“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 165 o`qitiladigan predmetlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini san`at asari sifatida
o`rganish vazifalari o`qish darslariga yuklatiladi.
Har bir fan o`zining o`ganish ob`ekti va predmetiga ega bo`lganidek, hozirgi
kunda boshlang`ich sinflarda o`qish metodikasi adabiy ta`lim metodikasi sifatida ish
ko`rishi lozimligi g`oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o`qitish
sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o`qish metodikasi bolalar adabiyoti
namunalari asosida o`z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan
holda boshlang`ich sinfda o`qish darslarining o`rganish ob`yekti
–
o`quvchilarning
adabiy ta`limn
i egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga muvofiqdir. “Adabiy
ta`lim” atamasi o`zaro bog`liq bo`lgan uch jarayonni o`z ichiga oladi: 1) adabiy
-
badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o`qitish, ya`ni bolalar
adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o`qitish; 3) shaxsning o`zini rivojlantirishini
shakllantirish.
V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan “Nima uchun o`rgatish kerak?”
(badiiy asarni o`rgatish maqsadi), “Nimani o`rgatish kerak?” (adabiy ta`limning
mazmuni), “Qanday o`rgatish kerak?” (talabalarning –
bo`lajak o`qituvchining
maqsadi, mazmuni, mos metod va usullar, vositalar), “Nima uchun shunday o`qitish
kerak, boshqacha emas?”(tanlangan yo`lning ilmiy asoslanganligi) adabiy ta`lim
metodologiyasiga asoslanilgan. Hozirgi kun metodikasida bu masalaga o`quvchi
nuqtai nazaridan qaralmoqda. Unga ko`ra o`quvchi tomonidan tan olingan o`quv
maqsadi sifatida quyidagilar belgilangan:
1)
“Nimani o`rganyapman?” (adabiy ta`limning o`quvchi shaxsi tomonidan
qabul qilingan mazmuni);
2)
“Qanday o`qiyman?” (bola o`zlashtirishning qaysi usullaridan
foydalanishi); 3) “Nega men shu usulda o`rganyapman, boshqa usulda emas?”
(o`rganayotgan usullaridan qaysi birining samarali ekanini anglashi)
Metodologiyaning fan sifatida rivojlanishi bir paradigmaning boshqasi bilan
bog`liqligiga asoslanib o`qitish ko`zga tashlanadi. Bunda “Nima uchun o`qituvchi dars
beradi?”, “Nima uchun bola o`qiydi?” savollarga javoblar mos tushadi.
1-sinf o`quvchisi o`zidagi bo`shliqlarni to`ldirish, so`z san`atini o`zlashtirish
maqsadlarini o`z oldiga qo`ya olmaydi. O`qituvchi bu maqsadlarni o`rtaga tashlab,
o`quvchilarni maqsad sari yo`naltiradi. Siz nima o`qiyapsiz? O`ylang, nima uchun bu
asarni o`qiyapmiz? Bu asarni hozirgi o`qish va tahlil qilish usulimiz bilan yaxshi
o`zlashtira oldingizmi?
Keyinchalik o`quvchi darslar davomida kitobxon bo`lish uchun nimalarni bilish
kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg`urish, tshvishlanish)
yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o`zining pozitsiyasini tanlash imkonini
berishini bilib boradi.