“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 111 texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni nazarda
tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda bunday axborot
-kommunikatsion
t
exnoogiyalardan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va
o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli beqiyosdir. Texnologik vositalardan
foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect (o’qish, yoish, tinglab tushunish va
gapiri
sh)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab tushunish uchun, albatta kompyuter, player,
CD disklarsiz bu jarayonni amalga oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til
o’rganishning eng muhim qismlaridan biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida
so’zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning
ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot —
kommunikatsion
texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi.
Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng
samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: − kompyuterlardan
foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlar
ni, dialoglarni kino
yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; − chet tilidagi radio
eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; − ancha
an’anaviy usul hisoblanadigan magnitafon va cassetalardan foydalanish;
− CD
pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning
chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi.
Chet tili nechog’lik kerakli va bilishimiz muhim bo’lgan tillardan hisoblanad
i.
Bugungi kunga kelib barchada bu tilga nisbatan qiziqish uyg’ongan.Hatto dunyo tan
olgan va mashhur tillardan biri sifatida ingliz tilini aytsak hecham mubolag’a
bo’lmaydi. Shu jumladan mamlakatimiz O’zbekistonda ham bu tilni o’rganish uchun
katta
ahami
yat qaratilmoqda.Shu sababdan, bizda mamktabgacha ta’lim
muassasasidan boshlab bu til o’rgatiladi va o’rganish uchun barcha zarur shart
- shart
sharoitlar mujassam.
Insoniyat tomonidan ixtiro qilingan tillarning hech biri dunyoning universal tiliga
aylanmagan. Jahon hamjamiyatida tillarning haqiqiy tarqalishiga asoslanib, Birlashgan
Millatlar Tashkiloti o'zining rasmiy yoki ishchi tillari sifatida quyidagi oltita tilni
tanladi: ingliz, fransuz, ispan, rus, arab va xitoy. Ular orasida hozirda ingliz tili alohida
o'rin tutadi.
Ingliz tili dunyoning 14 mamlakatida, jumladan: AQSh, Buyuk Britaniya,
Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada yashovchi 400 milliondan ortiq aholining ona
tilidir. Shuningdek, u o'rta va o'rta maktablarda o'qiladigan chet tillari orasida dunyoda
birinchi o'rinda turadi oliy maktablar, kattalar ta'limi tizimidagi to'garaklar va kurslarda
eng ko'p o'qitiladigan til sifatida ingliz tili boshqa tillarni almashtirmaydi, balki ularni
to'ldiradi.