“
PEDAGOGS
”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-27, Issue-1, February - 2023
108
Nemis va oʻzbek tillari ismlarini lingvistik va sotsiolingvistik tadqiq etgan holda
quyidagi fikrlarni keltirish mumkin:
antroponim (yunoncha:
antropos - antropos + onoma-atoqli ot)
–
kishi atoqli oti
(ism, familiya, laqab,
taxallus, patronim va boshqalar). Atoqli ot tiplaridan biri.
Maʼlum bir tilda mavjud bo‘lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi
antroponimiya deb yuritiladi.
Atoqli otlar sistemasiga kiruvchi antroponimlar ham oʻz navbatida boshqa mayda
sistemalarga bo'linadi. Bular quyidagilar:
1.
Ismlar;
2.
2.Familiyalar;
3.
3.Ota ismlari;
4.
4.Taxalluslar;
5.
5.Laqablar.
O‘zbekcha ismlarning lisoniy xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish 1960
yillardan boshlangan. Xuddi shu davrda D.Abdurahmonov (1960), O‘.Nosirov (1965),
F.Abdullayev (1960, 1961), M.Shamsiyeva (1962), A.Ishayev (1961), X.Doniyorov
(1960) kabi olimlarnin
g o‘zbek antroponimikasiga doir ayrim ilmiy va ilmiy
-ommabop
maqolalari eʻlon qilingan edi.
O‘zbek antroponimikasining asoschisi, hech shubhasiz, E.A.Begmatov sanaladi.
U 1962-
1965 yillar davomida o‘zbek antroponimiyasi bo‘yicha
juda boy material
toʻplad
i va antroponimlarning lingvistik, ekstralingvistik xususiyatlari, ismlar,
laqablar,
taxalluslar, familiyalar, otaismlarning leksikasi,
strukturasi, grammatik
xususiyatlari boʻyicha qator salmoqli maqolalar eʼlon qildi.
Nemis tili antroponimlari rivojlani
shi maʼlum tarixiy
shakllanish bosqichlarini
bosib o`tgan. Qadimgi german qabilalarida dastlabki ismlarning paydo boʻlish davri
eramizdan avvalgi VII-
V asrlarga toʻgʻri keladi. Mazkur ismlar ikki qismdan iborat
boʻlgan va ular sehrli kuchga ega, ism egasi taqdiriga taʻsirqiladi, shuningdek, ismlar
odamga kuch,
jasurlik baxsh etadi, gʻoliblik olib keladi hamda u xudolar panohida
boʻladi, deb ishonilgan
: Eberhart
–
ёввойи қўнғиз каби кучли; Bärhart –
айиқ каби
кучли, бақувват; Wolfgang –
бўрига ўхшаб юрадиган…
.
Qadimgi german ismlari asosan ikki qismdan iborat boʻlgan. Ism qoʻyilayotgan
uning maʻnosi muhim ahamiyat kasb etgan
:
Theoda-
rich (Dietrich) „xalq orasida
kuchli“ maʻnosini anglatadi.
Xalqlarning buyuk koʻchishi davrida german qabilalalrida maʻlu
m bir shaklga
solingan
ismlar shakllana boshlaydi, ularda erkaklar jangchi, boshqaruvchi,
biror
qavm aʻzosi yoki biror hayvon kabi kuchli maʻnosida gavdalanadi.
Masalan:
Willi|had ismida
haþuzsoʻzi
oʻzak boʻlib, ʻ
jang, kurash
ʼ
ma
ʼ
nosida.
-
frid asosan
Sig|frid, Badu|frid kabi ismlar ikkinchi qismi sifatida uchraydi va
ʻ
biror
xalq tinchligi himoyachisi
ʼ
ma
ʼ
nosini anglatgan.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, har qanday antroponimik tizimi
jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy taʻsirlar ostida shakllanib
boradi va shu sababli ham
ismlar jamiyat va ijtimoiy hayot inikosi sifatida namoyon boʻladi.
Dostları ilə paylaş: