Brunoning inson to ‘g‘risidagi qarashlarining asosida yagona
substansiya to ‘g‘risidagi g'oya yotadi. Xususan, uning
ta’kidlashicha, inson tanasi jondan past turadi. Lekin jon o ‘zini
namoyon qilishi uchun unga tananing bo'lishi shart, tananing
turli shakllarga kirishini ta’minlash uchun jon unga, albatta,
zarur. Shuning uchun «Qahramonona entuziazm» sof ruhiy his
siyot, yoki sof ruhiy jo ‘shqinlik emas. U o‘zida inson tanasining
barcha qobiliyatlarini mujassamlashtiradi. Ruhiy-ma’naviy harorat
bilan to‘ldirilgan o‘sha tana tufayli jo ‘shqinlik chinakam qahra-
monlik darajasiga ko'tariladi.
Jordano Brunoning falsafiy, tabiiy-ilmiy g'oyalari o‘rta asr
sxolastik dunyoqarashiga qaqshatqich zarba berdi. Uning faqat
teizm bilan kifoyalanib qolmagan, antropotsentrizm bilan che-
garalanmagan barqaror panteizmi klassik Renessans an’analari
doirasidan chiqib ketdi. Xuddi shuning uchun ham Bruno
ta’limoti yangi tipdagi dunyoqarash sari bosilgan katta qadam,
yangi zamon qiyofasini oldindan tasaw ur qilishning yorqin
namunasi edi. Uning murosasiz, kurashlarga to‘la hayoti afsonaga
aylanib qoldi. Uning hayot yo‘li o‘zi orzu qilgan «Qahramonona
entuziazm», hayotda faol pozitsiyada turishning yorqin namuna
si edi. Bu hech narsadan qo‘rqmaydigan va ilohiy muhabbatdan
boshqacha huzur-halovat oladigan va o‘zining hayoti haqida
mutlaqo o'ylamaydigan entuziazm edi.1
d) Inson manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish,
huquqlarini himoyalash yo‘llari va vositalarini izlab topish
harakatining avj olishi
Renessans davri Yevropa falsafasining inson tomon keskin
burilishi, odamlarning ezgulik, yaxshilik haqidagi azaliy orzu-
umidlarini ushalishi uchun zamin yaratdi. Inson manfaatlari va
ehtiyojlarini, insoniy haq-huquqlarini ulug‘lash avj oldi. 0 ‘sha
davrda yashagan va ijod etgan mutafakkirlar inson manfaatlari
va ehtiyojlarini qondirishning, haq-huquqlarini himoya qilishning
eng muhim sharti — markazlashgan qudratli davlat bunyod
etishdir, degan g‘oyani olg‘a sura boshladilar. Davlatning mohi-
Dostları ilə paylaş: