“
PEDAGOGS
”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-27, Issue-1, February - 2023
167
1.
Malika Kuzbor Malikka nima uchun o`g`li Jaloliddinni ayamasdan tarbiya
qilishni topshirdi?
2.
Kuzbor Malikning Jaloloddinga chavandozlik sirlarini o`rgatishining
sababini izohlang.
3.
Kuzbor Malikning Jaloloddinga o`q otish sirlarini o`rgatishining sababini
izohlang.
4.
Asar nima uchun to`rt qismga bo`lindi?
3-topshiriq. Asar qahramonlariga baho berish yuzasidan berilgan quyidagi
topshiriqlarni bajaradilar va taqdimotga chiqadilar:
1.
Malika Oychechak qanday ayol ekan? Unga malika va ona sifatida baho
bering.
2.
Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan?
Malikning malika
Oychechakka munosabatida qanday xususiyatlarini payqadingiz?
3.
Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o`rgandi? U qanday shahzoda bo`lib
yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?
4-topshiriq. Nutq madaniyatini egallashga qaratilgan topshiriqlar:
1.Kuzbor Malikning Malika Oychechakka ko`rsatgan ehtiromlarini ifodalagan
so`z va iboralarni aniqlab, lug`at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing
(ehtirom
ila bosh egdi, tiz cho`kdi, buyuring, sadoqat ila, “Siz buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men
qulingizman, e`tirozga og`iz juftlamoqchi bo`ldi, bosh ustiga, ta`zim ila).
2.
Malika Oychechakning Kuzborga ko`rsatgan ehtiromini ifodalovchi so`z
va iboralarni aniqlab, lug`at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing
(yonidan joy
ko`rsatdi, og`a, o`tiring, minnatdorchilik bilan unga qaradi, uni yuz-xotir qilmang).
3.
Malika Oychechakning onalik tilaklarini ifodalovchi so`z
va iboralarni
aniqlab, lug`at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing
(injiq-tantiq shahzoda
bo`lmasin, chinakam bahodir yigit bo`lsin, alp yigit bo`lsin, zehni o`tkir, Jaloliddin
valiahd, bugundan shogirdingiz, o`quvchingiz)
O`quvchilar bu topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir necha marta o`qiydi,
o`qish ko`nikmalari takomillashadi. Asar mazmunini
qayta hikoyalashda yuqorida
aniqlagan so`z va iboralarni nutqida qo`llaydi, nutqi rivojlanadi.
Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar
qahramonlariga
tavsif beriladi, bu orqali o`quvchilar o`zlariga hozirgi davr nuqtai
nazari bilan yondashib tegishlicha xulosa chiqaradilar: har bir yigit ajdodlari kabi alp
yigitlar, bahodir yigitlar bo`lib yetishishlari uchun harbiy
bilimlarni egalamoqliklari
kerak degan xulosaga keladilar.
Dostları ilə paylaş: