shunoslik yutuqlari bilan uyg‘unlashib ketganligidan dalolat be-
radi.
Xudoning tabiat va materiyaga yaqinlashishi nuqtayi nazari-
dan fikr-mulohaza yuritgan Jordano Bruno falsafaning eng dol-
zarb muammolaridan biri — substansiya muammosini hal qilish
ga kirishadi. Uning e’tirof etishicha, substansiya moddiylikni ifo-
dalaydi, materiyaning dastlabki ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Materiyani aristotelcha sxolastik talqin qilishdan farqli o‘laroq,
Bruno substansiyani materiyaning turli shakllaridan emas, balki
uning mazmunidan izlaydi. U materiyani narsa va hodisalardagi
ilohiy borliqdan, uning ibtidosini esa o‘zining yaxlitligini ta’minlab
turgan, barcha ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan narsalarning
o‘zidan izlash zarur, deydi. Shuningdek, Brunoning e ’tirof
etishicha, ma’naviy substrakt, ya’ni «Dunyoviy jon» borlig‘i, u
olamdagi barcha mavjudotlarga taalluqli ekanligini qayd etadi.
«Dunyoviy jon», Brunoning fikriga ko‘ra, butun olamni va undagi
barcha narsalarni harakatga keltiruvchi prinsipdir. Xuddi shu
prinsip olamning yaxlitligini, uning bir butunligini, hodisalar
va voqealar orasidagi uyg‘unlikni va maqsadga muvofiqlikni
ta ’minlaydi. Shunday qilib, Brunoning tushuntirishicha, mater-
iya harakatlarining asoslari «Dunyoviy jon»ga borib taqaladi.
Materiya harakatining turlarini faqat Xudoning o‘zi almashti-
rishga qodir, xolos.
Jordano Brunoning substansiya to‘g‘risidagi fikr-mulohazala-
riga yuzakiroq qaralsa, u hali neoplotonizm ta’siridan chiqa
olgani yo‘q, degan xulosaga kelish mumkin. Lekin sinchiklab,
chuqurroq tahlil qilinsa, Bruno hech qachon «Dunyoviy jon»ni
moddiy tanadan ajratmaganligiga ishonch hosil qilamiz. «Dunyoviy
jon» bilan insonning moddiy jismi, ya’ni tanasi yaxlit bir
butunni tashkil etadi. Ularning asosida qandaydir bir yagona
substansiya yotadi. Unda jismoniylik va ma’naviylik, moddiylik va
ideallik, imkoniyat va voqelik mujassam bo‘ladi. «Biz, — deb
yozadi J. Bruno, — ikkita substansiyani aniqlaymiz — bittasi
ma’naviy, boshqasi jismoniy, oxir-oqibatda unisi ham, bunisi
ham yagona borliqqa va yagona ildizga borib taqaladi»1. Xuddi
o‘sha oxirgi yagona substansiya universumning eng chuqurdagi
ibtidosidir.
Dostları ilə paylaş: