aytganimizda, hissiy bilish jarayonida cheksizlikning mohiyati
to4a ochilmasdan qolaveradi. Xuddi shuning uchun ham bilish
jarayonida fikr-mulohaza yuritish asosiy ahamiyatga ega bo'ladi.
Chunki fikr-mulohaza hissiyot yordamida olingan ma’lumotlarni
qayta tahlil qiladi. Tahlil qilish jarayonida xotira va tasawur ham
ishtirok etadi. Olamning bunday sirli mo'jizasiga faqat fikr-mu-
lohaza yoki intellekt yo‘l topadi va hissiyot orqali olingan
m a’lumotlarga o‘zining uzil-kesil tuzatishlarini kiritadi.
Ba’zi asarlarida Bruno bilishning aql bosqichi borligini ham
eslatib o ‘tadi. Uning e ’tirof etishicha, o‘sha aql yordamida olam
ning birligini, olamdagi hodisa va voqealarda qarama-qarshi to-
monlar borligini, qarama-qarshiliklar orasida birlik mavjudligini,
ularning chegarasiz ekanligini bilish mumkin, degan xulosaga
keladi. Shunday qilib, Jordano Bruno haqiqatga erishishning
eng asosiy manbai aqldir, deydi. Lekin u turli eksperimentlar
yordamida olingan bilimlaming bilish jarayonidagi ahamiyatiga
yetarli baho bermaydi.
Jordano Bruno Renessans davri antropotsentrizmning ba’zi qoi-
dalariga gumon bilan qarardi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Re
nessans gumanistik an’analari haqida, xususan, inson bisotidagi
yaxshilik, ezgulikka intilishni oshirish yo‘llari haqida ko‘p o‘ylar
edi. Brunoning fikriga ko‘ra, inson hayotning quliga aylanib qolmas-
ligi, ya’ni faqat o‘zi uchun, o‘zini saqlab qolish uchun yashamas-
ligi, balki hayotda faol pozitsiyada turishi, uni yaxshilik tomon
o‘zgartirish uchun fidoyilik qilishi zarur. Haqiqatni inson xuddi
shuning uchun bilishi zarur. Inson diniy ma’noda butun olamning
kichik bir bo‘lagi sifatida abadiy yashashi, o'lmasligi mumkin. Hayot
turli shakllarda, boshqa olamlarda abadiy davom etaveradi.
Haqiqatni bilish borasidagi inson faolligini, bu boradagi
uning mehnatini Bruno «Qahramonona entuziazm» deydi.
O'zining «Qahramonona entuziazm» asarida entuziazmning ikki
tipi borligini aniqlab beradi. Zotan, birovlar uchun u aqlsizlik
borasidagi jo ‘shqinlik bo‘lsa, boshqa birovlar uchun chinakam
haqiqatga erishish uchun qilingan oqilona intilish ekanligini
ta ’kidlaydi. — «Oqibatda, bunday odamlar, nafaqat qirol yoki
sudxo‘r, balki o‘z ishining ustasi va faol kishi sifatida gapiradi-
lar va harakat qiladilar».1
Dostları ilə paylaş: