“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 103 ZARRA TEZLATKICHLARNING RIVOJLANISHI VA ULARDA ANIQLANGAN ELEMENTAR ZARRALAR Hikmatov Behzod Amonovich Buxoro davlat universiteti fizika kafedrasi o’qituvchisi behzodhikmatov1996@gmail.com Sharifova Madina Sherali qizi Buxoro davlat universiteti fizika ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Annotatsiya: Elementar zarralar hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan materiyaning
eng mayda zarrachalari hisoblanadi. Elementar zarralar boshqa hech qanday mayda
zarradan tashkil topmagan bo’lishi kerak. Elementar so’zi lotincha “boshlang‘ich,
oddiy, asosiy” degan ma’noni an
glatadi. Hozirgi kunda antizarralar bilan birgalikda
350 lar atrofida elementar zarralar bizga ma’lum. Bu zarralarni aniqlashda zarra
tezlatkichlarning ahamiyati juda katta bo’ldi.
Kalit so’zlar: zarra tezlatkichlar, Cockroft - Walton generatori, Van de Graaff
generatori, siklotronlar, proton, bevatron.
KIRISH XX asrning boshlarida Ernest Rezerford atomning tuzilishini aniqlagandan
so’ng, 1919
-yilda azot atomlarini tabiiy radioaktiv manbalardan alfa zarrachalari bilan
bombardimon qilish orqali ularni parchalash mumkinligini aniqladi.
H O N 1
1
17
8
14
7
4
2
(1)
Bu zarra tezlatgichlarni qurishning asosiy “motivatsiyasi”ni paydo qildi.
Tadqiqotlarini davom ettirish uchun u tabiiy radioaktiv manbalardan ko’ra yuqori
energiya va yuqori intensivlikdagi “atom loyihasi qurilmalari” ni talab qildi. Natijada
zarra tezlatkichlar ilm-fan dunyosiga kirib kela boshladi.
Zarra tezlatgichlar elementar zarralarni elektr yoki magnit maydonlardan
foydalangan holda yuqori tezlikda harakatlantirish uchun mo’ljallangan qu
rilmadir.
Ko’pincha bu zarralar bir
-
biri bilan to’qnashtiriladi, bu esa bizga koinot tuzilishi haqida
ko’proq ma’lumot olish imkonini beradi.