chek-chegarasiz Xudoni chegarasi, oxiri bor 
olam bilan yaqinlashtiradi. Oxir-oqibatda krayesionizm prinsipla- 
ridan chekinishga olib keladi.
Kuzanskiyning yuqorida biz eslatib o‘tgan fikr-mulohazalaridan 
ko‘rinib turibdiki, uning asosiy e’tibori, olam va Xudo muno- 
sabatlarini tushuntirib berishga qaratilgan. Olam va Xudo muno- 
sabatlarini tushuntirib berishda Kuzanskiy teotsentrik pozitsiyada 
turgani rost. Lekin unda o‘rta asr katolik ilohiyotidan mutlaqo 
farq qiluvchi elementlar va tendensiyalar borligini e’tirof et- 
maslik o‘ta nodonlik bo‘lur edi.
Xudo va olam munosabatlari haqidagi fikr-mulohazalarini 
davom ettirgan Renessans davrining buyuk mutafakkiri Nikolay 
Kuzanskiy Xudo borlig‘i olamdagi butun mavjudotlar ichida 
eng buyugidir, chunki Xudo bisoti cheklanmagan imkoniyatlari 
mavjud bo'lgan m utlaq yaxlitlik, yagona birlikdir, deydi. 
Shuningdek, Xudo 
o ‘zida
olamdagi barcha narsalarning rang- 
barang xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Bunday holat olam­
ning Xudodan kelib chiqqanligidan dalolat beradi. 0 ‘z navba­
tida, Xudodagi cheklanganlik cheklanmaganlikni, mavhumlik 
murakkablikni yuzaga chiqaradi. Bunday aloqadorlik zanjiri abadiy 
davom etadi. Xuddi shu tendensiya rang-barang qiyofaga ega 
bo‘lgan tabiat va inson borlig‘ini Xudoga yaqinlashtiradi, ya’ni 
Xudoga qaytish boshlanadi. Bunday jarayonni o‘z navbatida 
Xudoning inson tomon burilishi, deb tushuntiradi.
Shunday qilib, Nikolay Kuzanskiy o‘rta asr sxolastikasining 
teistik qarashlari bilan aloqalarini uzmasdan turib, mistik panteizm 
g'oyalarini ilgari surdi. Yaratuvchi bilan yaratilganlik, bunyod- 
kor bilan bunyodkorlikning aralashuvidagi uyqashlikni aniqlash- 
ga harakat qildi. Kuzanskiy o‘rta asr sxolastik fikrlash uslubi 
uchun xarakterli bo‘lgan yer bilan osmon, Xudo bilan tabiat 
orasiga chegara, to‘siq qo‘yuvchi g‘oyalarga toqati yo‘q edi. Uning 
fikriga ko‘ra, «Xudo borlig‘i olam borlig'idan boshqa narsa emas, 
chunki olam borlig‘ining o‘zi Xudo borlig‘idir». Ko‘rinib turib­
diki, Kuzanskiy shakllantirgan prinsiplar, qoidalar Renessans
86


davri Yevropa madaniyati va falsafasiga taalluqli bo'lib, ruhiy 
olam bilan yerdagi olam bir butun, yaxlit ekanligini ilg‘ab 
olishga yordam beradi.
Nikolay Kuzanskiy falsafasida eng asosiy o'rinlardan birini 
inson muammosi egallaydi. Kuzanskiy xristian krayetsionizmining 
inson to‘g‘risidagi g‘oyalaridan yuz o'giradi va bu borada insonni 
o'ziga xos mikrokosm deyuvchi qadimgi zamon Yevropa falsafasi 
g‘oyalariga qaytadi. Mikrokosmni ilohiy mohiyat bilan bog'lashga 
uringan Kuzanskiy «kichik olam» (ya’ni insonning o‘zi), «katta 
olam» (ya’ni universum), «maksimal olam» (ya’ni ilohiy mut­
laq) tushunchalarini muomalaga kiritadi. Uning tushuntirishicha, 
kichik olam katta olamga, katta olam esa maksimal olamga o‘xshaydi. 
N. Kuzanskiyning yuqoridagi flkr-mulohazalaridan shunday xu- 
losaga kelish mumkinki, kichik olam — bu inson, u o‘z atrofini 
o'rab olgan tabiiy olamni nafaqat qayta ishlab chiqaradi, balki 
maksimal Xudo olamiga ham o‘xshaydi.
Nikolay Kuzanskiyning inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalariga 
yuzaki qarasak, u insonni Xudoga o‘xshatib, o'rta asr ortodok- 
siyasi doirasidan chiqmagandek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin chuqur- 
roq e ’tibor berib tahlil etsak, u insonni Xudoga shunchalik 
o‘xshatadiki, ya’ni insonni shunchalik xudolashtiradiki, insonni 
«Insoniylikning Xudosi» yoki «Insonlashgan Xudo», deb ataydi. 
Uning fikricha, inson cheklangan va cheklanmagan mohiyat, 
cheksizlik va cheklanganlikning dialektik birligidan iboratdir. 
Ontologik nuqtayi nazardan qarasak, inson Xudo yaratgan jamiki 
mavjudotlarning hammasidan ham ustun turadi. Mavjudotlar 
ichida faqat farishtalar Xudoga maksimum yaqinlashib borgan, 
xolos. «Inson tabiati aylana ichida chizilgan ko'pburchakdir, aylana 
esa ilohiy tabiatdir».1
Kuzanskiy insonni ilohiylashtirish yordamida uning ijodiy 
mohiyatini ochib bermoqchi bo‘ladi. Agar Mutlaq, ya’ni Xudo 
ijodiyot bo'lsa, Xudoga o'xshash inson ham Mutlaqdir, demak, 
u ham ijodiy ibtidoga ega, ya’ni to ‘liq erkinlikka egadir.
Nikolay Kuzanskiy falsafasidagi antropotsentrizmga yaqin ten- 
densiyalar XVI asr Renessans davrida Italiyada shakllangan 
gumanistik konsepsiyalarda yanada kuchaytirildi. Nikolay Ku­
zanskiyning inson to ‘g‘risidagi ta ’limoti gnoseologik muammo-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin