“ PEDAGOGS ” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-27, Issue-1, February - 2023 166 NATIJALAR VA MUHOKAMA
Hozirgi kunda metodikadan boshlang`ich sinf o`qituvchilari aniq dalillangan,
ilmiy asoslangan ko`rsatmalarni kutmoqda. Metodika bo`lajak boshlang`ich sinf
o`qituvchisini adabiy ta`limnining mazmuniga va uni o`qitishga mustaqil ongli
yondasha oladigan, o`zgalarning tajribasini na faqat o`rganib olmasgan, balki ular
faoliyatining natijalarini ongli ravishda tahlil qilib, to`gri xulosa chiqara biladigan
bo`lishlarini ta`minlaydi.
M.
A.Ribnikova metodikaning asosi sifatida 4ta didaktik qoidani keltiradi:
1.Ta`lim o`quvchilarning anglashlariga har tomonlama ta`sir etuvchi xarakterda
bo`lishi.
2.O`quvchilar oldilariga qo`yilgan masalani aniq tushunishlari.
3.Metodist yangi murakkab hodisalarni tanish hodisalardek oson ko`rsata olishi
mahoratiga ega bo`lishi.
4.Deduksiyani induksiya bilan bog`lashi.
M.A. Ribnikova bu metodik sistemaga jonli jarayon sifatida qaraydi va asosiy
diqqatni metodik sistemaga qaratish lozimligini ta`kidlaydi.
Bu qarashlar boshlang`ich sinf o`qish darslarida o`rganilayotgan adabiy-badiiy
asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashish lozimligini taqozo etmoqmoda. Asar
tahlilini bosqichli izchillik asosida olib borish o`quvchilarning o`quv faoliyatini aniq
vaqsadga yo`naltirish imkonini beradi.
“Bumerang texnologiyasi“, “Arra” metodi kabi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish o`qish materiali
–
badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq
maqsadga yo`naltirilishini, o`quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini,
ta`lim oluvchilarga individual yondashishni, o`quvchilar faoliyatini kuzatish va
tezkorlik bilan baholashni ta`minlaydi.
“Arra” metodida o`rganilayotganbadiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu
texnologiya 4-
sinfda “O`qish kitobi” darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o`rganishga
tadbiq etilishi mimkin. Masalan,