kazlashgan qudratli davlat qurish g‘oyasini yangi dalillar bilan
boyitdi. Inson haq-huquqlari to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalarning
metodologik asosi bo‘lgan «huquq»
tushunchasining rnazmun
va mohiyatiga tub sifatiy o‘zgartishlar kiritdi. Bunday tenden-
siyani Italiyaning buyuk siyosiy arbobi,
faylasuf va yozuvchisi
Nikkolo di Bernardo Makiavelli, fransiyalik Jon Boden, gol-
land yuristi, tarixchisi va siyosatdoni
Gugo Grotsiy asarlarida
ko‘rish mumkin.
Italiyada qudratli davlat qurish uchun, awalo, inson tabi-
atini, uni faoliyat ko'rsatishga undaydigan
manbalarni yaxshi
bilmoq zarur, deb hisoblaydi N. Makiavelli1. Shu bois u Rim
faylasuf! Lorenso Vallo (1407—1457-y.) qarashlariga tayanib,
inson haqidagi o ‘z konsepsiyasini shakllantiradi. Unga ko‘ra,
insonni faoliyat ko‘rsatishga majbur etadigan manba manfaatdir.
Inson manfaatlari turli ko'rinishga ega,
biroq ular orasida eng
asosiysi mulkdan manfaatdorlikdir. Insonning jamiyatdagi har
qanday faoliyati oxir-oqibatda ma’lum mulk egasi bo‘lish niyati
bilan asoslanadi. Shuning uchun
ham mulk inson uchun eng
qadrli boylik hisoblanadi. «Kishilar otasini o‘ldirganni kechirsa-
lar kechiradilarki, mol-dunyolarining bahridan o‘tmaydilar», —
deb yozadi mutafakkir o'zining «Davlatpanoh» asarida.
Manfaat va xudbinlikning o‘zaro aloqadorligi
haqida fikr yurit-
gan muallif xudbinlik inson tabiatida mustahkam o‘rnashib ol-
gan, degan xulosaga keladi. Tabiatan xudbin bo'lgan kishilar-
ning birgalikda yashashlarini ta’minlash uchun ulami yagona
qudratli markazlashgan davlat bayrog'i
ostida birlashtirmoq zarur,
deb hisoblaydi. Buning uchun esa eng oliy qudrat — davlat
muassasalarini ta’sis etmoq, uning hokimiyatini mutlaqlashtirmoq,
uni boshqarishni eng munosib zot qo‘liga
topshirmoq zarur,
degan xulosaga keladi. Shu tariqa ilk bora Yevropa falsafiy tafakkuri
tarixida din aqidalaridan ozod, mantiq kuchiga asoslangan dav
lat haqidagi ta’limot shakllana boshladi.
Dostları ilə paylaş: