Pedagogs international research journal



Yüklə 325,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/175
tarix28.11.2023
ölçüsü325,88 Kb.
#169379
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175
102-74-PB


PEDAGOGS

 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 
Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
162
matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish 
hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Qoʻshimcha 
ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan
ta’lim 
mazmuni, oʻquv jarayoni, oʻquv muassasi imkoniyati oʻqituvchilar salohiyati,oʻquv

chilarning oilalari bilan bogʻliq omillar oʻrganiladi.
Darslarda xorij tajribasini qoʻllash, olingan bilimlarni xalqaro baholash dasturlari 
orqali baholash uchun tay
yorgarlik ham oʻqituvchidan ham oʻquvchilardan katta 
mehnatni talab etadi. Avvalo, oʻqituvchi oʻzi oʻrganib xalqaro standartga javob bera 
oladigan chuqur bilimga ega boʻlishi zarur.Yaxshi bilimga ega boʻlgan oʻqituvchigina 
bilimli oʻquvchilarni tarbiyalay oladi. Oʻquvchilarda xorijiy standartga 
muvofiqlashgan bilim shakllantirish uchun birinchi oʻrinda sinfdagi oʻquvchilarning 
oʻzlashtirish darajasini nisbatan tenglashtirib olish maqsadga muvofiq. Keyingi oʻrinda 
esa darsning 10-15 daqiqasini xorij tajribal
ari bilan tanishish, oʻrganishga ajratish 
ancha 
samara 
beradi. 
Yangi 
mavzu 
oʻtib 
boʻlingandan
soʻng ozgina vaqtni jahon standartlariga javob bera oladigan topshiriqlarni yechishga 
ajratish ularda turli koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Oʻquvchi
lar ham 
mavzuni mustahkamlashadi, ham xorijiy bilim va malakaga ega boʻlishadi. 
Oʻquvchilarning 
muntazam 
shugʻullanishi 
natijasida 
ularda 
talabga
javob bera oladigan bilim shakllanadi va shunda xalqaro baholash dasturlari yordamida 
ularning bilimlarini bah
olash imkoniyati boʻladi. Shuni inobatga olgan holda 
maktablarda oʻtiladigan dars jarayonlarini nazoratga olish bunday ishlarning 
muntazam olib borilishi darajasini yanada yuqori boʻlishiga turtki boʻladi. Bundan 
tashqari darsliklardagi misol va masalalar ustida ishlash, ularni jahon talablariga mos 
va muvofiq keladigan tarzda qayta ishlash xalqaro baholashda, albatta, oʻz samarasini 
beradi. Misollarni oddiy misol tarzida yechish bilan cheklanib qolmaslik, aksincha 
ularda 
ham 
oʻquvchini 
oʻylantiradigan
usul
larni yaratish mumkin. Ayniqsa, masalalar bilan koʻproq ishlash kerak. 
Boshlang‘ich sinf matematika darslaridanoq masala, ayniqsa, mantiqiy masala, ijodiy 
masalalarga katta e’tibor qaratish kerak. Masala oʻquvchilardagi oʻylash, fikr

lashni 
ancha 
rivojlan
tiradi. Mantiqiy masalalar esa oʻquvchilarning
matematik fikrlashini yanada oʻstiradi. Masalalarni yechishda, tushuntirishda ham 
xorij tajribasini qoʻllash qiyinroq masalalarni yechish jarayonida tushunishdagi 
muammolar,xatolar yuzaga kelishini kamaytiradi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oʻquvchilar bilan koʻproq shugʻullanish 
oʻzining koʻzlangan natijasini beradi. Ulardagi matematik savodxonlikni xorij 
talablariga mos keladigan darajada shakllantirish xalqaro baholash dasturlariga javob 
bera oladigan 
oʻquvchilarni yuzaga keltiradi.

Yüklə 325,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin