kishi uchun tushunarli, hammabopdir, degan xulosaga keladi
Erazrn.
Kishilarni dastlabki insonparvar xristian g‘oyalariga
qaytarish
uchun, Erazmning fikriga muvofiq, «inson tabiatan gunohkor
banda», degan yolg‘on xulosadan voz kechish darkor. Наг
qanday kishi Iso payg‘ambar izidan borib,
Muqaddas kitob-
larda ilgari surilgan g‘oyalarni o'zlashtirishi mumkin. Buning
uchun faqat Tavrot va Injildan cherkovda keltirilgan parchalar
bilan qanoatlanmasdan, ularni mukammal o'rganish lozim. 0 ‘z
mulohazalarini ro'yobga chiqarish
maqsadida Erazm Rotterdam-
skiy 1517-yilda Yangi ahd matnini yunon tilidan lotin tiliga
taijima qiladi va unga izohlar yozadi.
Ko‘rinib turibdiki, Erazm Rotterdamskiy o‘z qarashlari va
amaliy faoliyatiga ko‘ra ma’rifatparvar faylasuf edi.
Biroq faqat
Tavrot va Injil bilan elni ma’rifatli qilib bo‘lmasligini mutafak-
kir yaxshi tushunardi. U ratsionalizmsiz, aql ishtirokisiz ma’rifat
yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, degan xulosaga keladi. Shu
bois mutafakkir fikrlarini ratsionalistik
pozitsiyadan turib bayon
etishga majbur bo‘ladi va buning bilan asriy sxolastik bilimdon-
likka hamda o‘ta dogmatik katolik ilohiyotiga qarshi boradi.
Mutafakkirning ratsionalistik dunyoqarashi uning nihoyatda
mashhur bo‘lgan «Ahmoqlikka hamd-u sano» nomli asarida o‘z
ifodasini topgan. Erazmning 1509—1511-yillarida bitilgan ushbu
asari shu qadar
satirik quwatga ega ediki, uning muallifini
keyinchalik «XVI asr Volteri» deb atay boshladilar. Shuningdek,
asar yordamida o‘sha davrning falsafiy ta ’limotlari mohiyatini
bilib olish mumkin. Muallif muttasil o‘zini
maqtashdan char-
chamaydigan ahmoqlik janobi oliyalarining nomidan o‘z za-
monasining o‘ziga xos tomonlarini tanqid qiladi.
«Kishilaming aksariyat qismi g‘irt ahmoq bo‘lgani, har kim
o‘zicha devona bo'lgani bois»1, «jamiyatda ahmoqlik istagancha
topiladi, hamma narsa ahmoqlar tomonidan ahmoqlar uchun
qilinadi»2.
Boz ustiga, kishilar alohida-alohida tarzda devona
bo'lganlari yetmaganidek, birgalashib ham ahmoqlik qilib turadilar.
Erazm bunga urushni misol qiladi.
Bundan xulosa shuki, odamlar kim bo‘lishidan qat’i nazar,
Dostları ilə paylaş: