Naturfilosofiya va kosmologiya
sohasida Bruno bir qator
g‘oyalarni ilgari surdiki, ular to'laligicha o‘rta asr teologiyasi
va sxolastikasi prinsiplariga zid edi. Xuddi o‘sha g‘oyalar uni
yeretik (bid’at)likda ayblash uchun inkvizitsiyaga yirik dastak
bo‘ldi. Bruno koinot va tabiat cheksiz-chegarasiz, uning na
boshi, na oxiri bor, degan fikr-mulohazalarini isbotlash uchun
Xudoning
cheksiz qudratga ega ekanligi, shuning uchun ham
u hech qachon chegarasi, oxiri bor narsalarni yaratmaydi,
degan argumentdan o'rinli foydalandi. Lekin koinot va tabi
atning cheksizligini isbotlash uchun keltirilgan eng muhim
argument, Brunoning tushuntirishicha, ilohiy qudrat emas,
balki o‘sha zamon astronomiya va fizikasida qilingan eng yangi
kashfiyotlardir,
birinchi navbatda, Nikolay Kuzanskiy va Nikolay
Kopernik ta ’limotlaridir.
Bruno koinotda mavjud bo'lgan turli sayyoralar, hatto os
mon yoritgichlari orasida ham o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro ta’sir
borligini isbotlab berishga urindi. Kopernik qarashlarini davom
ettirib, har qanday osmon yoritgichini o'zicha alohida bir mutlaq
markaz deyish mumkin. Bu markaz hamma joyda bo‘lishi ham,
o‘z navbatida, hech qayerda bo'lmasligi ham mumkin. Koinot
cheksiz-chegarasiz bo‘lganidek, uning turli olamlari ham chek-
siz-chegarasizdir, deb ta’kidlaydi mutafakkir. O'zi
yaratgan mod-
diy va ma’naviy substansiyaning birligi to ‘g‘risidagi ta’limotga
suyanib, Bruno shunday xulosaga keladiki, son-sanoqsiz dunyolar-
ga ichki harakat berib turgan manba vazifasini ilohiy qudrat
emas, balki universal «Dunyoviy jon» bajaradi.
J.Bruno o‘rta asr sxolastikasi va dualizmi g'oyalariga qarshi
borib, olamning borlig'i g'oyalarini yanada rivojlantirdi. Yerdagi
va osmondagi jismlarda fizik o'xshashliklar mavjud ekanligini
tushuntirishga harakat qildi. Sxolastik falsafaga muvofiq, yer to‘rtta
stixiyani: tuproq, suv, havo,
olovni vujudga keltirsa, osmon esa
efir stixiyasini vujudga keltiradi. Brunoning fikricha, efir yer,
suv, havo, olov bilan birlashib, koinotdagi boshqa sayyoralardek
Yer kurrasini hosil qiladi. Yerdagi va osmondagi o'xshashlik,
fizik bir xillilik g'oyasi olam birligi muammosining yanada kes-
kinlashishiga sabab bo'ldi. Bruno ushbu muammoni o'zgacha
yondashuv bilan, ya’ni qadimgi zamon atomizmi kayfiyatini
mutlaq maksimum to ‘g‘risidagi ta’limot bilan to‘ldirib
bartaraf
etishga harakat qiladi. Uning tushuntirishicha, borliqning asosida
92
monada deb nomlanuvchi eng kichik zarracha yotadi. Ushbu
zarracha borliqning so‘nggi minimal tayanchi bo‘lib, Bruno
ta ’limotida uch xil ma’noda o ‘z aksini topadi. Chunonchi,
ontologik ma’noda monada deganda borliqning eng kichik, mini
mal darajadagi substansiyasi,
ham jismoniy, ham ruhiy ibtidosi
tushuniladi. Fizika nuqtayi nazaridan monada atomni ifodalasa,
matematika borasida u nuqtani anglatadi. Nuqtalaming yig'indisi,
o ‘z navbatida, to ‘g‘ri chiziqni, to ‘g‘ri chiziq tekislikni, tekislik
esa har qanday geometrik shaklni (jismni) hosil qiladi. Eng
yuqori substansiya deganda «monadalar monadasi», ya’ni Xudo
tushuniladi.
Nikolay Kuzanskiy dialektikani faqat teologiyaga tatbiq et-
gan bo'lsa, Jordano Bruno undan farqli o'laroq
dialektikani
inson faoliyatiga ham tatbiq etdi. Asosiy e’tiborni nafaqat Xudo
bilan tabiat orasidagi qarama-qarshiliklar birligini, balki ular
orasidagi kurashni aniqlashga qaratdi.
Jordano Bruno Renessans davri an’analarini davom ettirib,
bilish jarayonida har qanday obro‘-e’tiborga sajda qilishga, uni
mutlaqlashtirishga qarshi chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, bilish jara
yonida birovlarning aqliga tayanib fikr yuritish o‘ta pastkashlik,
bu borada turli an ’analarga suyanish ham o‘ta gumrohlik,
shuningdek, allaqanday allomaning fikrini qo‘llab quwatlash
ham be’manilikdir. Brunoning e’tirof
etishicha, bilishning maqsadi
m a’lum darajadagi bilim lar birligini ta ’m inlashdan iborat
bo‘lmog‘i lozim. Bilimlar birligini ta’minlash universumning che-
garasizligini bilishga olib keladi. Bunday yumushni qarama-qarshi-
liklarning bir-biriga mos tushishi jarayoni dialektikasini bilmas-
dan turib aniqlab bo'lmaydi.
Bruno faylasuflarning turli bahs-munozaralariga sabab bo‘lgan
haqiqat muammosi haqida ham ko‘p bosh qotiradi. Uning
tushuntirishicha, haqiqatni aniqlash jarayoni sekinlik bilan amalga
oshadi. Ushbu jarayonga insonning his-tuyg‘ulari, idroki,
fahm-
farosati, fikr-mulohazalari ishtirok etadi. Brunoning ta’kidlashicha,
bilish jarayonida hissiy bosqichning ahamiyati uncha katta emas.
Chunki his-tuyg‘u insonga aqlni qo‘zg‘atish, unga ichki stimul
berish uchun kerak. «Hissiyot naqadar takomillashgan bo‘lishidan
qat’iy nazar, u ayrim noaniqliklardan xoli bolmaydi».1 Boshqacha
Dostları ilə paylaş: