Davlat hokimiyati yordamida kishilami birlashtirishni va mil-
latning ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishni o‘z zimmasiga ol-
gan
davlatpanoh,
eng
avvalo,
taq d irn i
o ‘z
hukm iga
bo‘ysundirmog‘i lozim. Taqdir ishlarimizning yarmigagina hukm
o‘tkazadi, qolgan yarmini esa biz insonlarning o‘ziga qo‘yib
beradi. Men taqdirni junbushga kelib, qirg'oqdan oshgan va
daraxtlarni ag‘darayotgan, uylarni vayron qilayotgan, yerlarni
yuvib tashlayotgan qahrli daryoga o‘xshataman, uning oldida ojiz
odamlar dosh bera olmay, to‘rt tarafga qochib qoladilar, —
deydi mutafakkir. Irodali, donishmand davlatpanoh esa uni o‘ziga
bo‘ysundirishning uddasidan chiqadi, zero taqdir ayolga
o‘xshaydi: ayol bilan murosaga kelish uchun uni urib, tepib
turish kerak — u sovuqqonlik bilan ish tutadigan erkaklardan
ko‘ra xuddi shunaqa erkaklarga tezroq bo‘ysunadi. Demak, davlat
panohi bo‘lmish hukmdor kezi kelganda hisob-kitob va mulo-
hazalami bir chetga yig‘ishtirib qo'yib, dadilroq, tavakkaliga ish
ко‘rib turishi ham kerak.
Biroq tavakkalchilik bilan ish tutish hukmdorning asosiy
fazilati bo‘lmasligi lozim. Chunki davlatpanohning asosiy maqsadi
Italiyada qudratli markazlashgan davlatni barpo etish bilan bog‘liq
ekan, uning xatti-harakati aniq hisob-kitob, iroda, sovuqqon
mulohazaga asoslanmog‘i lozim. Bunday xatti-harakatlarsiz Italiya
taxtini qo‘lga kiritib, ayniqsa, uning yaxlitligini saqlab qolib
bo‘lmaydi.
Aslida respublika tarafdori bo‘lgan N.Makiavelli Italiyada bun
day davlat tuzilishini vujudga keltirish bir kunlik ish emasligini
yaxshi tushunardi. Mamlakatda respublikani shakllantirish uchun,
eng avvalo, hokimiyatni qudratli monarx qo‘lida jamlamoq lo
zim. Binobarin, monarxiya maqsad emas, maqsadga eltuvchi bir
vositadir, xolos.
O ez saltanatining hududini muntazam kengaytirib borish
uchun hukmdor o‘z quroliga yoki o‘zgalar quroliga, taqdir
tuhfasiga (ya’ni qulay sharoitga) yoki g‘ayrat-shijoatga tayanmog‘i
zarur. Bunda merosxo‘r hukmdor tomonidan boshqarilgan davlatga
nisbatan bir uslubda, respublikaga nisbatan ikkinchi uslubda,
aralash davlatlarga nisbatan uchinchi uslubda
Dostları ilə paylaş: